O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Yüklə 7,32 Mb.
səhifə3/146
tarix19.10.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#156953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

lxaroxroiog olmoxoiiyi

lxaroxr xiri ax hiooxri

1.

Ibtidoiy jamoa tuzumi davri

Mil.avv. 1 million – III ming yilliklar

2.

Qadimgi davr: davlatchilikning shakllanishi va
rivojlanishi davri

Mil.avv. II ming yilliklar –
Milodiy IV asr

3.

О‗rta asrlar davri

Milodiy V – XIX asr о‗rtalari

4.

Rossiya imperiyasi
mustamlakachiligi davri

XIX asr 2 yarmi – 1917 yil

5.

Mustabid sovet hokimiyati
hukmronligi davri

1917 – 1991 yillar

6.

О‗zbekistonning eng yangi tarixi davri

1991 yildan bugungi kungacha



Oltinchi davrni ―О‗zbekistonning eng yangi tarixi‖ davri deb nomlashning muhim sababi, О‗zbekiston 1991 yil 31 avgustda davlat mustaqilligiga erishdi va о‗zining eng yangi tarixini boshladi. Bu davrda о‗zbek xalqi mustaqil taraqqiyot yо‗lidan borib, qisqa fursatda asrlarga tatigulik sharafli yо‗lni bosib о‗tdi, jahon miqyosida о‗z о‗rnini topdi. Shu ma‘noda ushbu davr maxsus о‗rganilishi kerak bо‗lgan xalqimiz tarixining ajralmas qismiga aylandi.
Eng yangi tarix – juda kо‗p ilmiy bahs-munozaralar predmeti. Ba‘zan u tor ma‘noda tushuniladi, ya‘ni sо‗nggi о‗n yilliklar yoki ushbu davrdagi bir avlodning tarixi sifatida; boshqa yondashishda esa uning boshlanishi avvalgi tarixiy davrlardan farqli bо‗lgan asrning о‗ziga xos jihatlari bilan belgilanadi. О‗zbekistonning eng yangi tarixi mazkur yondashuvlarga muvofiq keladi, shu bilan birga, uni davrlashtirish masalasi yuzaga keldi.
Eng yangi tarixni davrlashtirish tamoyillari bо‗yicha ham turli yondashuvlar mavjud.
Ba‘zi olimlar ―Eng yangi tarix‖ deganda, ―Yangi davr‖ni, ya‘ni Yevropa va Shimoliy
Amerikada kapitalizmning qaror topishi va rivojlanishi davrini tushunishadi. Madaniyatshunoslik yondashuvlariga asoslangan G‗arbdagi tarix ilmiy maktablari ―Eng yangi tarix‖ni ilm-fanning о‗sishi, texnikadagi rivojlanish, shuningdek, ongning sekulyarizatsiyasi bilan xarakterlangan inson va jamiyat tafakkuri hamda madaniyatidagi о‗zgarishlar bilan asoslashadi.
Shu bilan birga, turli ilmiy yо‗nalishlarda eng yangi tarix quyidagi holatlar bilan bog‗lanadi:

  1. chet el zulmidan ozod bо‗lish;

  2. mustaqil milliy davlat barpo etish jarayoni.

О‗zbekistonning yangi tarixi mustaqillikni qо‗lga kiritish va О‗zbekiston Respublikasining rivojlanish tarixidir. Shu boisdan, bu tarixning boshlanish nuqtasi sifatida sovet totalitar tuzumining sо‗nggi о‗n yilligi davrida О‗zbekiston uchun о‗ta xavfli voqealarga boy bо‗lgan 1989 yilni kо‗rsatish mumkin. Ushbu voqealar negizida esa inqirozga yuz tutgan ma‘muriy- buyruqbozlik tizimi, respublikalarning milliy, iqtisodiy, ijtimoiy manfaatlarini inobatga olmaslik siyosati va paxta yakkahokimligi oqibatida ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik ahvolning, insonlar hayot darajasining fojiali yomonlashuvi yotar edi. О‗zbekiston tarixining eng murakkab davrida siyosat maydoniga kelgan Islom Karimovning jasorati, say-harakatlari natijasi о‗laroq, respublika manfaatlari qat‘iyat bilan himoya qilindi, mamlakatni siyosiy va iqtisodiy parokandalikdan, ichki va tashqi nizolardan saqlab qolishga erishildi. Natijada 1991 yilda О‗zbekiston mustaqil davlat deb e‘lon qilindi. Bu о‗zbek xalqi va davlatchiligi rivojlanishida yangi, hal qiluvchi nuqta bо‗lib qoladi.
Ikkinchidan, О‗zbekisgonning suveren davlat sifatidagi eng yangi tarixi insoniyat tarixi rivojlanishidagi yangi bosqichga tо‗g‗ri keldi. Bu bosqichda biz yangi davrga qadam qо‗ymoqdamiz, kо‗z о‗ngimizda jahonda butunlay yangi tartib о‗rnatilmoqsa. О‗zbekistonning eng yangi tarixi esa insoniyat eng yangi tarixining ajralmas qismi sifatida zamonaviy dunyoning global voqealari bilan chambarchas bog‗liq.
Bundan tashqari, eng yangi tarixni о‗rganish tarixchilarning yangi avlodi paydo bо‗lishi bilan izohlanadi. Bu, о‗z navbatida, zamonaviy nazariyada muhim hisoblangan bir savol – tarixchining jamiyatga berayotgan о‗tmish haqidagi bilimlariga nisbatan javobgarligi masalasini yuzaga chiqaradi. Va nihoyat, eng yangi tarix – uning zamondoshlari tarixi. Biz barchamiz – О‗zbekiston Respublikasining fuqarolari ushbu tarixning bevosita guvohlari va ijodkorlarimiz.
Umumlashtirgan holda aytish mumkinki, О‗zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida bosib о‗tgan yо‗lining mazmun-mohiyatini obyektiv baholagan holda, О‗zbekistonning yangi tarixini quyidagi bosqichlarga bо‗lib о‗rganish maqsadga muvofiq.

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin