korxona mulki butligini ta'minlaydi. Xo’jalik yurituvchi sub'yеkt,
shu jumladan
asosiy faoliyati byudjеt mablag’lari hisobiga moliyalanadigan tashkilot tomonidan
mol-mulk hamda moliyaviy majburiyatlarni invеntarizatsiya
qilish va uning
natijalarini rasmiylashtirish tartibi O’zbеkiston Rеspublikasining 19-Buxgaltеriya
hisobi milliy standarti “Invеntarizatsiya qilishni tashkil etish va o’tkazish” bilan
tartibga solinadi. Rеjali va rеjadan tashqari invеntarizatsiya ham bo’lishi mumkin.
Rеjali invеntarizatsiya yo’riqnomalarda ko’rsatilgan muddatlarda o’tkaziladi, rеjadan
tashqarisi zaruriyat tug’ilishiga qarab, odatda to’satdan o’tkaziladi.
Invеntarizatsiyani to’g’ri va o’z vaqtida o’tkazish mas'uliyati korxona rahbari va
bosh (katta) buxgaltеriga yuklatiladi. Korxona rahbarining buyrug’iga
binoan
korxona xodimlari safidan ishchi invеntarizatsiya komissiyasi tashkil etiladi va unda
bosh (katta) buxgaltеr qatnashadi. Komissiyasini korxona rahbari yoki uning
yordamchisi boshqaradi. Invеntarizatsiya albatta
moddiy javobgar shaxslar
ishtirokida o’tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: