2022-2023-o‘quv yili
Sana:__________
Mavzu: Ona yurtim-oltin beshigim.
Dars shiori: Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz
I.Kirish:
Sinf soat mashg`ulotning maqsadi: Yurt, ona Vatan haqidagi tushunchalarni o`quvchilar ongiga yetkazish.
Vatanga muhabbat tuyg`usini uyg`otish; o`quvchilar nutqini o`stirish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera
olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat
joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy
bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi
yashab turgan
tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: DVD,disk, tarqatma material,rasmlar.
Tashkiliy qism: O`quvchilarning
darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
Ma`naviyat daqiqasi:
Vatan ona, Vatan chamandir,
Vatan quyosh, Vatan osmondir.
Vatan she`rdir,
Vatan xayoldir,
Vatan tuproq, Vatan iymondir.
II Asosiy qism:
Bizning Vatanimiz O`zbekiston! O`zbekiston –muqaddas Vatan. Aziz bobolarimiz ota-onamiz
tug`ilib
o`sgan
maskan.
Farzandlarimizni
shu zaminga
sadoqat ruhida tarbiyalash,
ularning
qalbida shu muborak
zaminning har bir qarichiga
mehru-muhabbat
uyg`otish
bugungi
kunning eng ustuvor
fazilatlardan biridir. Biz uchun
Vatan bitta! Mamlakat bitta!
Bizning go`zal
yurtimiz, noyob
tabiatimiz,
betakror Vatanimiz,
bag`ri keng va oliyjanob
xalqimiz bor.