O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jinoyat qonunining vaqt bo‘yicha amal qilishi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə17/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126
jinoyat huquqi

2.5. Jinoyat qonunining vaqt bo‘yicha amal qilishi

Jinoyat kodeksining 13-moddasi, 1-qismiga ko‘ra, qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi ana shu qilmish sodir etilgan paytda amalda bo‘lgan qonun bilan belgilanadi. Jinoyat qonunini vaqt bo‘yicha amal qilishini to‘g‘ri belgilash quyidagi:


a) qonunning amal qilish vaqtini aniqlash zarurligi;


b) jinoyat sodir etilgan vaqtni aniqlash kabi shartlarga asos­lanishi kerak.

Amalga kiritilgan va o‘z kuchini yo‘qotmagan qonun amalda, deb hisoblanadi. Har bir aniq holatda jinoyat sodir etilgan paytda amaldagi jinoyat qonuni kuchga kirganligini aniqlash muhim o‘rin tutadi.


O‘zbekiston Respublikasida qonun hujjatlarini qabul qilish va ularni kuchga kirishi, amalda bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasining «Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to‘g‘risida»gi va «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonunlari bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Qonun loyihalarining umum­xalq muhokamasi to‘g‘risida»gi Qonuniga ko‘ra, qonun loyihalarini umumxalq muhokamasiga qo‘yish tashabbusi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lgan organlar va shaxslarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qo‘mitalari va komissiyalariga tegishlidir. Ushbu qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadi. Qonun loyihalari umumxalq muhokamasi uchun umumxalq muhokamasiga qo‘yish haqida qaror qabul qilinganidan keyin o‘n kundan kechiktirmay «Xalq so‘zi», «Народное слово» gazetalarida e’lon qilinadi. Ular maxsus nashrlarda va ommaviy axborot vositalarida ham chop etilishi mumkin. Qonun loyihasining umumxalq muhokamasi ixtiyoriylik, tenglik, oshkoralik, hamma uchun ochiqlik va erkin fikr bildirish prinsiрlari asosida amalga oshiriladi.
Jinoyat kodeksining 13-moddasi, 1-qismida harakat yoki harakatsizlikning sodir qilish vaqti jinoyat tamomlangan vaqt, deb hisoblangan bo‘lsa, ijtimoiy qilmish bajarilgan vaqt jinoyat sodir qilingan vaqt, deb topiladi. Bu qoida formal tarkibli jinoyatlarga nisbatan amal qiladi.
Agar Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddasida jinoiy oqibat yuz berishi bilan jinoyat tamom bo‘lgan, deb hisoblangan bo‘lsa, jinoiy oqibat yuz bergan payt jinoyat sodir etish vaqti, deb topiladi. Bu qoida esa, moddiy tarkibli jinoyatlarga nisbatan amal qiladi. Uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlar (masalan, dizertirlik) uning to‘xtatilishi, ya’ni jinoyatchining ushlanishi bilan tamom bo‘lgan hisoblanadi.
Davomli jinoyatlar (masalan, qalbaki hujjatdan foydalanib bir necha marta davlat yoki jamoat mulkini talon-taroj qilish) oxirgi marotaba sodir qilingan jinoiy harakat amalga oshirilgan vaqtdan boshlab tamomlangan hisoblanadi. Demak, davomli jinoyatlar uchun javobgarlik jinoyat to‘xtatilgan yoki oxirgi jinoyatlarning tamom bo‘lgan vaqtda amalda bo‘lgan qonun asosida hal qilinadi. Ishtirokchilikda sodir qilingan jinoyatlar bajaruvchi jinoyatning obyektiv tomonini bajargan vaqtidan boshlab tugallangan hisoblanadi
O‘zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonuni 27-moddasiga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganligidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi. Qonun, u amalga kiritilgunga qadar yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan, agar bu hollar qonunda bevosita nazarda tutilgan bo‘lsa, tatbiq etilishi mumkin. Agar qonun xatti-harakatlar sodir etilgan paytda javobgarlikka sabab bo‘lmagan yoki yengilroq javobgarlikka sabab bo‘lgan xatti-harakatlar uchun jismoniy shaxslarning javobgarligini belgilash yoki kuchaytirishni nazarda tutsa yoxud jismoniy shaxslarga moddiy zarar keltirsa, bunday qonun orqaga qaytish kuchiga ega emas.
Jinoyat kodeksining 13-moddasi, 2-qismida jinoyat qonunini orqaga qaytish kuchi tushunchasi va prinsiрi ifodalangan. Biror qilmishni sodir etgan shaxs uchun yangi qonun kuchga kirguniga qadar, shuningdek, jazoni o‘tayotgan va o‘tab turganlar uchun ayni vaqtda, avval sudlangan bo‘lishsa, ularga nisbatan ham yangi qonunga ko‘ra ish yuritiladi, ya’ni yangi qonun qilmishning jinoiyligini bekor qilishi, jazoni yengillashtirishi yoki boshqacha tarzda jinoyatni sodir etganlar holatini yaxshilashi mumkin.
Qilmishning jinoiyligini bekor qilish deganda, jinoyat qonunida javobgarlik belgilangan qilmishni jinoyatlar qatoridan chiqaradigan qonunning qabul qilinishi tushuniladi. Bu qonun kuchga kirgan kundan boshlab, shunday qilmishlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan tergov idoralari va sudlardagi jinoyat ishlari to‘xtatilishi lozim. Jazoni o‘tayotganlar ilgari sudlangan hollarda ular sudlanmagan, deb topiladi.
Quyidagilar jazoni yengillashtiruvchi qonun hisoblanadi:

a) yangi qonunda sanksiya nazarda tutilib, jazolardan biri yengilroq bo‘lsa;


b) yangi qonunda jazoning eng ko‘p qismi yoki eng kam qismi kamaytirilgan bo‘lsa, yengilroq jazo turi nazarda tutilgan bo‘lsa;
d) yangi qonunda qo‘shimcha jazo nazarda tutilmagan bo‘lsa;
e) moddiy zarar qoplanganida mahkumni jamiyatdan ajratilishi (ozodlikdan mahrum qilish yoki qamoq)ni nazarda tutmaydigan jazo choralarini qo‘llash.

Yangi jinoyat qonunining qattiq yoki yumshoqligini baho­lashda, nafaqat, normaning sanksiyasi, balki boshqa holatlar ham shaxsning ahvolini yengillashtiradigan yoki og‘irlashtiradigan holat, deb baholashga xizmat qilishi mumkin. Masalan, shartli ravishda jazodan ozod qilish shartlarining o‘zgarishi, sudlanganlik mud­datining tugashi yoki olib tashlanishi shartlarining o‘zgarishi, shartli hukm qilishda sinov muddatining qisqarishi, jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish muddatining o‘zgarishi va boshqalar, shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan holatlar, deb qaraladi.


Jinoyat kodeksining 13-moddasi, 3-qismiga muvofiq, «qil­mish­ni jinoyat deb hisoblaydigan, jazoni kuchaytiradigan yoki shaxsning holatini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega emas». O‘zbekiston Respublikasining «Nor­mativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonuni 27-moddasida ham bu qoida mustahkamlab qo‘yilgan, ya’ni agar qonun xatti-harakatlar sodir etilgan paytda javobgarlikka sabab bo‘lmagan yoki yengilroq javobgarlikka sabab bo‘lgan xatti-harakatlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligini belgilash yoki kuchaytirishni nazarda tutsa yoxud yuridik va jismoniy shaxslarga moddiy zarar keltirsa, u orqaga qaytish kuchiga ega, deb belgilab qo‘yilgan.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin