O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jinoyat huquqida qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar tushunchasi va turlari



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə78/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   126
jinoyat huquqi

13.1. Jinoyat huquqida qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar tushunchasi va turlari

Sudda ko‘rilib, jinoiy javobgarlikka loyiq, deb topilgan ishlar o‘zining obyektiv va subyektiv belgilariga ko‘ra qilmishdan iborat bo‘ladi. Ayrim hollarda bunday qilmishlar ijtimoiy xavfli bo‘lmas­dan, balki ijtimoiy foydali bo‘lishi ham mumkin. Bunday harakatlar jinoyat huquqida qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar, deb ataladi. Jinoyat huquqida qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi shunday holatlar mavjudki, ular tashqi tomondan jinoyatga o‘xshasa-da, biroq, jinoiy javobgarlikka loyiq, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan munosabatlarga zarar yetkazuvchi ijtimoiy xavfli qilmish, deb topilmaydi, aksincha, ijtimoiy foydali hisoblanadi. Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar, deyilganida jinoyat belgilari mavjud bo‘lsa ham, jinoyat, deb hisoblanmaydigan harakatlar tushuniladi.


Bunday holatlarning Jinoyat kodeksidagi belgilanishi inson­parvarlik va adolat tamoyillariga amal qilinganligidan darak beradi. Bunday holatlar ijtimoiy foydalilik hisoblanadi va ularning sodir etilishiga qonunda yo‘l qo‘yilgan.
Jinoyat kodeksida qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlarning belgilanishi: bir tomondan jinoiy repressiya chora­larining kamayishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan fuqarolarning huquqiy faolligini kuchaytiradi.
Jinoyat kodeksining 35-moddasida bunday holatlarning umumiy tushunchasi va turlari berilgan. Ushbu moddaning birinchi qismida: «qilmishda ushbu kodeksda nazarda tutilgan alomatlar rasmiy jihatdan mavjud bo‘lsa-da, lekin u ijtimoiy xavfli, g‘ayriqonuniy yoki aybli bo‘lmasa, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar, deb topiladi», deyilgan.
Ushbu moddaning 2-qismida esa, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlarning turlari ko‘rsatilgan. Bularga:

1) kam ahamiyatli qilmishlar (36-modda);


2) zaruriy mudofaa (37-modda);
3) oxirgi zarurat (38-modda);
4) ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish (39-modda);
5) buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish (40-modda);
6) kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik (41-modda).



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin