O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə71/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   126
jinoyat huquqi

11.5. Jinoyatga daxldorlik

Sud-tergov amaliyotida shaxsning qasddan sodir qilgan harakati sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishga aloqador bo‘ladi, lekin ishtirokchilik, deb kvalifikatsiya qilinishi mumkin bo‘lmaydi. Jinoyat qonuni va jinoyat huquqida buni jinoyatda daxldorlik, deyiladi va bu qilmish uchun Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga ko‘ra, javobgarlikka tortiladi.


Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilayotganligi yoki jinoyat sodir etilayotganligi yoxud jinoyat sodir etilganligi haqida aniq bila turib, oldindan va’da bermasdan, hokimiyat organlariga xabar qilmaslik yoxud jinoyatchini, jinoyat sodir qilish quroli va vositalarini, jinoyat izlarini yoki jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narasalarni oldindan va’da bermagan holda yashirganlik (Jinoyat kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan hollardagina) daxldorlik, deb aytiladi.
Jinoyat kodeksining 31-moddasida daxldorlikning ikki turi ko‘rsatilgan:

1) oldindan va’da bermasdan xabar bermaslik (31-modda­sining 1-qismi);


2) oldindan va’da bermasdan yashirganlik.

Jinoyat kodeksining «Umumiy» qismida daxldorlikning ikki shakli keltirilgan bo‘lsa-da, jinoyat huquqi nazariyasi daxldor­likning uch shakli haqida fikr bildirilgan.


Jinoyat kodeksining 241-moddasi, 1-qismida tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta ogir jinoyat haqida aniq bilgani holda xabar bermaganlik uchun jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan. Jinoyat kodeksida xabar bermaslik va yashirganlik uchun javobgarlik belgilanib, fuqarolarning ijtimoiy xavfli qilmish to‘g‘ri­sida tegishli davlat organiga xabar berishga majburligi belgilab qo‘yilgan.
Daxldorlikning jinoyat ekanligi shundan iboratki, shaxs tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat to‘grisida aniq bilgan bo‘lsa-da, davlat hokimiyati organ­lariga xabar bermaydi. Ya’ni, shaxs (aybdor)ning javobgar qilish uchun uning og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan yoki jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilayotganligi to‘g‘risida bilgan bo‘lishi talab qilinadi.
Jinoyat kodeksining 15-moddasi, 4 va 5-qismida og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar tushunchasi berilgan bo‘lib, ularga, og‘ir jinoyat­larga qasddan sodir etilib, qonunda og‘ir jazo sifatida besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan jinoyatlar kirishi belgilangan: «O‘ta og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda o‘n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki o‘lim jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi». Shaxsning tayyorlanayotgan yoki sodir qilingan jinoyat haqida qaysi organga xabar qilishining ahamiyati yo‘q, qoidaga ko‘ra shaxs davlat organlari – prokuratura, militsiya, soliq inspeksiyasi, bojxona xizmati, Milliy xafsizlik xizmatiga, shuningdek, boshqa organlarga, masalan, hokimiyat, harbiy bo‘linma rahbarlariga xabar berishi mumkin.
Ushbu jinoyatning obyektiv tomonini tahlil qilishda shaxsning jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilayotganligi yoki sodir qilinganligi to‘g‘risida uning, ya’ni og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishga tayyorlanayotganligi yoki sodir qilinganligi haqida aniq bilganligiga e’tibor berilishi kerak.
Ba’zan, jinoyatning subyekti og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishga aynan kim tayyorgarlik ko‘rayotgani yoki sodir qilinganligini aniq bilmasligi ham mumkin.
Agar shaxsda obyektiv ravishda xabar berish imkoniyati mavjud bo‘lmasa, u jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Ushbu jinoyat to‘g‘risida xabar bermagan vaqt jinoyatning tugallangan payti hisoblanib, ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqqan yoki chiqmaganligi ahamiyat kasb etmaydi. Shaxs tegishli organlarga jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilayotganligi yoki sodir etilganligi to‘g‘risida aniq ma’lumot kelib tushgan zahoti xabar berishi lozim. Sudlar jazo tayinlanayotganda tayyorgarlik ko‘rilayotgan jinoyat to‘grisida xabar bermaslikka nisbatan sodir etilgan jinoyat haqida xabar bermaslik og‘irroq ekanligini hisobga olishlari kerak.
Jinoyat kodeksining 241-moddasi, 2-qismida og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni oldindan va’da bermasdan yashirish to‘g‘risida so‘z boradi. Oldindan va’da bermasdan yashirishga: jinoyatchini, jinoyat quroli va vositasini, boshqa dalil va ashyolarni yashirish kiradi. Jinoyatchini yashirish deganda, aybdorni huquqni muhofaza qilish organlaridan yashirish uchun uni joy bilan ta’minlash tushuniladi. Yashiruvchi jinoyat quroli yoki vositasini, jinoyat izlarini ham yo‘q qilishi mumkin. Bu jinoyat qasddan sodir etiladi. Shu bilan birga aybdor og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatni yashirayot­ganligini tushunib yetishi lozim.
Jinoyat kodeksining 31-moddasi, 3-qismida 241-moddadagi jinoyatga subyekt bo‘la olmaydigan shaxslar keltirilgan, ya’ni «Oldindan va’da bermagan holda jinoyat haqida xabar bermaganlik yoki jinoyatni yashirganlik uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari javobgarlikka tor­tilmaydi».

1. Ishtirokchilik deb nimaga aytiladi?


2. Ishtirokchilikning belgilarini bayon eting.
3. Ishtirokchilar o‘rtasidagi obyektiv va subyektiv bog‘liqlik deganda nimani tushunasiz?
4. Ishtirokchilarning turlarini izohlang.
5. Ishtirokchilik va guruh tushunchalarini va ularning farqini keltiring.
6. Qanday jinoyatlar ishtirokchilikda sodir etilmaydi?
7. Oddiy va murakkab ishtirokchilik va ularning farqini tushuntiring.
8. Uyushgan guruh va jinoiy uyushma deganda nimani tushunasiz va ularning farqini tushuntiring.
9. Bir kishi tomonidan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishdagi farqlar qanday?
10. Jinoyatda tashkilotchi (dalolatchi), yordamchilarning javobgarligi qanday hal qilinadi?
11. Jinoyatga daxldorlik deganda nimani tushunasiz?
12. Ekssess bajaruvchi tushunchasi va uning turlari qaysilar?
12-bob. BIR QANCHA JINOYAТ SODIR EТISH



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin