O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Dispozitsiya va sanksiya tushunchasi, turlari



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə14/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   126
jinoyat huquqi

2.3. Dispozitsiya va sanksiya tushunchasi, turlari

«Maxsus» qism normalari – ijtimoiy xavfli qilmishning belgila­rini ifodalovchi dispozitsiya, jazoning turi va o‘lchamini belgilovchi sanksiyadan iborat. Dispozitsiyada alohida jinoyatlar va shu jinoyatlarning ta’rifi beriladi.


Jinoyat huquqiy normalarda dispozitsiyaning quyidagi to‘rt turi: oddiy, tasvirlov, blanket va havolaki dispozitsiya nazarda tutiladi.
Oddiy dispozitsiyada jinoyat tarkibining belgilari ifodalan­masdan, jinoyatning umume’tirof etilgan nomi ko‘rsatiladi. Masalan, «Qasddan odam o‘ldirish jinoyati» (97-moddaning 1-qis­mi). Bunday dispozitsiyada jinoyatning belgilari ochib ko‘rsatilmaydi. Ba’zan bunday dispozitsiyalar «nomlanuvchi dispozitsiya», deb ham ataladi.
Тasvirlovchi dispozitsiyada muayyan jinoyat turining belgilari ko‘rsatiladi. Masalan, firibgarlik jinoyatini ifodalovchi 168-moddada jinoyatning nomi ko‘rsatilmasdan, uning asosiy belgilari ham ko‘rsatib berilgan: firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki mulkiy huquqini qo‘lga kiritish.
Blanket dispozitsiyada muayyan jinoyatning belgilari boshqa huquq sohasiga oid qonunlar yoki me’yoriy hujjatlar asosida aniqlanadi. Masalan, Jinoyat kodeksining 200-moddasi dispozit­siyasi, unda veterinariya yoki zootexnika qoidalarini buzish hayvon yoki parrandalar epidemiyasi (epizotiyasi) tarqalishiga, ularning yalpi qirilib ketishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, ushbu modda bilan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi, deyilgan. Veterinariya qoidalari va zootexnika qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari yoki tegishli vazirliklarning yo‘riqnomalarida belgilab qo‘yilishi mumkin. Jinoyatning obyektiv tomonini aniqlashda ushbu qoidalar ko‘rsa­tilgan hujjatlarga murojaat qilinadi va qaysi qoidalar buzilganligi aniqlanadi. Blanket dispozitsiya qonunlarni ixchamlashtirish va amalda qo‘llanishini osonlashtirishda katta ahamiyatga ega.
Havolaki dispozitsiyada normaning mazmunini aniqlash uchun kodeksning boshqa bir normasiga murojaat etiladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 100-moddasida zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish jinoyati berilgan. Zaruriy mudofa holatini aniqlash uchun Jinoyat kodeksining 37-moddasiga murojaat qilish lozim.
Aralash (kombinatsiyalashgan) dispozitsiya dispozitsiyaning ikki yoki undan ortiq elementlaridan iborat bo‘ladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 137-moddasi, 1-qismiga ko‘ra, ushbu kodeksning 245-mod­dasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lmagan holda odam o‘g‘irlash jinoyat deb hisoblanadi. Ushbu moddada dispozit­siyaning ham oddiy (odam o‘g‘irlash), ham havolaki (Jinoyat kodeksining 245-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lmasa) turlari mavjud bo‘lganligi sababli «aralash», deb yuri­tiladi.
Sanksiya – Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi muayyan moddasi dispozitsiyasida nazarda tutilgan jinoyat uchun belgilangan jazo turi va miqdorini belgilovchi qismi; sanksiyaning og‘irligiga qarab, turli jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasini taqqoslash mumkin.
Huquq nazariyasida sanksiyaning quyidagi turlari mavjud: nisbiy muayyan, mutlaq muayyan, alternativ va havolaki sanksiyalar.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksida nisbiy muayyan va alternativ sanksiyalar nazarda tutilgan:


Nisbiy muayyan sanksiya – jazo miqdorining muayyan chegarasini (qismini yoki eng quyi va eng yuqori qismini) belgilovchi sanksiya. Masalan, Jinoyat kodeksining 99-moddasida onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirgani uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi, qasddan odam o‘ldirganlik uchun 97-moddaning birinchi qismida o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan.
Alternativ sanksiya – ikki yoki undan ortiq jazo turlaridan birini qo‘llash imkoniyati mavjudligini ko‘rsatadi. Masalan, Jinoyat kodeksining 206-moddasi, 1-qismida hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqqanlik uchun besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazo turlari belgilangan. Alternativ sanksiyaning belgilanishi sudyalarga shaxsning ijtimoiy xavfliligiga, qilmishning xususiyatiga qarab jazolardan birini tayinlash imkonini beradi.
Sanksiyaning yuqoridagi turlarini belgilanishi sudga qaysi jazo turini belgilashni va uning miqdori qanday bo‘lishini ko‘rsatib beradi. Sanksiyaning tuzilishi dispozitsiyaning xususiyatiga bog‘liq: jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi qancha yuqori bo‘lsa, jazo ham shuncha og‘ir bo‘ladi; aniq bir jinoyatning ijtimoiy xavfliligi qancha yuqori bo‘lsa, sanksiyaning doirasi ham shuncha keng bo‘ladi.
Jinoyat qonunining amal qilishi u qonuniy kuchga kirgan paytdan boshlanadi. Xuddi shu paytdan boshlab, jinoyat qonu­nining tartibga soluvchi funksiyasi harakatga keladi.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin