O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə16/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   126
jinoyat huquqi

Yer yuzi chegarasi – xalqaro bitimlar bilan belgilangan davlat chegarasi. Yer yuzi chegarasiga suv bilan qoplanmagan hududlar shuningdek, orollar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi hududida sun’iy ravishda hosil qilingan hududlar ham, masalan, sun’iy orollar, suvda qurilgan uy, shuningdek, texnik qurilmalar, masalan, ko‘priklar, suv osti quvurlari ham yer yuzi chegarasi hisoblanadi. Anklavlar (boshqa davlat chegaralari bilan to‘rt tomondan o‘ralgan va dengizga chiqish mumkin bo‘lmagan hududlar), shuningdek, qattiq holdagi suv resurslari – muzliklar ham yer yuzi chegarasi sifatida e’tirof etiladi.
Suv chegarasi – davlat hududidagi suyuqlik holida mavjud bo‘lgan suvlar. Suv chegarasi ichki va hududiy suvlarga bo‘linadi. Yer osti suvlari va mineral suvlar suv chegarisiga kirmaydi.
Agar suv (ko‘llar, daryolar) bir necha davlat chegarasi doira­sida bo‘lsa, ko‘llar maxsus chegara belgilari bilan, daryolar suv oqimining o‘rta qismidan chegaralanadi. Masalan, O‘zbekiston bilan Afg‘oniston chegarasi Amudaryoning uzuniga suv o‘rtasi hisoblanadi. Ochiq dengiz va okeanlar hech bir davlatning hududi hisoblanmaydi. Dengiz va okeanlar bilan tutashgan davlatning suv chegarasi esa, xalqaro bitimlar bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunining amal qilish doirasi qaysi davlat hududida bo‘lishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respub­likasinig harbiy kemalari va samolyotlariga nisbatan ham amal qiladi. Jinoyat qonunining amal qilish doirasi ochiq dengizda suzayotgan harbiy bo‘lmagan kemalar va ular ustidagi havo havzalarida uchayotgan samolyotlarga nisbatan ham amal qiladi.
Havo havzasi deganda, quruqlik va suv ustidagi hudud tushuniladi.
Jinoyat kodeksining 11-moddasida belgilangan to‘rt holat, nafaqat, o‘zining mazmuni jihatidan obyektiv hisoblanadi, balki qonunda bu holat jinoyat tarkibi obyektiv tomoni belgilariga qarab belgilagan. Bu elementlar bevosita jinoyat obyektiv tomonini tashkil etadi. Boshqa belgilar jinoyatni sodir etilgan hududini aniqlashiga ta’sir ko‘rsatmaydi, ammo sud va tergov organlari tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim.
Jinoyat kodeksining 11-moddasi jinoyat sodir etilgan hududni uning namoyon bo‘ladigan turli shakllariga nisbatan (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, suiqasd qilish, ishtirokchilikda jinoyatni sodir qilish) jinoyat tarkibiga doir qoidalarni aniqlash imkonini beradi.
Qonunga ko‘ra, jinoyat tarkibiga obyektiv tomondan faqat ijtimoiy xavfli bo‘lgan qilmishlargina kiritiladi, jinoyatning oqibati esa, bunga kiritilmaydi, chunki qilmishni yuridik baholash uchun ro‘y berishi mumkin bo‘lgan oqibat e’tiborga olinmaydi, muayyan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) sodir etilgan joy jinoyatning sodir etilgan joy hisoblanadi.
Jinoyat tarkibining obyektiv tomoniga ijtimoiy xavfli qilmish bilan bir qatorda jinoiy oqibatlar ham kiritiladi, qoidaga ko‘ra, muayyan ijtimoiy xavfli oqibat ro‘y bergan joy qilmish sodir etilgan joy, deb hisoblanadi. Bu qoida O‘zbekiston hududidan tashqarida boshlangan, lekin oqibati esa O‘zbekiston hududida ro‘y bergan qilmishlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Uzoqqa cho‘zilgan, davomli, murakkab tarkibli jinoyatlar sodir etilgan joyni aniqlash ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular bir necha davlat hududlarida bajarilgan hollarda paydo bo‘ladi. Jinoyat kodeksining 11-moddasi, 2-qismi, «g» bandiga muvofiq, agar O‘zbekiston hududida boshqa qilmishlar bilan qo‘shilib yoki muqobil ravishda yagona murakkab jinoyatni vujudga keltirgan harakatlarning faqat bir qismi bajarilgan, boshlangan, tugatilgan yoki to‘xtatilgan bo‘lsa, u holda jinoyat O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan, deb hisoblanishi lozim.
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarning joyini aniqlashda bajaruvchining jinoiy xatti-harakatni amalga oshirgan joyi inobatga olinishi kerak. Shu boisdan, agar tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi hududi­dan tashqarida amalga oshirgan, ayni paytda bajaruvchi muayyan jinoyat tartibini qisman yoki to‘la O‘zbekiston hududida bajargan bo‘lsa, u holda, bunday jinoyatni sodir etilgan joyi O‘zbekiston Respublikasi deb topilib, barcha jinoyat ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonuniga binoan javobgarlikka tortilishi lozim. Тashkilotchi, dalolatchi, yordamchi o‘z vazifalarini O‘zbekiston hududida bajargan bo‘lsa-yu, lekin bajaruvchi jinoyatni mazkur hududdan tashqarida sodir etgan hollarda ham masala xuddi shunday hal qilinadi.
Jinoyat kodeksining 11-moddasi, 4-qismiga muvofiq, shuning­dek, «Chet el davlatlarining diрlomatik va konsullik vakolatxonalari to‘grisida»gi Nizomga ko‘ra, quyidagilar jinoyat yurisdiksiyasidan, ya’ni shaxsiy immunitetdan foydalanadilar va daxlsiz hisoblanadilar:

1) diрlomatik vakolatxonalar boshliqlari (elchi, ishonchli vakil);


2) maslahatchilar;
3) savdo vakillari va ularning o‘rinbosarlari;
4) harbiy-dengiz va harbiy havo attashelari;
5) sekretar-arxivariuslar;
6) ularning oila a’zolari va ular bilan birga yashovchilar.

O‘zbekiston Respublikasida jinoiy yurisdiksiyadan cheklangan darajada konsullik xizmatidagi mansabdor shaxslar, diрlomatik vakolarxonalar xodimlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning vakillari va mansabdor shaxslari, parlament va hukumat delegat­siyalarining a’zolari foydalanishadi.


Hududiy daxlsizlik huquqidan foydalanuvchi shaxslar doirasi manfaatdor taraflarning kelishuviga muvofiq kengaytirilishi mumkin. Hududiy daxlsizlik huquqi, shuningdek, diрlomatik vakolatxonalarning hududi, xizmat va turar joylariga ham taalluqli hisoblanadi. Ammo bu huquq diрlomatik vakillik funksiyalardan g‘arazli maqsadlarda foydalanish huquqini bermaydi.
Jinoyat kodeksining 12-moddasi jinoyat qonunida nazarda tutilgan fuqarolik prinsiрiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan amal qilinishi belgilangan.
Fuqarolik prinsiрiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqa­rolari yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar respublika hududidan tashqarida jinoyat sodir etganda ham O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bilan javobgarlikka tortiladi. Buning uchun ular o‘sha davlat sudining hukmi bilan javobgarlikka tortilmagan bo‘lishlari lozim.
Jinoyat kodeksining 12-moddasi, 3-qismida jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi universallik prinsiрiga asoslanishini belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, chet el fuqarolari, shuningdek, O‘zbekiston hududida doimiy yashamaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston hududidan tashqarida sodir etgan jinoyatlari uchun faqat xalqaro shartnomalar va bitimlarda nazarda tutilgan hollardagina O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar.
Fuqarolik prinsiрi subyektiv tarkibning belgisi jinoyat qonuni­ning qonunda ko‘rsatilgan shaxslar toifasiga, ya’ni respublika fuqarolari va respublika hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar nisbatan amal qilishini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi degan huquqiy maqomga ega bo‘lgan shaxslardir. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlarga pasport, pasport olingunga qadar tug‘ilganlik guvohnomasi kiradi.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston hududida yashovchi respublika fuqarosi hisoblanmagan va o‘zining boshqa davlat fuqarosi ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lmagan shaxslardir. Jinoyat kodeksining 12-moddasiga ko‘ra, boshqa davlat hududida jinoyat sodir etgan har qanday shaxslar emas, balki O‘zbekiston Respub­likasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar degan­da, respub­lika hududida doimiy yashashga ruxsat berilgan shaxslar tushuniladi.
Shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish asosi sifatida kodeksga ko‘ra, nafaqat, jinoyatning boshqa davlat hududida sodir etilganligi ko‘rsatilgan.
Bu holatda muayyan qilmishni jinoyat, deb hisoblash uchun quyidagi ikki shart talab qilinadi.

1) qilmish qaysi davlatda sodir etilgan bo‘lsa, shaxsning ana shu davlat qonuni bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilanganligi;


2) bu qilmishni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga ko‘ra jinoyat, deb kvalifikatsiya qilinishi.

Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi universallik prinsiрi xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash zaruratidan kelib chiqqan bo‘lib, uning mazmuni shundan iboratki, har bir davlat uning hududida xalqaro bitimlarda ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan chet el fuqarolariga nisbatan o‘z jinoyat qonunini qo‘llash huquqiga egadir.


Bundan tashqari boshqa davlatlar jinoyat qonunida jinoyat qonuni hudud bo‘yicha amal qilishining aniqlik prinsiрi ham mavjud. Bu prinsiрga ko‘ra, qilmish davlat yoki uning fuqarolari manfaat­lariga zarar yetkazsa, har bir davlat o‘z hududidan tashqarida jinoyat sodir etgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan o‘z jinoyat qonunini tatbiq etadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi chet el davlati hududida jinoyat sodir etgan bo‘lsa, xalqaro bitim va shartnomalarda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, uning ushlab berilishi mumkin emas. Agar xalqaro bitimlarda yoki shartnomalarda jinoyatchilarni ushlab berish nazarda tutilgan bo‘lsa va ularga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan, bu shartnoma Oliy Majlis tomonidan ratifikatsiya qilingan bo‘lsa, jinoyatchi ushlab berilishi mumkin. Bu xalqaro jinoyatchilarni ushlab berish prinsiрi, deyiladi. Bu prinsiрga muvofiq, jinoyat sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilgan davlatga yoki jinoyat qaratilgan davlatga yoxud qaysi davlatning fuqarosi bo‘lsa, o‘sha davlatga topshiriladi. Jinoyatchilarni ushlab berish (ekstraditsiya) ikki tomonlama (masalan, o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi) shartnomalar asosida tartibga solinadi.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin