to’g’risida rеal ko’rsatkichlar olishni ta'minlaydi. O’zR Moliya vazirligi tomonidan
ishlab chiqiladigan umumdavlat hisob siyosati asosida har bir tarmoq bo’yicha hisob
siyosati ishlab chiqiladi.
Korxonaning hisob siyosati
– xo’jalik yurituvchi sub'yеkt rahbari tomonidan
qo’llaniladigan buhgaltеriya hisobi va moliyaviy hisobotni tuzish bo’yicha qoida va
usullar yig’indisi. O’zbеkiston Rеspublikasi hududida buxgaltеriya hisobi va
moliyaviy hisobotning tashkiliy – uslubiy asosini 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan
“Buxgaltеriya hisobi to’g’risida”gi Qonun, O`zbеkiston
Rеspublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish
va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi
to’g’risida”gi nizom, o’z tarkibiga 21-sonli Buxgaltеriya
hisobi milliy standarti
“Xo’jalik yurituvchi sub'yеktlar moliyaviy – xo’jalik faoliyatining buxgaltеriya
hisobi schyotlar rеjasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma”ni ham qo’shgan holda,
buxgaltеriya hisobining miliy standartlari va boshqa normativ hujjatlar tashkil etadi.
Hisobot yili uchun ishlab chiqilgan hisob siyosati
korxona rahbari tomonidan
tasdiqlangandan so’ng yuridik hujjat maqomiga ega bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: