Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo‘llaniladiganasosiy
ko‘rsatkichlar Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Hukumat statistik raqamlardan rivojlanish darajasini monitoring qilish va iqtisodiy siyosatni shakllantirish maqsadida foydalanadi.8 Alohida firmalar faoliyatiga baho berishda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlardan farqli tarzda bu ko‘rsatkichlar milliy iqtisodiyotning barcha sub’ektlari faoliyatiga umumiy baho berish, makroiqtisodiy tahlil o‘tkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xo‘jaligida raqobatga bardoshliligi darajasini aniqlash imkonini beradi.
Bu ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
Yalpi ichki mahsulot (YaIM), Sof ichki mahsulot (SIM), Yalpi milliy daromad (YaMD), Sof milliy daroimad (SMD), shaxsiy daromad (ShD), Shaxsiy tasarrufidagi daromad (ShTD), Iste’mol (C), Jamg‘arish
aholining moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’moli hajmi, ularning jamg‘armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar.
Davlat budjeti taqchilligi va inflatsiya sur’ati kabi ko‘rsatkichlar umumiy makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qo‘llanilsa, YaIM, SIM, YaMD, SMD, ShD, ShTD, C, S ko‘rsatkichlari milliy ishlab chiqarishning parametrlarini va dinamikasini tahlil etishda foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichlar iqtisodiyotning barcha sub’ektlari faoliyatlari natijasi sifatida aniqlanib, ularni hisoblashning asosini Milliy hisobchilik tizimi(MHT) tashkil etadi. MHT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini o‘tagani holda uning standartlaridan kelib chiqqan holda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash, mamlakatlararo taqqoslovlarni amalga
oshirish imkonini beradi.
Mamlakat iqtisodiyotining haqiqiy holatini o‘rganish, unga tizimli baho berish uchun yuqorida sanab o‘tilgan barcha ko‘rsakichlardan foydalanish zarur, aks holda bir tomonlama yondoshuvga yo‘l qo‘yilishi mumkin.