O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


Ta‟lim muassasalariniig ilm-fanga oid faoliyati



Yüklə 7,32 Mb.
səhifə117/146
tarix19.10.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#156953
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

Ta‟lim muassasalariniig ilm-fanga oid faoliyati.


O‗zbekistonda ilm-fanni, xususan, uni oliy ta‘lim tizimida rivojlantirish yo‗lida qator konseptual muammolar mavjud edi. Birinchidan, SSSR tomonidan milliy respublikalarda ilm- fanning barcha sohalarini xar tomonlama rivojlantirishdan manfaat yo‗q edi, zero, bu narsa mil- liy kadrlarning shakllanishiga, pirovard natijada milliy o‗zlikni anglash jarayoniga ta‘sir etar edi. Ikkinchidan, sobiq markaz milliy respublikalarda asosan xom ashyo sohasini rivojlantirishga, faqat qishloq xo‗jaligida zarur bo‗lgan ilmiy ishlanmalarni tadqiq etishga e‘tibor qaratdi. Uchinchidan, oliy ta‘lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar asosan "ijtimoiy buyurtma" asosida "rivojlandi".
1990 yilda O‗zbekistonda 44 ta oliy ta‘lim muassasasi faoliyat ko‗rsatgan bo‗lsa, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, ularning soni va sifatini oshirishga e‘tibor berildi. Prezidentning 1992 yil 28 fevraldagi Farmoni bilan 8 ta viloyatdagi pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi. Shu bilan birga, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Toshkent moliya instituti, Navoiy konchilik instituti va boshqa eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo‗yicha oliy o‗quv yurtlari ochildi. 1997 yilda oliy ta‘lim tizimidagi 58 ta oliy o‗quv yurti, jumladan, 16 ta universitet va 42 ta institut da 164 ming talaba ta‘lim oldi. 16 ta universitetning 12 tasi mustaqillik yillarida tashkil etildi. Oliy o‗quv yurtlarida ishlayotgan 18,5 ming professor-o‗qituvchilarning 52 foizini fan doktorlari va fan nomzodlari tashkil etdi. Oliy o‗quv yurtlarining 14 tasi texnik, 3 tasi iqtisodiy, 15 tasi gumanitar, 6 tasi pedagogik, 7 tasi tibbiy, 4 tasi agrar, 12 tasi tarmoq mutaxassisliklarini tayyorlashga ixtisoslashgan (O„zbekiston iqtisodiyoti asoslari. -T.: O„zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 2006. B. 51.).
Kuchli ilmiy asosga ega bo‗lgan ilmiy maktablar haqida so‗z yuritganda, O‗zbekiston Milliy universitetini alohida ta‘kidlash lozim. 1990 yilda bu muassasada 1563 nafar kishi ilmiy- tadqiqot ishlari bilan shug‗ullandi. Ularning 116 nafari fan doktorlari, 911 nafari fan nomzodlari edi. 1990 yilda ilmiy-tadqiqot ishlari 43 bo‗lim, laboratoriya va ilmiy guruhlar tomonidan amalga oshirildi. Vaholanki, 1986 yilda ularning soni 12 ta edi, xolos.
Mustaqillik yillarida O‗zbekiston Milliy universiteti "Yevroosiyo Universitetlar Assotsiatsiyasi" a‘zosi bo‗ldi. Universitetning Fizika fakulteti Rossiya, Yaponiya, Germaniya, Turkiya, Isroil kabi davlatlar bilan ilmiy hamkorlikni yo‗lga qo‗ydi. Ximiya fakulteti Rossiya Fanlar akademiyasi, Belgrad, Stambul universitetlari bilan jiddiy hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar olib bordi.
2000 yilda O‗zR Prezidentining Farmoniga binoan, Toshkent Davlat universitetiga "O‗zbekiston Milliy universiteti" nomi berildi.
Samarqand davlat universiteti ilmiy jamoasi ham universitetda ishlab chiqilgan yangilik va ixtirolarni ishlab chiqarishga joriy etishda muayyan yutuqlarga erishdi. Bunda "Biologiya", "Ximiya", "Fizika", "Amaliy matematika" va "Geografiya" fakultetlari faollik ko‗rsatdi. Birgina 2000-2002 yillarda universitetning ilmiy kutubxonasiga 100 ming AQSH dollari hajmida turli tillardagi adabiyotlar olindi.
Farg‗ona Politexnika instituti olimlari Moskva Aviatsiya instituti, Sankt-Peterburg Iqtisod- muhandislik, Texnologiya institutlari, Saratov davlat texnika, Qozon davlat energetika, Tyumen davlat universitetlari, Belgiyaning Mone politexnika instituti, Bryussel universiteti kabi nufuzli ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‗lga qo‗ydi.
2011 yil 20 mayda O‗zR Prezidentining "Oliy ta‘lim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‗g‗risida"gi Qarori qabul qilindi. Unda oliy ta‘lim muassasalarini modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‗quv va ilmiy laboratoriya jihozlari bilan ta‘minlash, ta‘lim jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‗tarish, ilg‗or pedagogik texnologiyalar hamda o‗qitish shakllarini joriy etish, o‗qituvchi kadrlar mehnatini rag‗batlantirishni kuchaytirish asosida iqtisodiyotning soha va tarmoqlarida talab qilinadigan oliy ma‘lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadlarini amalga oshirish nazarda tutildi.
Qarorga binoan 2011-2016 yillarga mo‗ljallangan dastur ishlab chiqildi va uni amalga oshirish uchun 277 mlrd. so‗m mablag‗ yo‗naltiriddi. 2012 yil 10 dekabrda imzolangan "Chet tillarni o‗rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida"gi Prezident Qarorida chet tillarni o‗qitishning kompleks tizimi, ya‘ni uyg‗un kamol topgan, yuksak ma‘rifatli, zamonaviy fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, O‗zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuviga yo‗naltirilgan tizimni yanada kuchaytirish nazarda tutilgan. Ushbu qarorda yoshlarni chet tillarga bo‗lgan qiziqishlarini oshirish, uni egallashlariga zamin yaratish maqsadida 2015-2016 o‗quv yilidan boshlab oliy o‗quv yurtlariga qabul jarayonida kirish testlari blokiga chet tilining kiritilishi belgilab qo‗yildi.
2012 yil 16-17 fevral kunlari poytaxtimizdagi Simpoziumlar saroyida "Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti" mavzuida xalqaro konferensiya o‗tkazildi, unda davlatimiz rahbari ma‘ruza qildi. Xalqaro konferensiyada dunyodagi 8 ta nufuzli xalqaro tashkilot va moliya institutlari, shuningdek, 48 ta davlatdan olim va mutaxassislar ishtirok etib, uzluksiz ta‘lim sohasini rivojlantirish va yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashning milliy modelini yaratish bo‗yicha O‗zbekiston tajribasini o‗rgandilar. Bugungi kunda Oliy ta‘lim yo‗nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorida ta‘lim yo‗nalishlari soni 139 tadan 195 taga, mutaxassisliklari soni 1145 tadan 1395 taga ko‗paydi.
O‗zbekistonda ilmiy-texnika va innovatsiya siyosatining takomillashib yanada jadal tus olishiga O‗zR Prezidentining 2006 yil 7 avgustdagi "Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlapggirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida"gi va 2008 yil
15 iyuldagi "Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishni rag‗batlantirish borasidagi qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida"gi qarorlari katta turtki berdi.
2008 yil 30 aprel - 2 may kunlari respublikamizda ilk marotaba "Innovatsion g‗oyalar va loyihalar" yarmarkasi tashkil etildi. Mazkur yarmarkada 559 ta shartnoma va protokollar imzolandi. Ularning umumiy qiymati 22119,05 mln. so‗mni tashkil etdi. Shulardan 278 tasi xo‗jalik shartnomalari, 281 tasi esa hamkorlik bayonnomalari. Tuzilgan 559 ta shartnomaning 109 tasi tog‗-metallurgiya, neft-gaz va kimyo tarmoqlari, 42 tasi farmatsevtika va tibbiyot, 47 tasi mahsulotlarni qayta ishlash, 99 tasi energetika, yangi materiallar va qurilish, 220 tasi qishloq xo‗jaligi, 10 tasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, 32 tasi mutaxassisliklar tayyorlash, marketing sohalariga tegishli edi.
2009 yil aprel oyida Toshkentda II Respublika innovatsiya g‗oyalari, texnologiyalari va loyihalari yarmarkasi o‗tkazildi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‗mitasi va Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda mamlakatimiz olimlarining iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha rivojiga xizmat qiluvchi eng istiqbolli ishlanmalari namoyish qilindi. Yarmarka davomida 13 mlrd. so‗mlik 300 ta shartnoma va bayonnomalar imzolandi. Jami 600 ta yangiliklar taqdim etilgan bo‗lsa, ularning 80 foizi o‗zbek olimlari tomonidan so‗nggi ikki-uch yil ichida yaratilgan loyihalar edi.
2013 yil 24-26 aprel kunlari VI Innovatsion g‗oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi bo‗lib o‗tdi, unda olimlar va mutaxassislar tomonidan yaratilgan yangi ishlanmalarni joriy etish bo‗yicha qiymati 12 mlrd. 300 mln. so‗mdan ortiq 360 dan ziyod shartnomalar imzolandi.
Mamlakatimizda 2016-2017 yildan boshlab Prezidentimiz SH.Mirziyoyev tashabbusi bilan ilm fan va texnologiyalarni rivojlantirish borasida tub o‗zgarishlar amalga oshirila boshlandi. Sifat jihatidan yangicha mazmundagi qonun, qaror va farmon-farmoyishlar qabul qilindi. Ularni xronologik ketma-ketlikda ko‗rsatib o‗tamiz.
2016 yil 30 dekabrda SH.Mirziyoyev mamlakatimiz ilmiy jamoatchiligi vakillari bilan uchrashdi va ―Ilm-fan yutuqlari Vatanimiz ravnaqiga xizmat qilsin‖ deb nomlangan ma‘ruza qildi.
2017 yil 17 fevral - ―Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ O‗zR Prezidentining Qarori (PQ-2789) qabul qilindi.
2017 yil 13 iyun - ―Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish to‗g‗risida‖ O‗zR Prezidentining Farmoni (PF-5068) qabul qilindi.
2017 yil 15 iyun - ―O‗zR Fanlar akademiyasining Navoiy bo‗limi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ O‗zR Prezidentining Qarori (PQ-3059) qabul qilindi.
2017 yil 30 iyun - O‗zR Fanlar akademiyasi huzurida O‗zbekistonning eng yangi tarixi bo‗yicha Jamoatchilik kengashi tashkil etildi (PQ-3105).
2017 yil 29 noyabr - O‗zR Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi (PF-5264).
2017 yil 29 dekabr – ―O‗zR FAning haqiqiy a‘zolarini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi Prezident Farmoniga ko‗ra 22 yillik tanafusdan so‗ng 32 nafar yangi akademik saylandi. (2017 yil O‗zFAda 95 nafar akademik bor.).
2018 yil 19 fevral - O‗zR Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkil etildi (PQ-3549).
2018 yil 19 oktabr - O‗zR Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Ilg‗or texnologiyalar markazi tashkil qilindi O‗zR Prezidentining Qarori (PQ-3674).
2019 yil 7 fevral - 2019-2029 yillarda O‗zbekiston Respublikada atom energetikasini rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi (PQ-4165).
2019 yil 1 iyul - O‗zR Adliya vazirligi huzurida Intellektual mulk agentligi tashkil etildi (PQ-4380).
2020 yil 7 may - ―Matematika sohasidagi ta‘lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ O‗zR Prezidentining qarori (PQ-4708) qabul qilindi.
Prezidentimiz SH.Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta‘kidlab o‗tganlaridek,
―O‗zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo‗ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma‘rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz.
Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo‗lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. Shuning uchun ham bog‗chadan boshlab oliy o‗quv yurtigacha – ta‘limning barcha bo‗g‗inlarini isloh qilishni boshladik.
Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a‘zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma‘rifat, yuksak ma‘naviyat kerak. Ilm yo‗q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to‗g‗ri yo‗ldan adashish bo‗ladi.
Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!”
Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‗zlashtirish, chinakam ma‘rifat va yuksak madaniyat egasi bo‗lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak‖ (Prezident Murojaatnomasi. 24.01.2020).
Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma‘naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko‗tarish maqsadida yurtimizda 2020 yilga “Ilm, ma‟rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb nom berildi.
2021 yilga kelib Respublikamizdagi oliy ta‘lim muassasalari soni 142 taga yetdi. Jumladan, davlat oliy ta‘lim muassasalari 96 ta, nodavlat oliy ta‘lim muassasalari 10 ta, xorijiy OTMlar va filiallari 25 tani tashkil etmoqda.
Mustaqillik yillarida O‗zbekistonda kuchli ilmiy-texnik va innovatsiya jarayonlari yuz berdi. Ilmiy-texnika va innovatsiya siyosati tufayli respublikada ilmiy salohiyat oshdi. Ilmiy salohiyat fundamental ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish shart-sharoitlari va resurslarining mujassami sifatida respublika ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-ma‘rifiy ravnaqiga o‗zining sezilarli ta‘sirini ko‗rsatdi.



    1. Yüklə 7,32 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin