O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/36
tarix28.04.2022
ölçüsü0,86 Mb.
#56580
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fan

Pasttekislik  –  mutloq  balandligi  dengiz  sathidan  200  m  gacha  bo‗lgan 

tekisliklar.  M.,  Kaspiy  bo‗yi  pasttekisligi  P.  lar  dengiz  sayozligining  daryolar 

keltirgan  loyqalar  bilan  to‗lishidan,  tog‗  oldi  bukilmalarining  tog‗lardan  tushgan 

nuroq jinslar bilan to‗lishi na-tijasida hosil bo‗ladi. Platformalarning asta pasayishi 

va dengiz sayozligining ko‗tarilishi oqibatida ham P. lar vujudga keladi. 

Peneplen  (lot.  paene  –  deyarli  va  ing.  plain  –  tekislik,  deyarli  tekislik)  – 

o‗tgan  geologik  davrlarda  ko‗tarilgan  burmali  tog‗larning  yer  yuzasida  sodir 

bo‗ladigan  jarayonlar  ta‘sirida  yemirilishi  natijasida  kelib  chiqqan  denudatsion 

tekisliklar. 



Plato  –  yer  yuzasi  yassi  yoki  sal  to‗lqinlangan,  ba‘zan  bir  oz  parchalangan 

baland tekislik. Yonbag‗irlari ko‗pincha kesilgandek tik bo‗ladi. Atrofdagi tekislik 

yerlardan  tik  jarliklar  hosil  qilib  ko‗tarilib  turadi.  Mas.,  Ustyurt  platosi  Baland 

platolar ko‗pincha yassi tog‗lik deb ataladi. 



Proterozoy  (yunoncha  proteros  –  ilk,  eng  qadimgi,  zoye  hayot)  –  Yer 

tarixining kembriy davridan oldin o‗tgan vaqtniig katta qismini o‗z ichiga oladigan 

geologik  era  va  shu  erada  vujudga  kelgan  tog‗  jiislari.  2  mlrd.  yildan  ko‗proq 

vaqtni  o‗z  ichiga  oladi.  Ikki  davrga  –  yuqori  va  quyi.  P.  ga  bo‗linadi.  P.  tog‗ 

jinslari  orasida  temir,  mis,  marganes  ma‘danlari,  fosforit,  grafit,  nodir  metallar 

uchraydi. 



Relef  –  (franduzcha  «relef»  —  ko‗taraman)  –  yer  yuzasi  shakllari:  tog‗lar, 

tekisliklar,  pasttekiyeliklar,  adirlar,  yassi  tog‗liklar,  tepaliklar,  qirlar,  vodiylar, 

botiqlar,  soyliklar,  jarlar  va  boshqalar  majmui.  Relef  ikki  xil  kuch  –  ichki 

(endogen)  va  tashqi  (ekzogen)  kuchlarning  birgalikda  hamda  muntazam  o‗zaro 

ta‘siri natijasida vujudga keladi. 

Sinekliza  (yunoncha  sin  –  birgalikda  va  yengilisis  –  egilish)  –  yer  po‗stining 

platformalarida  salgina  botiq  qismi.  Eni  bir  necha  yuz  km  ga  yetadi.  Shakli 

ko‗pincha  noto‗g‗ri    yumaloq  bo‗ladi.  S.  Botig‗i  cho‗kindi  jinslar  to‗ldirib,  yer 



 

76 


yuzasi yassi yoki salgina botiq tekislikka aylangan bo‗lishi mumkin. Mas., Liviya 

S. si Moskva S. si va h. k. 



Sinklinal (yunoncha– sinklit – egilaman) – tog‗ jinslari qatlamlarining qabariq 

tomoni pastga qaragan burmasi. S. antiklinal bilan yonma-yon joylashgan bo‗ladi. 



Suvayirg‘ich  –  yog‗in  suvlarini  daryolar  yoki  ikki  dengiz,  okean  havzasiga 

ajratib (bo‗lib) turgan chegara. S. tog‗li o‗lkalarda tizmalarning qirralaridan o‗tadi. 

Tekisliklarda  esa  S.  yassi  yerlardan,  botqoqliklardan  iborat  bo‗lishi  mumkin. 

Bunday joylarda S. ni chiziq tarzida ko‗rsatish mumkin emas. 




Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin