markaziy qismi, uning biologik fokusi. Shu sferada litosfera, atmosfera, gidrosfera
va biosfera bir-biriga bevosita tutashib, faol o‗zaro ta‘sirda va o‗zaro bog‗liqlikda
tekislikka yoki vodiylarning kengroq qismiga chiqqan joyda suv keltirgan
jinslarning to‗planishidan hosil bo‗lgan yarim konus ko‗rinishdagi salgina qabariq
atrofdagi pastliklar bilan tutashgan yon qismlari. Yonbag‗irlar shakliga ko‗ra botiq,
kesilgan chekkalari, dengizlarning urilma to‗lqinlari hosil qilgan baland
qirg‗oqlari. Daryolar qalin lyoss jinslarning ostini yuvishi natijasida ham J. hosil
bo‗ladi. Tektonik yoriqlar bo‗ylab uzilmalar ro‗y berishidan ham J. vujudga keladi.
geografik kengliklar bo‗yicha notekis taqsimlanishi va yog‗in miqdorining har
xilligi natijasida tabiiy holda turli tabiatli qismlarga bo‗linishi qonuniyati.
Iqlim – Yer yuzasi biror joyi ob-havosining ko‗p yillik rejimi. Iqlim Quyosh
radiatsiyasi, yer yuzasining holati va atmosferadagi havo harakatlari hosilasidir.
74
Qarang. Iqlim hosil qiluvchi omillar. Iqlim ob-havodan farq qilib, barqaror
bo‗ladi. U yillar, asrlar mobaynida o‗zgaradi.
Kaynozoy erasi (yunoncha
kaynos – yangi,
zoye – hayot) – Yer geologik
tarixining eng yangi erasi. 67 mln. yil davom etayapti. Uchta davrga bo‗linadi:
paleogen, neogen va antropogen. Shu erada paydo bo‗lgan tog‗ jinslari kaynozoy
tog‗ jinslari (yotqiziqlari) deyiladi. Yerning hozirgi zamon tabiati K.e. da tarkib
topgan.
Karst, karst hodisasi (Yugoslaviyadagi karst platosi nomidan olingan) –
suvda yaxshi eriydigan tog‗ jinslari (ohaktosh, bo‗r, dolomit, gips, tuzlar) ni yer
osti suvlari eritib olib ketishi natijasida ro‗y beradigan jarayonlar. Natijada tog‗
jinslari orasida bo‗shliqlar – g‗orlar, yo‗laklar hosil bo‗ladi. O‗pirilmalar ro‗y
berib, yer yuzasida voronkasimon chuqurliklar, yoriqlar vujudga keladi. Yer
yuzidagi oqar suvlar yer ostiga tushib ketib, yer osti daryolari, ko‗llari hosil bo‗-
ladi. Qrimda, Kavkaz, Uralda ko‗p uchraydi. O‗zbekistonda Hisor, Chotqol, Nurota
tog‗larida, Ustyurtda ro‗y beradi.
Landshaft (nemischa
land – yer va
shaft – o‗zaro bog‗liq) – tabiiy tuzilishi,
ya‘ni geologik zamini, relefi, iqlimi, tuproqlari, o‗simlik turkumi, hayvonot
dunyosi, yer osti va yer usti suvlari rejimi nisbatan bir xil bo‗lgan hudud. O‗zining
strukturasi, ya‘ni komponentlari o‗rtasidagi o‗zaro aloqalari va o‗zaro bog‗liqligi
xususiyati bilan yonidagi boshqa joylardan farq qiladi. Geosistema xillaridan biri.
Dostları ilə paylaş: