ishlab chiqarish hajmi, o’rtacha ish haqi,
ish vaqtidan foydalanish, mehnat
unumdorligi darajasi, o’sishi va hokazo ko’rsatkichlar kiradi.
Dastlabki statistik
kuzatuvlarning ma’lumotlari tumanlar, viloyatlar va umuman respublika xalq
xo’jaligining ayrim tarmoqlari bo’yicha umumlashtiriladi.
Statistik hisob statistika fani - statistika usullaridan foydalanadi.
Mustaqil
ijtimoiy fan sifatida statistika faqat xo’jalik hodisalarinigina o’z ichiga olmay,
jamiyat hayotining boshqa tomonlarini ham qamrab oladi. Jumladan, uning
yordamida aholining soni, tarkibi va harakati, xalq hayotining moddiy va madaniy
darajasi, uning ijtimoiy hayoti haqidagi ko’rsatkichlar olinadi.
Хo’jalik hodisalari haqidagi ma’lumotlar statistik hisob tomonidan operativ va
buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda mustaqil ravishda tashkil
qilinadigan dastlabki hisobdan olinadi. Ba’zi ma’lumotlar
statistik kuzatuvning
alohida shakllari - qayta ro’yxatga olish va tekshirishlar yordamida olinadi. Uzluksiz
kuzatib bo’lmaydigan ommaviy hodisalarni tavsiflash uchun dastlab kuzatish
usulidan keng foydalaniladi.
Тarmoqlar, xalq xo’jaligi miqyosidagi xo’jalik hodisalarini tavsiflovchi
ma’lumotlar asosan maxsus davlat statistika organlari - Makroiqtisodiyot va statistika
vazirligining statistika boshqarmasi tomonidan olinadi va ishlab chiqiladi. Dastlabki
materiallarni ilmiy ishlash va tahlil qilish olingan ko’rsatkichlarni
ular tomonidan
yig’ish va guruhlash, o’rtacha sonlar usuli, nisbiy jamlar, indekslar, dinamik qatorlar
va shu kabi maxsus usullardan foydalanish yordamida amalga oshiriladi.
Statistik hisobning ko’rsatkichlarini hisoblab chiqish uchun ham barcha mavjud
o’lchovlar - natura, mehnat va pul o’lchovlaridan, o’rganilayotgan hodisaning
mazmuni va qo’yilgan vazifalariga qarab foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: