____________ viloyati __________ tumani
Xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi
____-umumiy o’rta ta’lim maktabi
2-“__” -sinf rahbari
_____________________________ning
2-sinflar uchun
SINF SOATI
YILLIK ISH REJA VA
ISHLANMALARI
2022-2023-o‘quv yili
Tushuntirish xati
“Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot bilimda” –
Shavkat Mirziyoyev
O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-aprelda “Umumiy o‘rta va o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 187-sonli Qarori e’lon
qilindi. Shu munosabat bilan Sinf soatlar mazmunan qayta ko`rib chiqilib, kompetensiyaviy yondashuv
asosida amalga oshirilishi bеlgilandi.
Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni
darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi.
Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli
me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan
“Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom”
asosida tashkil etiladi.
Mazkur dastur va metodik qo‘llanmayuqorida nomlari keltirilgan ta’limga oid huquqiy va me’yoriy
hujjatlarga, shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning uzluksizligi va izchilligiga, zamonaviy metodologiyalarga
asoslangan.
Dasturning maqsadi
— Sinf soatlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, zamon talablariga javob beruvchi,
ma’naviy barkamol, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslarni tarbiyalashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |