O’zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Mehnat resurslarining shakllanishi



Yüklə 181,88 Kb.
səhifə2/5
tarix14.09.2023
ölçüsü181,88 Kb.
#143496
növüReferat
1   2   3   4   5
mehnat-resurslarining-shakllanishi-va-ulardan-foydalanish

Mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish yo‘llari.

"Mehnat resurslarining shakllanishi" tushunchasi ancha vaqtlardan buyon iqtisodiy adabiyotlarda va statistik amaliyotda qaror topgan bo‘lib, o‘ziga xos tor kasbiy atama sifatida ishlatilib kelinadi. Bu tushunchaning nimadan iborat ekanligi hiqida umumiy tarzda qabul qilingan, munozara talab qilmaydigan tasavvur yo‘q. Biz esa "mehnat resurslarini shakllantirish" deganda mehnat resurslarining doimiy ravishda yangilanib turishi tushuniladi, deb hisoblaymiz.
Mehnat resurslari qanday shakllanishini aniqlash uchun biz birinchidan, mehnat resurslarini uchta yirik yosh guruhlari bo‘yicha -mehnatga layoqatli kishilar, mehnatga layoqatli kishilardan yoshroq va mehnatga layoqatli yoshdan kattaroq kishilarni, ikkinchidan, har bir guruh aholi soniga, uning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni, uchinchidan, mehnat resurslari va aholining tabiiy va mexanik o‘zgarishdagi umumiy va o‘ziga xos tomonlarni ko‘rib chiqishimiz lozim.
Mehnat resurslarining aksariyat ko‘pchilik qismini mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi tashkil etadi. Mehnat qilishga layoqatli yoshdan katta kishilar, ishlovchi pensionerlar va amalda "nol" vazifasini bajaruvchi shaxslar, mexnatga layoqatli yoshdan kichik kishilar, ishlovchi o‘smirlar mehnat resurslarining salmog‘ida u darajada sezilarli rol o‘ynamaydi.
Mehnatga layoqatli yoshdagi fuqorolar butun aholining bir qismi bo‘lib, ularning soni demografik omil ta’sirida o‘zgarib turadi. Ularning qancha bo‘lishi tegishli yoshlardagi o‘lim darajasiga bog‘liq. Bu shuningdek, mehnat qilish yoshiga etgan yoshlar bilan pensiya yoshiga etgan fuqorolar bilan soni o‘rtasidagi nisbatga ham bog‘liq
Mehnat resurslari soni (dinamikasi)ning o‘zgarishi bilan butun aholi sonining o‘zgarishi o‘rtasida tabiiyki, bog‘liqlik bor. Biroq u birinchi qarashda unchalik ko‘zga tashlanmaydi. Mehnat resurslarining soni hamisha butun aholi soni kabi o‘zgaravermaydi. O‘zgarishlar turli yo‘nalishlarda bo‘lishi ham mumkin. Biz «mehnat resurslari» tushunchasi to‘g‘risidagi tasavvur kengroq bo‘lishi uchun ularning o‘zaro bog‘liqligini maxsus qarab chiqamiz.
Mehnat resurslari butunning qismi sifatida aholining takror ishlab chiqarilishi (ya’ni uning doimiy ravishda tiklanib turishi)ni aks ettiradi. Shuning uchun mehnat resurslari sonining dinamikasi pirovard natijada aholi soni dinamikasini aks ettiradi.
O‘smirlar va pensionerlarning mehnat bilan bandlik darajasidagi o‘zgarishlar faqat mehnat resurslariga emas, balki aholining soniga ham dahldordir.
Tug‘ilishdagi farqlar darhol aholi sonining oshishiga ta’sir qiladi, mehnat resurslarida esa faqat 16 yildan keyin aks etadi. Qancha kishi pensiya yoshiga etishi faqat mehnat pesurslariga ta’sir qiladi, butun aholi soniga dahldor bo‘lmaydi.
Mehnat resurslarining aksariyat qismini mehnat qilishga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi tashkil etadi. Shuning uchun ham mehnat resurslarining dinamikasiga xos xususiyatlar ko‘proq darajada mehnatga layoqatli yoshdagi aholi bilan bog‘liqdir.
Butun aholining va uning mehnatkash qismidagi dinamikaning xilma-xil yo‘nalishda yaqqol ifodalangan o‘zgarishi voqealarning normal borishdan chetga chiqish deb qaraladi. Ana shu sababli normal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun noqulay shart-sharoit yaratadi.
Shunday qilib, biz mehnat resurslari butun aholiga taalluqli jarayonlar bilan bevosita bog‘liqligini e’tirof etgan holda, mehnat resurslari dinamikasining ma’lum darajada nisbiy «mustaqilligi»ga e’tiborni qaratamiz. U mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan demografik asosni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Shu ma’noda «mehnat resurslari» ijtimoiy va demografik rivojlanishni tahlil qilish va asoslab berishning o‘ziga xos usulologik vositasi bo‘lib maydonga chiqadi.


  1. Yüklə 181,88 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin