O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


Bozor munosabatlariga о„tishning milliy modeli: evolyutsiyasi, xususiyatlari va ustuvor yо„nalishlari



Yüklə 7,32 Mb.
səhifə45/146
tarix19.10.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#156953
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

Bozor munosabatlariga о„tishning milliy modeli: evolyutsiyasi, xususiyatlari va ustuvor yо„nalishlari.


О‗zbekistonning hayoti deyarli 130 yil mobaynida chor Rossiyasiga, Sovet tuzumiga, hokimiyat tepasiga kelib-ketib turgan rahbarlarning g‗ayriinsoniy siyosatiga, jamiyatdagi hukmron partiya tutgan yо‗lga bog‗liq bо‗lgan.


Mustabid tuzum davrida davlat mamlakat boshqaruv tizimidan tortib, odamlarning kundalik turmushiga daxldor bо‗lgan barcha katta-kichik masalalarni hal etishni ham о‗z zimmasiga olgani uchun mamlakat taraqqiyoti sustlashib, xalq turmush darajasi kundan-kunga pasayib borgan. Davlatlatlashtirilgan iqtisod defitsitli iqtisodga aylandi. Mustaqillik arafasida eng zarur tovarlarning ilgari sezilmagan taqchilligi shiddat bilan kuchayib bordi. Defitsit za- monaviy tovarlar u yoqda tursin, hatto kundalik ehtiyoj tovarlarni ham qamrab oldi, inflyatsiya jarayoni kuchaydi. Iqtisodiyotdagi obyektiv qonuniyatlarning kо‗r-kо‗rona inkor egilishi ishlab chiqarishning о‗sishiga salbiy ta‘sir qilib, tanglikni keltirib chiqaruvchi omillarning zо‗rayishiga sharoit yaratdi. Mulkka nisbatan davlat monopoliyasining о‗rnatilishi, tovar-pul munosabatlaridan oqilona foydalana bilmaslik, uning о‗rniga ma‘muriy taqsimlashga asoslangan partiya-davlat boshqaruv tizimining cheksiz hukmronligi xalqning bunyodkorlik xislatlari yо‗lida tо‗g‗anoq bо‗ldi. Natijada, sobiq Ittifoqda yillar davomida shakllangan xо‗jalik aloqalarining uzilishi ishlab chiqarish darajasining nihoyatda pasayib ketishiga olib keldi.
Ittifoq tarkibidati davlatlar ichida, ayniqsa, О‗zbekistonning bir yoqlama iqtisodiyoti bilan mavjud vaziyatdan chiqib ketishi ancha qiyin edi. Chunki respublikada kо‗p yillar davomida shakllangan xalq xо‗jaligi tarkibi, ya‘ni unda paxta yakkahokimligining о‗rnatilgani, xom ashyo resurslarinint Ittifoq ehtiyojlari uchun ayovsiz ishlatilishi, texnologik jihatdan oxiriga yetkazilmatan va ishlab chiqarishning xom ashyo yoki yarim tayyor mahsulotni tayyorlashga moslashtirilgani, aksariyat sanoat, hatto oziq-ovqat mahsulotlarining chetdan keltirilishi va boshqa bir qator sabablar respublikaning markazga qaramligini mustahkamlab, import mahsulotlarga bо‗lgan ehtiyojning ortishiga olib keldi.
Respublikada yuzaga kelgan bunday holatni O‘zbekiston Respublikasi (keying o‘rinlarda O‘z.R)ning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tahlil qilib, shunday degan edi: "Bir necha о„n yillar davomida respublikada ssenariysi uzoq markazda tо„qilgan qarorlar amalga oshirildi, "kampaniya"lar о„tkazildi. О„zbekistonning chinakam manfaatlari, о„ziga xos sharoiti va imkoniyatlari pisand qilinmadi. Natijada xalq xо„jaligining nuqsonli, bir tomonlama xom ashyo tuzilmasi shakllandi. Respublika ayrim xom ashyo turlarini, yoqilg„i, asbob-uskunalar va texnologiyanigina emas, balki hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlarini, xalq iste‟moli mollarini chetdan keltirishga majburdir" (Karimov I.A. О„zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-j. -T.: О„zbekiston, 1996. B. 61).
Mustamlakachilik siyosati oqibatida О‗zbekiston iqtisodi zaif bо‗lgani holda, о‗z yeridagi boylikni о‗zi tasarruf etish huquqidan ham mahrum edi. О‗zbekistonning yer osti boyliklari umumittifoq mulki deb qaralar, hatto, "... oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik
ahamiyatga ega materiallar, jahon bozorida о„ta xaridorgir bо„lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foyda О„zbekiston xazinasiga tushmas edi"(Karimov I.A. Biz kelajagimizni о„z qо„limiz bilan quramiz. 7-j. -T.: О„zbekiston, 1996.

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin