Butun sonlar to‟plami. Qarama – qarshi sonlar.
Butun sonlar to‟plami. Koordinata o‟qida 1, 2, 3,… sonlarini hamda -1, -2, -3, … sonlarini tasvirlashni o‟rganib oldik (13 - rasm).
O
… -3 -2 -1 0 1 2 3 …
13 – rasm.
…, -3 ,-2, -1, 0, 1, 2, 3,… sonlar qatori butun sonlar qatori deyiladi.
Butun sonlar qatorida 0 sonidan o‟ngda joylashgan 1, 2, 3, … sonlar natural yoki
butun musbat sonlar deb ataladi.
Butun sonlar qatorida 0 sonidan chapda joylashgan -1, -2, -3,… sonlar butun manfiy sonlar deyiladi.
Odatda, {…, -2, -1, 0, 1, 2, …} to‟plam butun sonlar to‟plami deyiladi va Z harfi bilan belgilanadi:
Z = {…, -2, -1, 0, 1, 2, …}.
Shunday qilib, butun sonlar to‟plami barcha natural, butun manfiy sonlar sonlar va no‟l sonidan, tashkil topgan.
Qarama - qarshi sonlar. Koordinata o‟qida sanoq boshidan bir hil uzoqlikda joylashgan ikkita nuqta olaylik (14 - rasm).
B(-4) O A(4)
4 birlik chapda 4 birlik o‟ngda
14 – rasm.
A nuqtaning koordinatasi 4, B nuqtaning kokordinatasi -4, deylik: A (4) B(-4). A nuqta sanoq boshidan 4 birlik o‟ngda, B nuqta esa sanoq boshidan 4 birik chapda turibdi. 4 va -4 sonlari bir - biridan faqat ishorasi bilan farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: |