О„zbekistonRespublikasi PrezidentiSH.Mirziyoyevning 2019 yil 11 iyuldagi “O„zbekistontarixi”telekanalinitashkiletishchora-tadbirlaritо„g„risida”gi Qaroriga (PQ- 4390) asosan, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini chuqur о‗rganish, ushbu yо‗nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini faollashtirish, yosh avlodni milliy qadriyatlar va ajdodlarimizning bebaho merosi asosida tarbiyalash, jamiyatda vatanparvarlik va о‗z xalqi bilan g‗ururlanish tuyg‗usini shakllantirish asosida milliy о‗zlikni anglash hissini mustahkamlash va vatandoshlarimiz dunyoqarashini kengaytirish maqsadida “O„zbekistontarixi” telekanali tashkil etildi. Telekanal 2019 yil 1 sentabrdan о‗z kо‗rsatuvlarini efirga uzata boshladi.
О„tgan davr mobaynida “O„zbekiston tarixi”telekanali О„zbekistonning kо„hna vaboy tarixi, xalqimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qо‗shgan g‗oyat katta ilmiy, madaniy va ma‘naviy hissasini yoritishda har bir voqeaning mazmun-mohiyatini izchil va tizimli ochib berish orqali buyuk tariximizning barcha davrlarini chuqur ilmiy tadqiqotlarning xolisona natijalari asosida kо‗rsatib beruvchi axborot-tahliliy va mavzuli telekо„rsatuvlar, tok-shou,“davrasuhbatlari”ni yuqori professional va g‗oyaviy-badiiy saviyada tayyorla boshladi. Telekanal о‗z oldiga quyidagi maqsad-vazifalarni qо‗ygan:
-buyuk vatandoshlarimiz – olimlar, mutafakkirlar va aziz-avliyolar, shoir va yozuvchilar, sarkardalar, davlat arboblarining bebahomerosinikengkо„lamdaо„rganishvaommalashtirishmaqsadida ularning hayot yо‗li va qahramonligi tо‗g‗risida, shuningdek, dunyo ahamiyatiga ega bо‗lgan О‗zbekiston eng yangi tarixining g‗oyat yorqin va unutilmas sahifalari haqida hikoya qiluvchi ilmiy-ommabop dasturlar va hujjatli filmlar turkumlariniyaratish; -doimiyishlabturuvchitelevizionstudiya–“munozaramaydonchasi” faoliyatini ta‘minlash, О‗zbekiston tarixi bо‗yicha ilmiy tadqiqotlar natijalarini, madaniy va kо‗hna yodgorliklarni saqlash bilan bog‗liq muammolarni, shuningdek, xalqimiz tarixiga taalluqli va umummilliy ahamiyatga ega bо‗lgan boshqa g‗oyat muhim masalalarni ochiq muhokama qilish
uchun olimlar, tarixchilar, tadqiqotchilar, о‗quvchi-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillarini taklif qilish;
-chet ellarga ijodiy safarlar davomida xalqimizningmoddiyvanomoddiymerosi,О„zbekiston tarixi bilan bog„liq bо„lgan nodir qо„lyozmalar, kitoblarni izlash, amaliysan‟at buyumlari hamda muzeylar kolleksiyalarida, xorijiy davlatlarning ilmiy markazlarida, shuningdek, jahon tarixiy merosini о‗rganayotgan jamg‗armalarda saqlanayotganqimmatlitopilmalarniо„rganish natijalari bо‗yicha maxsus telekо‗rsatuvlar tayyorlash.
Xorijiy telekanallar, ilmiy-tadqiqot markazlari va jamg‗armalar tomonidan tayyorlangan, jahon tarixining ahamiyatli lavhalarini aks ettiruvchi, shuningdek, О‗zbekiston hududida ming yillar davomida sodir bо‗lgan tarixiy jarayonlar bilan bog‗liq bо‗lgan voqealar va shaxslar tо‗g‗risida hikoya qiluvchi kо‗rsatuvlarni sotib olish, о‗zbek tiliga tarjima qilishni tashkillashtirish va milliy teleradiokanallar efirlarida joylashtirishga kо‗maklashish borasidagi vazifalarni amalga oshirishda О‗zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix Instituti, О‗zbekiston Milliy Universiteti, Sharqshunoslik Universiteti, Toshkent Davlat pedagogika universiteti tarixchi olimlari, shuningdek О‗zbekistonning eng yangi tarixi bо‗yicha Jamoatchilik kengashi mas‘ul markaz sifatida yaqindan kо‗mak berib kelmoqda.