Sо‗ralganlarning yarmi (53 %) korrupsiya – pora berish va olishdan tortib, о‗g‗rilik va vakolatni suiiste‘mol qilishga qadar bо‗lgan barcha harakatlarni о‗z ichiga olishini qayd etishgan.
Shunisi e‘tiborliki, respondentlarning 34 % pora berish korrupsiya emas, deb hisoblashar ekan. 13 % respondentning fikriga kо‗ra, korrupsiyani faqat pora berish yuzaga keltiradi.
Korrupsiyada kim kо„proq aybdor?
Bu savolga 70 % respondent ham pora beruvchi, ham pora oluvchi, deb javob berdi.
Korrupsiyaning 5 ta asosiy sababi
Respondentlar fikriga kо‗ra, korrupsiyaning asosiy sabablari quyidagilar:
ish haqi miqdorining pastligi (22 %);
mansabdor shaxslarning daromadlari va xarajatlari ustidan nazoratning yо‗qligi (15 %);
huquqiy savodxonlikning pastligi (12 %);
davlat xizmatchilarining amalparastligi (11 %);
korrupsiya uchun jazo muqarrar emasligi (10 %).
Sо‗rov ishtirokchilarining 5 % bu savolni mentalitet bilan bog‗lashgan.
«Boshqa» variantini tanlagan respondentlarning 5 % samarasiz davlat boshqaruvi, eskirgan hujjatbozlik tizimi, ishlamaydigan qonunlar va nomukammal meyoriy-huquqiy hujjatlar, iqtisodiyotning yaxshi rivojlanmagani, monopoliyaning mavjudligi va boshqalarni sabab qilib keltirishgan.
Oxirgi 2 yil ichida qaysi sohalarda korrupsiyaga duch kelgansiz?
Javoblar quyidagicha bо‗lgan: ta‘lim (21 %), sog‗liqni saqlash (14 %), bandlik (12 %), prokuratura va ichki ishlar organlari (10 %).
Respondentlarning 18 % sо‗nggi ikki yil ichida korrupsiya holatlariga duch kelmaganligini ta‘kidlagan (erkaklarga nisbatan kо‗proq ayollar). Qizig‗i, respondentlar savdo va xizmat kо‗rsatish sohalarida korrupsiyaga deyarli duch kelmagan.
Korrupsiyaga duch kelsangiz...
Sо‗ralganlarning 65 % prokuratura yoki ichki ishlar organlariga murojaat qilmagan. Ularning 40 % bu befoyda deb hisoblaydi, 13 % qasos olishlaridan qо‗rqadi va 12 % huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan bо‗ladigan rasmiyatchiliklardan qochishadi.
Sо‗rov ishtirokchilarining 4 % gina prokuratura va ichki ishlar organlariga murojaat qilishgan.
Respondentlarning 41 % korrupsiya holatlari tо‗g‗risida xabar berishga tayyor emas: ularning 26 % bunga shubha bilan qarashadi.
Korrupsiya tо‗g‗risida anonim ravishda xabar berishga tayyor bо‗lganlar orasida davlat xizmatchilari, oliy о‗quv yurtlari talabalari, ta‘lim va xizmat kо‗rsatish sohasi xodimlari kо‗proq, ya‘ni qariyb 36 %.
Hududlar kesimida tahlil qilinganda, korrupsiya holatlari tо‗g‗risida xabar berishga tayyor bо‗lganlarning eng kо‗pi Sirdaryo viloyatida – 28 %, eng kami – Toshkent va Namangan viloyatida.
Poytaxtda respondentlarning 40 % korrupsiya tо‗g‗risida ma‘lumot berishga rozi, ammo anonimlik asosida. Bunga ishonmaydiganlarning aksariyati va bu hech narsani о‗zgartirmaydi, deb о‗ylaydiganlar asosan, Andijon, Farg‗ona va Namangan viloyatlarida - respondentlarning deyarli 30 %.