Son o‟qidagi kesmaning uzunligi uning o‟ng uchi koordinatasi bilan chap uchi koordinatasining ayirmasiga teng.
- § 8 – 9 – sinf algebra kursi
1. 8 - sinf Algebra kursi.
Sonli tengsizliklar.
a va b sonlar berilgan ularni taqqoslaylik.
Ta‟rif. Agar a - b ayirma musbat bo‟lsa, u holda a son b sondan katta bo‟ladi. Agar a - b ayirma manfiy bo‟lsa, u holda a son b sondan kichik bo‟ladi.
Masalan. 0,79 va
4 sonlarini taqqoslang.
5
Ularning ayirmasini topamiz: 0,79 -
4 = 0,79 - 0,8 = - 0,01
5
0,79 -
4 < 0 bo‟lgani uchun 0,79 < 4 5 5
a > b tengsizlik geometik nuqtai nazardan a nuqta son o‟qida b nuqtadan o‟ngda yotishini bildiradi (25 - rasm).
b a
25 – rasm.
Masalan,
4 nuqta 0,79 nuqtadan o‟ngda yotadi, chunki 5
> 0,79; 2,3 nuqta 4,4 nuqtadan 5
chapda yotadi chunki 2,3 < 4,4 (26 - rasm).
-2 -1 0 1 2 2,3 3 4 4,4 5
26 – rasm.
Sonli tengsizliklarning asosiy xossalari.
Tengsizliklarning asosiy xossalarini qaraymiz, chunki ulardan tengsizliklarning boshqa xossalarini isbotlashda va ko‟pgina masalalarni yechishda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |