O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


Ta‟lim sohasida xalqaro hamkorlikning yo„lga qo„yilishi: yutuqlar va kamchiliklar



Yüklə 7,32 Mb.
səhifə118/146
tarix19.10.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#156953
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

Ta‟lim sohasida xalqaro hamkorlikning yo„lga qo„yilishi: yutuqlar va kamchiliklar.


O‗tish davri muammolarini hal qilish uchun, eng avvalo, O‗zbekiston xorijiy davlatlar bilan ilmiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yo‗lga qo‗yishi lozim edi. Shu maqsadda O‗zbekiston rahbarining tashabbusi bilan 1992 yil 3 martda O‗rta Osiyo, Qozog‗iston va Ozarbayjon Fanlar akademiyasi Prezidentlarining uchrashuvi bo‗ldi. Unda mazkur davlatlar Fanlar akademiyalari Prezidentlari ilmiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik to‗g‗risidagi shartnomaga imzo chekdilar.
1991 yilning oxirlarida AQSH, Kanada, Fransiya, Polsha va Portugaliyadan O‗zR Fanlar akademiyasiga hamkorlik shartnomalarini imzolash bo‗yicha takliflar keldi. 1992 yilda O‗zR Fanlar akademiyasi 25 davlat bilan ilmiy-tadqiqot ishlari bo‗yicha hamkorlik qildi. AQSH, Kanada, Belgiya, Janubiy Koreya, Italiya, Germaniya bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri aloqalar o‗rnatildi.
1992 yil may oyida respublika Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti va Kanadaning "Tri- umf" yadro markazi o‗rtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik shartnomasi imzolandi. O‗zR Fanlar akademiyasi xorijlik sheriklar bilan fundamental tadqiqotlar asosida hamkorlikda qo‗shma korxonalar va laboratoriyalar qurishga ham e‘tibor qaratdi. Masalan, AKShning Monsanto kompaniyasi muassasasi bilan respublika Fanlar akademiyasi Genetika instituti hamkorlikda biotexnologiyalardan foydalanish asosida "Monsanto" qo‗shma korxonasini barpo etdi. Shu bilan birga, Fanlar akademiyasi ilmiy xodimlarining xorijiy safarlari ham ko‗payib bordi. Masalan, 1992 yilda 140 nafar xodim xorijdagi ilmiy markazlarga safarga borgan bo‗lsa, xorijdan 216 nafar olim O‗zbekistonga keldi. 1992 yili O‗zR Fanlar akademiyasi xalqaro ilmiy ittifoq Kengashiga a‘zo bo‗ldi.
O‗tgan yillar davomida yurtimizda jahondagi nufuzli universitetlar bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‗rnatildi. Natijada, yuksak xalqaro obro‗-e‘tibor va chuqur tarixiy ildizlarga ega Yevropa va Osiyoning yetakchi oliy o‗quv yurtlari - Buyuk Britaniyaning Xalqaro Vestminster universiteti, I.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universiteti, Italiyaning Turin politexnika universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish institut, G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetaning Toshkent shahridagi filiallari tashkil etildi hamda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Ushbu oliy o‗quv yurtlarida mashinasozlik, neft-gaz ishi, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot va biznes boshqaruvi, moliyaviy menejment, tijorat xuquqi kabi mehnat bozorida talab yuqori bo‗lgan mutaxassislar tayyorlanmoqda va ularning bitiruvchilari butun dunyoda tan olinadigan diplomlarga ega bo‗lmoqda.
Mamlakatimizning yuqori malakali mutaxassislarga bo‗lgan ehtiyoji asosida yangi zamonaviy yo‗nalishlar bo‗yicha kadrlar tayyorlash ishlari boshlangani ham e‘tiborga sazovor. Yurtimiz va xorijdagi o‗quv yurtlarida yuzlab iqtidorli yoshlar ta‘lim olmoqda va o„z malakasini oshirmoqda. Bunda xorijiy ta‘lim muassasalari bilan ikki tomonlama talaba va tajriba almashish yo‗lga qo‗yilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda nufuzli xalqaro tashkilotlar, chet ellik taniqli ekspert va mutaxassislar, tahlilchi va kuzatuvchilar ishtirokida ta‘lim sifatini oshirishga doir ko‗plab simpoziumlar, konferensiya va seminarlar o‗tkazilmoqda.
2012 yil Toshkent shahrida bo‗lib o‗tgan xalqaro konferensiyada ko‗plab yirik xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, jumladan, BMT, Osiyo Taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom Taraqqiyot banki vakillari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Xitoy, AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya kabi dunyoning 48 davlatidan ta‘lim tizimi rahbarlari, 8 ta xalqaro tashkilot va ta‘lim jamg‗armalaridan 270 nafar vakil, olimlar hamda mutaxassislar ishtirok etib, uzluksiz ta‘lim sohasini rivojlantirish va yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashning milliy modelini yaratishda O‗zbekiston tajribasini o‗rgandilar. Ular yurtimizda faol, intiluvchan, iqtidorli va yuksak ma‘naviy fazilatlarga ega, zamonaviy bilim hamda kasblarni chuqur egallagan, bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo‗lgan yoshlarni voyaga yetkazish uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilganiga guvoh bo‗ldilar
2017 yildan ta‘lim sohasida xalqaro hamkorlik ishlari yangicha yo‗sinda yo‗lga qo‗yila boshlandi. Qisqa muddat ishichi qilingan ishlar va amalga oshirilgan chora-tadbirlar xronologiyasiga e‘tibor bering:
2017 yil 14 fevral - ―Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora- tadbirlari to‗g‗risida‖ O‗zR Prezidentining Qarori (PQ-2774) qabul qilindi.
2018 yil 11 may - Rossiya Federal davlat avtonom oliy ta‘lim muassasasi «Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali tashkil etildi (PQ- 3714).
2018 yil 28 iyun – Samarqandda «Ipak yo‗li» xalqaro turizm universiteti tashkil etildi (PQ- 3815).
2018 yil 2 iyul - Toshkent shahrida Puchon universiteti tashkil etildi (PQ-3821).
2018 yil 19 iyul - ―O‗zRda atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ O‗zR Prezidentining Farmoni (PF-5484) qabul qilindi.
2018 yil 20 iyul - Toshkent shahrida «MMFI» milliy tadqiqot yadro universiteti» federal davlat avtonom oliy ta‘lim muassasasining filiali tashkil etildi (PQ-3875).
2018 yil 10 sentabr – Qozog‗iston poytaxti Ostona shahrida Islom Hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‗yicha birinchi sammitida SH.Mirziyoyev ishtirok etdi va
Ilmiy-ma‟rifiy hamkorlikni kuchaytirish – davr talabi‖ nomli ma‘ruza qildi.
2018 yil 25 sentabr - ―O‗zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‗yicha «El-yurt umidi» jamg‗armasi faoliyatini tashkil etish to‗g‗risida‖ O‗zR Prezidentining Farmoni (PF-5545) qabul qilindi.
2018 yil 30 noyabr - Toshkent shahrida Yodju universiteti tashkil etildi (PQ-4041).
2019 yil 11 fevral - «Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)» Federal davlat avtonom oliy ta‘lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali tashkil etildi (PQ-4171).
2019 yil 20 mart - Toshkent shahrida Vebster universitetining ta‘lim dasturlarini amalga oshirish markazini tashkil etildi (PQ-4245).
2019 yil 10 aprel - O‗zbekistonda Sharda universiteti tashkil etildi (PQ-4278).
2019 yil 8 may - Samarqand shahrida «Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti» federal davlat byudjeti oliy ta‘lim muassasasining filiali tashkil etildi (PQ- 4311).
2019 yil 4 iyun - Toshkent shahrida «MEI» milliy tadqiqot universiteti» Federal davlat byudjeti oliy ta‘lim muassasasi filiali ochildi (PQ-4350).
2019 yil 7 iyun - Toshkent shahrida «D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo- texnologiya universiteti» Federal davlat byudjeti oliy ta‘lim muassasasi filiali tashkil etildi (PQ- 4352).
2019 yil 18 oktabr – SH.Mirziyayev Surxondaryoda bo‗ldi. Sherobod tumanida tashkil etilgan Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining ochilish marosimida ishtirok etdi.
2019 yil 20 noyabr - Toshkent shahrida Belarus-O‗zbekiston qo‗shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutini tashkil etildi (PQ-4524).
2019 yil 13 dekabr - ―Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzurida O‗zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ O‗zR Prezidentining qarori (PQ-4550) qabul qilindi.
2020 yil 7 yanvar - Toshkent shahrida Amiti Universiteti tashkil etildi (PQ-4097).
2020 yildan matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‗nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratib berila boshlandi. Shuningdek, ilm-fan sohasida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‗larini ajratish mexanizmini tubdan qayta ko‗rib chiqish boshlandi.
Prezident SH.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yavardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ilm-fan yutuqlarining elektron platformasi, mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasini shakllantirish lozimligi, har bir oliy ta‘lim va ilmiy-tadqiqot dargohi nufuzli chet el universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo‗lga qo‗yishi shartligi qayd qilib o‗tildi. Shuningdek 2020 yilda ―El-yurt umidi‖ jamg‗armasi tomonidan 700 dan ziyod olimlar, professor-o‗qituvchilar chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuborilish, kelgusida grantlar miqdorini 2 barobar ko‗paytirish va tadqiqot yo‗nalishlari ko‗lamini kengaytirish lozimligi belgilandi.
2019 yildan boshlab Toshkent shahrida zamonaviy infratuzilmaga ega bo‗lgan ―IT-park‖ barpo etila boshlandi. U hozirdanoq o‗zining dastlabki natijalarini bera boshladi. Bunday ―IT- park‖lar 2020-2021 yillarda Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida ham tashkil etiladi.
Soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda ―1 million dasturchi‖ loyihasini amalga oshirish boshlandi.

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin