O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta



Yüklə 193,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix23.05.2023
ölçüsü193,4 Kb.
#120818
1   2   3
Mamayusupova Manzura

Fanning maqsadi – talabalarda o’z—o’zini anglash, to’g’ri fikrlash, o’z-
o’zini tabiyalash tushunish mahoratini o’rgatishdan iborat
Fanning vazifalari- falsafiy bilimlar, qonunlar va kategoriyalarni o’rganish 
orqali hayotda o’z o’rnini topishga,
-o’zining eng oliy maqsadini topish va unga erishish yulida maqsadli faoliyat 
olib borish, 
-jamiyat hayotidagi ijtimoiy jarayonlarga falsafiy tafakkur nuqtai nazaridan 
yondoshish, voqealarga shaxsiy, ijodiy tanqidiy baho berish, 
-bilim va malakalarini jamiyatni demokratlashtirish va modernizatsiyalash 
jarayonida to’liq namoyon qilish mas’uliyatini his qilishga o’rgatishdan iborat.
Falsafa o’quv rejadagi inson va jamiyat hayoti hamda faoliyatini o’rganuvchi 
ijtimoiy gumanitar fanlar - tarix, psixologiya sotsiologiya, pedagogika kabi fanlar, 
shuningdek, tabiiy jarayonlar dialektikasini o’rganuvchi fizika, matematika, biologiya, 
astranomiya, kimyo kabi tabiiy ilmiy fanlar bilan aloqador. Umuman falsafa tabiiy va 
ijtimoiy fan bilimlarini o’zida mujassamlashtiruvchi olam va odam haqidagi eng 
umumiy bilimlar majmui. Falsafa tarixini davrlashtirishning o’ziga xos xususiyatlari. 
Falsafiy tafakkur shakllanishining ijtimoiy-tarixiy va ma’naviy asoslari. Qadimgi 
Yaqin va o’rta SHarqda diniy falsafiy fikrlar. Qadimgi Bobil va Misrda tabiiy-ilmiy va 


falsafiy bilimlarning vujudga kelishi. Qadimgi Markaziy Osiyoda zardo’shtiylik. 
Uning ijtimoiy-siyosiy asoslari. Qadimgi Hindiston falsafasining asosiy masalalari va 
oqimlari. Qadimgi Xitoy falsafasining paydo bo’lishi, bahs mavzulari va rivojlanishi.
Qadimgi YUnoniston va Rimda falsafaning shakllanishi. Antik falsafaning 
kosmotsentrik xarakteri. SHarq va G’arb renessansi tushunchalari, ularning 
o’xshashligi va tafovuti. O’rta asrlar falsafasining teotsentristik mohiyati. Islom 
falsafasining shakllanishi. O’rta asrlarda Markaziy Osiyoda falsafiy fikr taraqqiyoti, 
uning asosiy yo’nalishlari: ratsionalistik oqim va so’fiylik. 9-12 asr falsafasi va 
madaniyatining ilk SHarq renessansi sifatida jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida tutgan 
o’rni. 
Amir Temur va temuriylar davri fani va falsafasining asosiy xususiyatlari. 15-
16 asrlar Markaziy Osiyo falsafasi gumanizmi. O’rta asrlar G’arb falsafasida 
universaliylar masalasining muhokama etilishi: nominalizm va realizm. Uyg’onish 
davri yevropa falsafasining antropotsentristik mohiyati: uning teologiya va 
sxolastikadan gumanizm va fanga qarab rivojlanib borishi. Uyg’onish davri 
falsafasining yo’nalishlari. Klassik falsafaning shakllanishi, uning asosiy xususiyatlari. 
YAngi davr falsafasining asosiy muammolari. Ilmiy bilish metodologiyasi 
masalalarining tadqiq etilishi. G’arbiy yevropa ma’rifatparvarlik falsafasining vujudga 
kelishi va rivojlanishi. Turkistonda ma’rifatparvarlik va jadidchilik g’oyalarining 
shakllanishi, uning falsafiy g’oyaviy asoslari hamda milliy o’zlikni anglashda tutgan 
tarixiy o’rni. Noklassik falsafaning shakllanishi, uning xususiyatlari va taraqqiyotining 
asosiy yo’nalishlari: fenomenologiya. Ekzistensializm, pozitivizm, germenevtika va 
boshqalar. Zamonaviy G’arb falsafasining taraqqiyot tendensiyalari. Postmodernizm 
konsepsiyalari. Borliq falsafaning predmeti. Ontologiya tushunchasi. Borliq 
kategoriyasi. Falsafa tarixida borliq muammosi. Borliq masalasida falsafa va fan 
sintezi. Borliq tushunchasining etimologiyasi. Borliq va yuqlik dialektikasi. Borliq 
shakllari. Olamning paydo bo’lishi va evolyutsiyasi. yer tarixi. Insonning paydo 
bo’lishi va evolyutsiyasi. Birlamchi va ikkilamchi tabiatning o’zaro mushtarakligi. 
Tirik tabiat yoki hayotning paydo bo’lishi. Hayotning paydo bo’lishi haqidagi falsafiy 
optimizm. Jonli narsalarning jonsiz narsalarga bog’liqligi. Jonli narsalarning o’ziga xos 


xususiyatlari. Substansiya muammosi. Substansiya va substrat tushunchasi. Falsafa 
tarixida substansiyaga monistik, dualistik, plyuralistik yondoshuvlar.Materialistik va 
idealistik monizm. Cubstansiyaning nazariy xususiyatlari: - O’z-o’zini belgilash (o’z-
o’zining sababchisi hisoblanadi, uni yaratib va yo’q qilib bo’lmaydi); 
- universallik (hech narsaga bog’liq bo’lmagan, barqaror, o’zgarmas va mutlaq 
birinchi negizni ifodalaydi);- kauzallik (barcha hodisalarning umumiy sababiy 
bog’liqligini o’z ichiga oladi);- yagonalik (birinchi negizning yagonaligini nazarda 
tutadi);- yaxlitlik (mohiyat va mavjudlikning birligini ko’rsatadi).
Materiya shakllarining turli tumanligi. Materiyaning tashkil topish darajalari. 
Geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlar. Atributlarning umumiy mazmuni. 
Noorganik, organik va ijtimoiy tizimlar. Dunyoning yaxlitligi va rang barangligi. 
Dunyo birligining fundamental asoslari. Dunyoning birligi haqidagi fan dalillari. 
Relyativistik kosmologiya. Olamning birinchi relyativistik modeli. Kengayuvchi olam 
gipotezasi. Harakatdagi olam gipotezasi. Dunyoning chekliligi va cheksizligi. 
Ekstensiv va intensiv cheksizlik. CHeklilik va cheksizlikning ziddiyati. Tarix 
falsafasining predmeti, Tarix falsafasiga oid qarashlar evolyutsiyasi. Tarix 
falsafasining tuzilishi: tarix falsafasi ontologiyasi, tarix falsafasi gnoseologiyasi, tarix 
falsafasi tarixi. Tarix falsafasi funksiyalari: dunyoqarashga doir funksiyasi, nazariy 
funksiyasi, prognostik funksiyasi. Tarix falsafasining hozirgi konsepsiyalari. Tarix 
falsafasining gnoseologik yo’nalishi. Ontologik va aksiologik konsepsiyalar. Tarixiy 
jarayon mazmuni va uning yo’nalishi muammosi. Tarixga formatsion va sivilizatsion 
yondoshuvlar. Tarix falsafasida tarixiy taraqqiyot g’oyasi. Tarixiy taraqqiyot 
mezonlari. Tarixiy jarayonda zaruriyat va erkinlik. Tarixiy zaruriyat. Zaruriyat va 
erkinlik dialektikasi. Tarixda shaxsning roli. Tushunish va uning bilish bilan o’zaro 
nisbati. Falsafa tarixida tushunish masalasi. Germenevtik doiraning mohiyati. 
Tushunishda ma’noni anglashning ahamiyati. Jamiyat tarixi va taraqqiyotiga sinfiy 
qarash xamda ijtimoiy ziddiyatlarni mutloqlashtirishning zarari.Taraqqiyotning o’zbek 
modeli – jamiyat rivojining tadrijiy rivojlanish konsepsiyasi.Jamiyat falsafasi va 
taraqqiyotining o’zbek modelini o’rganishning axamiyati."Jamiyat" tushunchasi, 
uning mohiyati, mavjudligi va taraqqiyoti konunlari. Jamiyat - insoniyatning umumiy 


oilasi. Jamiyat mavjudligining moddiy va ma’naviy omillari. Jamiyat taraqqiyoti 
haqida turli xil nazariyalar. Jamiyat rivojida tadrijiylik va vorislik. Jamiyat tarixi va 
taraqqiyotiga sinfiy karash kamda ijtimoiy ziddiyatlarni mutlaqlashtirishning 
zarari.Jamiyat falsafasi va tarakkiyotning uzbek modelini o’rganishning ahamiyati. 
Yosh avlodga ijtimoiy - falsafiy bilimlarni shakllantirish va taraqqiyotimizning 
tamoyillari to’g’risida ilm va xulosalar hosil kilish zarurdir. 


XULOSA 
Bizning mamlakatimiz jahon hamjamiyatiga qo’shilish, demokratik davlat qurish 
borasida Islom Karimov tomonidan asoslab berilgan taraqqiyot yo’li – «o’zbek modeli»ni 
amalga oshirmoqda. Bu yo’lning asosiy mohiyati islohotlarni inqilobiy tarzda emas, 
tadrijiy ravishda olib borishni nazarda tutadi.Prezidentimiz, aynan shu yo’lni taklif etar 
ekan, asosiy e`tiborni uning mohiyat-mazmuni, tarixda qanday natijalar bergani kabi 
masalalarga qaratgan.Bunda taraqqiyotning mazkur yo’li aniq tarzda tasavvur etilgan. 
Ya`ni, uning tarixiy va zamonaviy jihatlari, umumbashariy va mintaqaviy hususiyatlari, 
mamlakatimizning buguni va kelajagi uchun naqadar ahamiyati har tomonlama 
o’rganilgan. Ana shu asosda kerakli hulosalar chiqarilgan va ularni hayotga tadbiq 
etishning asosiy yo’l-yo’riqlari ko’rsatib berilgan. Biz ana shu nazariyani, bir tomondan, 
taraqqiyotimizning o’zimizga hos va mos modeli deb ataymiz. Ikkinchi tomondan esa, 
uni mamlakatimiz hayotini tubdan o’zgartiradigan va uning kelajagini belgilab beradigan, 
milliy dunyoqarash, ong va tafakkur rivojida muhim o’rin tutadigan umumfalsafiy 
tayanch – metodologiya deb bilamiz. Chunki, uning tamoyillari taraqqiyotimizning 
asosiy yo’nalishlarini belgilaydi va shu bilan birga, bu jarayonga kuchli ta`sir 
ko’rsatadigan metodologik asos bo’lib hizmat qiladi. 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 
1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy – iktisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni 
bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: O’zbekiston, 2009.
2. Jahon falsafasi tarixidan lavhalar. Nazarov Q. tahriri ostida. –T.: SHarq, 2004 
3. Falsafa asoslari. Nazarov Q.tahriri ostida. –T.: SHarq, 2005. 
4. G’arb falsafasi. Nazarov Q. tahriri ostida. –T.: SHarq, 2005. 
5. Nazarov Q. Aksiologiya – qadriyatlar falsafasi. –T.: O’FMJ, 2004. 
6. Nazarov Q.N. Bilish falsafasi. –T.: Universitet, 2005. 
www.ziyo.uz
 
www.azkurs.org
 
www.arix.uz
 

Yüklə 193,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin