Dorulomon, Dorulxilofat, Dorul-islom kabi terminlar imlosida har xillik mavjud.
Terminologiyada variantdorlikning salbiy hodisa ekanligi hisobga olinib, Zulfiqor, Zulfaqor (70), Inshaalloh, Inshoolloh (80), Iymon, Imon (75), Nabi, Nabiy (117) singari shakllardan biri tanlansa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Lug‘at-maqolalarni joylashtirishda ayrim o‘rinlarda alifbo tartibining buzilgani kuzatiladi (75-76; 83; 103; 115). Lug‘atni tuzishda muallif 230 nomdagi adabiyotdan istifoda etgan.
Savol va topshiriqlar:
Terminlogiyaning voqelanishida qanday jihatlar harakatga keladi?
Terminlarning qaror topishida umummilliy qatlamning roli qay darajada?
O‘zbek terminografiyasining hozirgi holati sizni qoniqtiradimi?
Terminlar ma’no-mazmunini anglab yetishda terminologik lug‘atlarning qanday roli bor?
O‘tgan asrda o‘zbek tilida qaysi fan sohalari bo‘yicha terminologik lug‘atlar tuzildi?
Istiqlol davrida terminologik lug‘atlar yaratish yo‘lida qanday ishlar amalga oshirildi?
Tarix terminlari lug‘atlari nima uchun zarur?
Tilshunoslik terminlari lug‘atlarini tuzish bo‘yicha qilinayotgan sa’y- haraktlardan xabardormisiz?
Tibbiy terminlar aksini topgan lug‘atlar haqida bahs va munozara yuriting.
Tarixiy harbiy terminlar ifodasini topgan lug‘atdagi o‘zlashmalarga diqqat qarating.