oralig‗ida hosil bo‗lgan yer osti suvlari. Artezian suvlari bosim ostida bo‗ladi,
shuning uchun burg‗ qudug‗i qazilganda suvli qatlamnnng shipidan yuqori
ko‗tariladi, bosim yetarli darajada kuchli bo‗lganda esa yer yuziga ko‗tariladi yoki
favvora bo‗lib chiqadi. Artezian so‗zi Fransiyadagi Artua viloyati nomidan
72
balandlikkacha bo‗lgan qatlami azot (78,1%), kislorod (20,9%), argon (0,9%) va
karbonat angidrid gazi (0,03%) aralashmasidan iborat. A. da bu gazlardan tashqari
suv bug‗lari, chang va juda kam miqdorda siyrak gazlar bor. A. da 10 km gacha
balandlikda asosan yerda hosil bo‗lgan chang bo‗ladi. Katta balandliklarda esa,
meteor jismlar yonishidan hosil bo‗lgan kosmik chang bo‗ladi. Ayniqsa, atmos-
feraning yerga yaqin qatlamida chang ko‗p, bu yerda 1 kub sm quruq havoda 100
mingtagacha chang zarralari bor. Balandlik ortgan sari atmosferaning zichligi,
bosimi, harorati va boshqa fizik hamda kimyoviy xossalari o‗zgaradi. A. Quyidagi
5 qatlamga bo‗linadi: troposfera, stratosfera, mezosfera, termosfera yoki ionosfera,
ekzosfera.
Baland tog‘lar – rel‘efning morfogenetik tipi, balandligi 2000 m dan yuqori
bo‗lgan tog‗lar. Yuqorida muz bilan qoplanganligi sababli muz hosil qilgan rel‘ef
shakllari keng tarqalgan bo‗ladi. Bunday tog‗larga Himolay, Tyanshan, Al‘p,
Pomir, Kavkaz, Oltoy va b. tog‗lar kiradi.
Barxan – o‗simlik bilan qoplanmagan ko‗chma qum do‗ngi. Shamol ta‘sirida
bir joydan ikkinchi joyga ko‗chib yuradi. Yillik ko‗chish tezligi bir necha sm dan
yuzlab m ga yetadi.
Biosfera (yunoncha bio – hayot, spharia – shar, kurra) – Yerning hayotga
makon bo‗lgan, tirik organizmlar tarqalgan joyi, qobig‗i. B. atmosferaning pastki
qismi (troposfera)ni okean, dengiz, ko‗l va daryo suvlari (gidrosfera) ni hamda Yer
po‗stining ustki qismi (litosfera) ni o‗z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: