Koriolis tezlanishi vektori. (77) formuladan ma`lumki Koriolis tezlanishi ifodadan topiladi. Koriolis tezlanishi vektor kattalik bo`lgani uchun xar qanday vektor singari uch elementdan: moduli, yo`nalishi va ning qo`yilish nuqtasi aniqlangan bo`lishi kerak. Bu elementlarni aniqlashdan oldin Koriolis tezlanishining fizik ma`nosi nimadan iborat ekanligini ko`raylik.
Koriolis tezlanish murakkab xarakatda A nuqta tezlanishining shunday tashkil etuvchisidirki, bu tezlanish vektori ko`chma xarakatda burchakli tezlik vektorining nisbiy tezlik vektoriga bo`lgan vektor ko`paytmasiga teng. Kooriolis tezlanishi birinchidan nuqtaning nisbiy xarakatining o`zgarishi natijasida ko`chma tezlik modulining o`zgarishini va ikkinchidan, ko`chma aylanma xarakat natijasida nisbiy tezlik yo`nalishining o`zgarishini ifodalaydi. Koriolis tezlanishi ko`chma aylanma xarakat bilan nisbiy xarakatning qo`shilishi natijasida xosil bo`ladi. Shuning uchun agar ko`chma xarakat ilgarlanma xarakat bo`lsa ω=0 bo`ladi. Demak Koriolis tezlanishi bu ko`chma va nisbiy xarakatlarning qo`shilishidan xosil bo`ladigan kattalik. Endi vektorning elementlari: vektorining qo`yilish nuqtasi, uning moduli va yo`nalishini qanday qilib aniqlashni ko`raylik.
1) ning qo`yilish nuqtasi A nuqta.
2) ning moduli formula bilan aniqlanadi.
quyidagi uch xolda = 0 bo`ladi.
a) ya`ni OXYZ sistema ilgarlanma xarakat qilganda, yoki OXYZ sistema ω=0 bo`lganda,
b) vn =0 ya`ni OXYZ ga nisbatan A nuqta tinch xolatda bo`lganda yoki tanlangan vaqtda OXYZ sistema uchun vn =0 bo`lganda.
c) ω va v ektorlar orasidagi burchak 0 ga yoki 180˚ ga teng bo`lganda ya`ni A nuqtaning nisbiy tezligining yo`nalishi aylanish o`qiga paralel bo`lgan xollarda.
ning moduli ω va v ektorlar orasidagi burchak 90° bo`lganda maksimal bo`ladi. Ya`ni agar A nuqtaning xarakati tezligi ω vektorga perpendikulyar bo`lsa, maksimal iymatga ega bo`ladi.
A nuqta vn =0 tezlik bilan xarakat qilsa, 49-rasmga asosan v2 va v3 tezlik bilan xarakat qilganda bo`lishini ko`rish mumkin.
49-rasm
3) ning yo`nalishi parma qoidasiga asosan topiladi. Agar parmaning dastasini ω vektoridan vn vektoriga tomon qisqa yo`l bilan aylantirsak, parmaning ilgarilanma xarakatini yo`nalishi vektorining yo`nalishini ko`rsatadi. Rasmda A nuqta v2 tezlik bilan xarakat qilganida parmani ω dan v2 ga ( fikran ω ni A ga ko`chirib) qisqa yo`l bilan aylantirsak ning yo`nilishi v3 vektor ustiga tushgan ekanligini ko`rish mumkin. A nuqta v5 tezlik bilan xarakat qilganida, parma qoidasidan ko`rinadiki, ning yo`nalishi bo`ladi. bu vektorlarning yo`nalishini 49-rasmda ko`rsatilgan. Umuman vektor shunday yo`nalganki, ning oxiridan qaraydigan kuzatuvchiga ω vektori vn vektoriga qarab qisqa yo`l bilan yaqinlashishi soat milining aylanish yo`nalishiga teskari yo`nalgan bo`ladi. Koriolis tezlanishning xosil bo`lishiga oid bir misol keltiramiz. Platforma ω burchak tezligi bilan O nuqtadan o`tadigan o`q atrofida tekis aylansin. Platformaning radiusi bo`ylab odam M vaziyatda doimiy v tezlik bilan qarakat qilsin. Bu erda M nuqtada ko`chma tezlik vk M1nuqtada esa vk1 bo`ladi va vk1 =ω.OM, bo`ladi 12- rasm. vk -ko`chma tezlikning o`zgarishi ni xosil qiladi. vektori M nuqtada ( ω vektori O nuqtadan o`quvchiga qarab yo`nalgan) vk bo`ylab M1 nuqtada esa vk1 bo`ylab yo`nalganligini parma qoidasidan foydalanib oson topish mumkin.
Agar nuqta er sirtida xarakat qilsa erning xarakati ko`chma xarakat bo`ladi. Yer sirtidagi M1 va M2 nuqtalarga ta`sir etadigan vektori nuqta shimoliy sharda bo`lganda sharq tomonga janubiy yarim sharda bo`lganda garb tomonga qarab yo`nalgan 50-rasm. Daryolarda oqayotgan suv shimoliy yarim sharda Koriolis tezlanishiga ega bo`lganligi tufayli sharqqa qarab oqadi. Shuning uchun daryoning qirgogi garbiy qirgoqiga nisbatan ko`proq emiriladi: Koriolis tezlanishi mavjud bo`lganligi uchun erkin tushadigan jism sharqqa qarab ogadi.