71
GLOSSARIY
Abiogen bosqich – Geografik qobiqning vujudga kelishi va rivojlanishining
organik dunyosiz o‗tgan dastlabki bosqichi. A. b. geografik qobiq taraqqiyotining
arxey va proterozoy eralarini o‗z ichiga oladi. A. b. 2,5-3 mlrd. yil davom etgan
deb hisoblanadi. Geografik qobiq o‗z taraqqiyoti davomida A. b, dan keyin biogen
bosqichga, so‗ngra antropogen bosqichga o‗tgan.
Abiogen omillar – geografik qobiq va landshaftlarning jonsiz tabiat ta‘sirida
mavjud bo‗lgan omillari. Masalan, birlamchi tog‗ jinslari, iqlim, relef, Yerning
ichki energiyasi hamda kosmik energiya.
Abraziya (qirg‗oq yemirilishi), (lotincha – avragio – sindirish) - dengiz, ko‗l,
yirik suv, omborlari qirg‗oqlariniyag to‗lqinlar ta‘sirida yemirilishi.
Adirlar – O‗rta Osiyo tog‗lari etagidagi cho‗l va chalacho‗l qirlar. Neogen va
antropogen davrlarining cho‗kindi tog‗ jinslaridan tarkib topgan. Farg‗ona, Hisor,
Surxondaryo vodiylarida ko‗proq konglomerat va chaqiqtoshlardan iborat bo‗lib,
ba‘zi joylarda lyoss bilan qoplangan. Adirlar past-baland bo‗ladi. Ularni ko‗p
joylarda soy hamda jarlar kesib o‗tib, ayrim-ayrim qismlarga bo‗lib oborgan.
Adirlarning mutlaq balandligi 400-500 m dan 1000-1500 m gacha boradi.
Allyuviy (lotincha
alluvio yotqiziq) – doimiy yoki vaqtli oqar suvlar keltirib
yotqizgan tog‗ jinslari. Ko‗proq mayda tosh, shag‗al, qum va gillardan iborat
bo‗ladi. Ba‘zi tekisliklar, daryolarning qayirlari va terrasalari (ko‗hna qayir)
shunday jinslardan tashkil topgan.
Dostları ilə paylaş: