O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rtamaxsus ta’limvazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 58,08 Kb.
səhifə6/7
tarix21.03.2023
ölçüsü58,08 Kb.
#88964
1   2   3   4   5   6   7
Ergashev Abbos Kurs ishi

Birinchi turi- o’simlik ikkinchi tug’ilish kabi boshdan kechirilganda, keskin “notinch” , inqirozli kurs bilan tavsiflanadi, natijada yangi “ men” paydo bo’ladi.
Ikkinchi turi- o’smir shahsiyatida chuqur va jiddiy o’zgarishsiz voyaga yetganda silliq, sekin, asta-sekin o’sishi o’smir o’z shahsiyatida chuqur va jiddiy o’zgarishsiz voyaga yetkanda silliq, sekin, asta-sekin o’sishi,rivojlanishi bayon etilgan.
Uchinchi tur—bu shunday rivojlanish jarayoniki unda o’smir faol ravishda, ongli ravishda shakillanib o’zini tarbiyalaydi, ichki tashvishlari va inqirozlarini o’z irodasi bilan yengadi. Bu esa yuqori darajada o’zini tuta bilish va o’zini tarbiyalashga ega bo’lgan o’smirlarga xosdir.
Spranger bu turlar orqali o’smirning jamiyatdagi mavqeyini ma’lum darajada, ammo qoniqtirmaydigan yaqin istiqbolga duch kelishi bilan izohlaydi. Spranger inson hayotidagi eng chuqur tajribalardan biri:

  • Sevgi va uning o’smirlik va yoshlikdagi namoyonliklarni tushuntirishga harakat qildi. U muhabbatning ikki tomoniga erotiklik va shahvoniylikga psixologik tavsif berdi. Bu tajribalar bir-biridan tubdan farq qiladi va Spranger fikriga ko’ra u psixkaning turli qatlamlariga tegishli. Spranger(1931-yil).



  • Sprangerning ta’kidlashicha o’smirga barcha qo’rquv va inqiroz sharoitlarini yengishga yordam berish uchun faqat buyuk sof sevgi bu “erotik impuls”dan oldin uyg’onishi kerak bo’lgan ideal intilishlarning kuchidir.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki faqat chet el olimlari emas nafaqat o’zbek olimlari uchun ham o’smir psixologiyasini o’rganish va muammolarni hal etish har bir olim uchun dolzarb ish faoliyatidir.



XULOSA

Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkunki, o’smirlik bu bolalikdan kattalik holatiga ko’chish jarayoni sodir bo’ladi. O’smirda psixik jarayonlar keskin o’zgarishi bilan aqliy faoliyatda faoliyatda ham burulishlar seziladi. Yana shuni ham e’tirof etishimiz mumkunki, o’smirlik davri ko’pincha so’zga kirmaslik, o’jarlik, tajanglik, o’z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik kabi salbiy xususiyatlar bilan xarakterlanadi. Bu davrda yana o’smirlarda shaxsiy nuqtai nazarning vujudga kelishi sababli u kattakarning, o’qituvchining qayg’urishi, kuyishiga qaramey, o’zining fikrini o’tkazishga harakat qiladi. Uning o’z qadr- qimmati haqidagi tasavvuri, narsa va hodisalarga munosabati oqilonalikdan uzoqlasha boshlaydi, u ayrim ma’lumotlarni tushuntirib berishni yoqtirmaydigan bo’lib qoladi. Bu davr boshqa davrlardan yana shunisi bilan farq qiladiki, o’smirlik davri juda katta sezilarli darajada ham anatomik va fiziologik o’zgarishlar ro’y beradi. Bu esa yosh o’smir psixikasiga turlicha ta’sir ko’rsatishi mumkin.


Hozirgi davrda o’smirlarni tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, imkoniyatlari xatti-harakat motivlarining ifodalanishi va vujudga kelishining murakkab mexanizmlari mavjud. SHuni alohida ta`kidlash kerakki, o’smirlarni tarbiyalashda ularning xususiyatlarini to’la hisobga olgan holda ta`limiy-tarbiyaviy tadbirlarni qo’llash shaxslararo munosabatda anglashilmovchilikni vujudga keltirmaydi, sinf jamoasi o’rtasida iliq psixologik iqlimni yaratadi. Turg’unlik yillaridagi so’z bilan ishning nomuvofiqligi, axloq tarbiyasidagi qo’pol xatolar o’smirlarning ruhiy dunyosiga salbiy ta`sir ko’rsatdi. Insonning ruhiy dunyosini tubdan qayta qurish, tarbiyani insonparvarlashtirish harakati boshlangan hozirgi kunda o’smirlar taqdiri masalasi ham g’oyat jiddiy tus oldi. O’smirlar muammosiga e`tiborni kuchaytirish zarurligining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o‘zlarining layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni oddiy kuzatish yo‘li bilan ham osongina ko‘rish mumkin. O‘smirlik davri «o‘tish davri», »krizis davr», «qiyin davr» kabi nomlarni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi. CHunki, bu Yoshdagi o‘smirlarning xatti-harakatida muqobil, yangi sharoitlarda o‘z o‘rnini topa olmaganligidan psixik portlash hollari ham kuzatiladi. O‘z davrida L.S. Vigotskiy bunday holatni “psixik rivojlanishdagi krizis» deb nomlagan. Kichik maktab davridan so‘ng bola alohida olingan shaxs sifatida o‘z-o‘ziga munosabatini shakllantirish jarayonida asosan ikki bosqichni boshidan kechiradi. Bu bosqichlar o‘smirlik Yoshini ikki xil davrga - kichik o‘smirlik davri va katta o‘smirlik davrlariga to‘g‘ri keladi. Birinchi bosqichda o‘smir o‘zini ”bola”lardan ajratib, endi o‘zini kattalar olamiga mansubligini ta’kidlamoqchidek bo‘ladi. Kattalar hayotiga kirishga qiziqish o‘smirlarning asosiy xarakteristikalari hisoblanadi.
Bu davr uchun kattalarning xatti-harakatlariga taqlid qilish va o‘zining mana shu yarashmagan qiliqlariga tanqidiy baho bera olmaslik, uning katta Yoshli kishilarga yaqin bo‘lishi, yordam berayotgan bir guruh tengdoshlari bilan ortiq darajada bog‘liq bo‘lib qolishi va shu singari holatlar xarakterlidir. Ikkinchi bosqichda o‘smir endi o‘zining Yosh bola emasligiga shubha qilmaydi va o‘zligini aniq anglay boshlaydi, o‘z shaxsini ulug‘lab, o‘ziga xos harakatlar qila boshlaydi. O‘smirlarni o‘z shaxslari haqidagi fikrlar ko‘prok qiziqtiradi, ular o‘zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga, tarbiyalashga harakat qiladilar. O’smir bu davrdan hech qanday qiyinchiliklarsiz o’tib ketishiga uning atrofdaki do’stlari va eng muhumi ota onasi ya’ni oila davrasi keng ko’lamda yordam beradi. Bu davr o’z nomi bilan aytganda ko’pgina qiyinchiliklar bilan belgilanadi, lekin bu bilan vaziyatni qiyinlashtirish ham shart emas. O’z imkoniyatlaridan yetarli darajada foydalanishi va uni keng ommaga taqdim eta olishi o’smir faoliyati uchun afzaldir.


Yüklə 58,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin