2022-2023-o‘quv yili
Sana:__________
Mavzu: Odobli bola-elga manzur.
I.Kirish:
Sinf soat mashg`ulotning maqsadi: Yurt, ona Vatan haqidagi tushunchalarni o`quvchilar ongiga yetkazish.
Vatanga muhabbat tuyg`usini uyg`otish; o`quvchilar nutqini o`stirish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera
olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat
joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi
yashab turgan
tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: DVD,disk, tarqatma material,rasmlar.
Tashkiliy qism: O`quvchilarning
darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:
O`qituvchi: Inson tarbiyasi – buyuk ma`naviy qadriyatlarga ega. Tarbiya – bu odob fazilatlaridan biri.
Tarbiyali kishi el o`rtasida e`zozlidir.
Hozir men sizga Rostgo`ylik haqida hikoya aytib beraman.Diqqat bilan quloq soling.
Aytishlaricha,Imom Buxoriy hazratlari bolalik yillari ilm o`rganish maqsadida uzoq safarga
chiqibdilar.U kishining onalari bolasini to`nining
etagiga qirq
tilla tangani yaxshilab tikib qo`yibdi. Safar oldidan har qanday
vaziyatda
ham
hech
qachon
yolg`on
so`zlamaslikni
tayinlabdi.Yo`lda bola qo`shilib ketayotgan karvonga qaroqchilar
hujum qilib qolibdi.Barchani talab bor-yo`g`ini
batamom tortib
olishibdi-da,bolaga uncha ham e`tibor bermay so`rashibdi:
-Sening nimang bor?
-Menda qirq tilla bor,-debdi bola.
Qaroqchilar bolani masxara qilishibdi.Qaroqchilar boshlig`i
bolani olib kelishni buyuribdi.Shunda ham bola to`g`risini
gapirib,menda
qirq tilla bor,deb turaveribdi va etagini
yirtib,tangalarni qaroqchilar boshlig`ining oldiga to`kibdi.Shunda
qaroqchilar boshlig`i:
-Ey,nodon bola,sen
bor narsangni aytmaganingda,tillalaring o`zingda qolardi,hech kim bilmagan edi-ku!-
debdi.
Shunda Imom Buxoriy hazratlari safar oldidan onalari hech qachon yolg`on gapirmasliklari lozimligini
ta`kidlaganini va onalarining o`gitiga amal qilganliklarini aytgan ekanlar.
Qaroqchilar boshlig`i yosh Buxoriyning gapidan nihoyatda ta`sirlanib,qaroqchilik,talon-taroj va
zo`ravonlikdan qaytib,nochor,faqir odamlardan zo`ravonlik bilan tortib olgan narsalarni miskin,bechoralarga
tarqatib tavba qilgan ekanlar.
Dostları ilə paylaş: