O‘quv yili Tushuntirish xati


Kommunikativ kompetensiya



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix12.01.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#79071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2 SINF SOATI TARBIYAVIY SOAT 2022 2023

Kommunikativ kompetensiya
— ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro 
muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, 
hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
— media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa 
olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini 
ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
— doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, 
ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, 
kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-
harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi 


2022-2023-o‘quv yili 
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
— jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga 
daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya 
qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini 
shakllantirishni nazarda tutadi. 
Milliy va umummadaniy kompetensiya
vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda 
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, 
madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish 
kompetensiyasi 
— aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni 
tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini 
yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika 
yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
SHuningdek, mazkur kompetensiyalar har bir Sinf soatning mazmunidan kelib chiqqan holda 
shakllantiriladi. 
Umumta’lim maktablarining 1-9-sinf o‘quvchilari uchun tuzilgan “Sinf soatlar uchun namunaviy 
mavzular rejasi” mazmunan tarbiyaviy-axloqiy hislatlarni shakllantirish bilan bir qatorda yurtimizda 
nishonlanadigan umumxalq bayramlari va muhim tarixiy sanalar asosida tuzildi. Bundan tashqari mazkur 
rejada fan oyliklari davomida o‘quvchilar uchun tarbiyaviy dars soatlarini o‘tishda nimalarga e’tibor berish 
kerakligi e’tiborga olingan. 
Mazkur dastur va qo‘llanmada bugungi kunda sinf rabarlari uchun amaliy va uslubiy yordam sifatida 
Respublika Ta'lim markazi mutaxassislari va amaliyotchilar hamkorligida “Sinf soat”larning mashg‘ulot 
ishlanmalari tavsiya etiladi.
“Sinf soat”lar rejasidagi 8 soatlik “Yo‘l harakati qoidalari”ga doir mavzular dasturi va dars 
ishlanmalari mazkur qo‘llanmada aks ettirilmagan. 
Umumta'lim maktablarining 1-sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan “Sinf soat” mashg‘ulot 
ishlanmalarida mazmunan o‘quvchilarda tarbiyaviy-axloqiy xislatlarni shakllantirish va mustahkamlash 
maqsadida donolar hikmatlariga va milliy qadriyatlarimizga hurmat, vatanparvarlik, insonparvarlik, 
jismoniy tarbiya, shaxsiy gigiyena, ozodalik, kiyinish odobi, bola huquqlari, tabiatni asrash, iqtisodiy 
tarbiya, salomlashish va muomala odobi, kitobni sevish kabilar bilan bir qatorda yurtimizda o‘tkaziladigan 
umumxalq bayramlari va muhim sanalarni nishonlashda nimalarga e'tibor berish lozimligi to‘g‘risida 
tavsiyalar berilgan.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin