O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘zta maxsus ta’lim vazirligi


tushunchaga ega bo‘lishi kerak



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#167883
1   2
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI

tushunchaga ega bo‘lishi kerak. 
- favqulodda vaziyatlarda insonlar va moddiy boyliklarni saqlash va 
qutqarish vositalarini ishlatish bo
‘yicha 
ko‘nikmaga ega bo‘lishi kerak. 
-turli holatlarda jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko
‘rsata olish; 
- texnika, elektr va yong
‘in xavfsizligi talab va me’yorlarini tez va qatiylik 
bilan amalda bajarish 
malakalariga ega bo‘lishi kerak. 
Qo
‘yilgan vazifalar o‘qish jarayonida talabalarning ma’ruza va seminarlarda 
faol ishtiroki hamda o
‘qituvchi kuzatuvida mustaqil ta’lim olishi bilan amalga 
oshiriladi. 
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi 
va uslubiy jihatdan uzviyligi.
Insonlarni texnosferadagi faoliyati xavfsizligining asoslarini o
‘rganish 
avvalo, tirik mavjudotlarning o
‘zaro va atrof-muhit bilan birbiriga muno 
sabati to
‘g‘risidagi umumiy bilimlarda HFXning o‘rnini bilishdan boshlanadi. 
“Hayot faoliyati xavfsiz ligi” fanini o‘qitish talabalarning o‘qish jarayonida 
ushbu o‘quv fani bo‘yicha o‘z lashtirilgan ma’lumotlarga hamda o‘quv 
rejasida rejalash tirilgan matematika va tabiiy-ilmiy hamda umum kasbiy va 
ixtisoslik fanlardan olgan bilimlariga tayangan holda olib boriladi. 
Fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o‘rni.
Hayot faoliyati xavfsizligi fani ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita 
bog
‘lanmagan. Hayot faoliyati xavfsizligi fanini o‘rganish nafaqat 
texnosferada xavflar tug‘ilganda, balki ishlovchilarni kasb kasalligiga 
chalinishlarini qisqartirish, baxtsiz hodisalarni oldini olish, favqulodda 
holatlarda jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsata olish, mehnat 
qilish gig
ienasini o‘rganish, shuningdek, biosferada (atrof - muhitda) yuz 
beradigan favqulodda vaziyatlarda insonlar o‘limi va moddiy zararlar 
miqiyosini kamaytirish imkonini beradi. 
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar.
Talabalar ning 
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fanini o‘zlashtirishlari uchun 
o
‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-
pedagogik texnologiya larni tatbiq qilish muhim ahamiyatga
egadir. Fanni 
o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, 
tarqatma materiallar, elektron materiallar, electron darsliklar vertual 
stendlar va boshqa materiallardan foydalaniladi. 
Sh
uningdek atroflicha bilim olishni ta’minlash maqsadida talabalarga 
mustaqil ish mavzulari ham beriladi. 
Ma’ruza, amaliy va laboratoriya 
darslariga mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. 


ASOSIY QISM 
Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari. 
Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash asoslari.
Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha. Hayot faoliyati xavfsizligi 
fanining maqsadi va vazifalari. Fanning kelib chiqishiga xavfsizlik 
muammolari 
ning bog‘liqligi. Faoliyat xavfsizligini tahlil qilish. Hayot faoliyati 
xavfsizligining asosiy tushunchalari, ularning mazmuni. Xavflar, ularning 
tasnifi. Faoliyat xavf 
sizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari. Texnosferada 
xavfsizlikni ta’minlash vositalari. Inson va uning hayot kechirish tizimi. 
“Inson - muhit” tizimida inson omili. Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi. Hayot 
faoliyati 
xavfsizligining 
iqtisodiy 
jihatlari. 
Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari. 
Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari, mazmuni. Ishlab 
chiqa 
rishda faoliyat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan asosiy 
qonunlar, standartlar, nizomlar, qoidalar va me’yoriy hujjatlar tizimi. Faoliyat 
xavfsizligi qonun 
– qoidalarga amal qilinishini nazorat qilish tizimi, qoida va 
talablarni buz ganda tortiladigan javobgarliklar. Ishlab chiqarishda faoliyat 
xavfsizligini boshqa rish tizimi, xavfsizlikni 
ta’minlashga oid tadbirlarini 
rejalashtirish, mablag‘ bilan ta’minlash. Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi 
talablariga 
amal 
qilishga 
o‘qitish 
tizimi. Ishlab chiqarishda faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan 
jarohatlanish lar va kasb kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari, tahlil 
qilish, oldini olish tadbirlari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari. 
Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigienasi 
Inson mehnat faoliyatining fiziologik-gigienik asoslari. Inson mehnat 
fao 
liyatiga ta’sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari, mohiyati va 
himoyalanish usullari. Inson mehnat faoliyatining turlari (aqliy va jismoniy). 
Mehnatning fiziologik asoslari. Mehnat jarayonida ishlovchining ishlash 
qobilyatini pasayishi va zo‘riqishi. Ishlab chiqarishning sanitariyasi va 
gigienasi 
me’yorlari, 
mazmuni. 
Texnosferada havo muhitining ko‘rsatkichlari, ularning mehnat faoliyatiga
ta’siri, ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me’yorlari, ularning inson 
organizmiga ta’siri. Ishlab chiqarishda yoritish va uni me’yorlari. Tabiiy va 
sun’iy yoritish. Yoritishga qo‘yiladigan sanitar-gigienik talablar. Ishlab 
chiqarishda shovqin va titrash. Ularning inson organizmiga 
zararli ta’siri, 
muhofaza chora-tadbirlarini belgilash. Ultra va infratovushlarning inson 
organizmiga zararli ta’siri. Yuzaga kelish manbalari va sabablari. 
Himoyalanish vositalari. Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning 
xususiyatlari va 
inson organizmiga ta’siri va himoyalanish chora-tadbirlari. 
O‘tkir zaharlanishlardagi shifokordan oldingi yordamning umu miy chora-
tadbirlari, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar, zaharli o‘simliklar va 


hashoratlar chaqqanda zaharlanishlarning o‘ziga xos xususiyatlari va 
ularda birin chi yordamning ahamiyati. 
Hayot faoliyati xavfsizligining tibbiy biologik asoslari. 
Odam organizmining turli sharoitlarga moslashishi (adaptatsiya)ning 
umumiy prinsiplari va mexanizmi. Tashqi muhit bilan inson organizmi 
o‘rtasidagi 
bog‘liqlik. 
Favqulodda vaziyatlarda fuqarolar muhofazasi. 
Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasining maqsadi va 
vazifalari, 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi 
qonunlari, O‘z.R. FMning tuzilishi, kuch va vositalari,o‘quv yurtlarida va 
boshqa xalq xo‘jaligi ob’ektlarida FMni tashkil etish tartiblari. O‘zbekistonda 
favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etilishi hamda favqulodda 
vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimlari (FVDT) 
to‘g‘risidagi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyati. 
Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar va muhofaza 
tadbirlari. 
O
‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 
oktyabrda gi 
“Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda 
vaziyatlarning tasnifi to
‘g‘ risida”gi 455-son qarorining mohiyati. O‘zbekiston 
Respublikasida bo‘lishi mum kin bo‘lgan tabiiy ofatlar va ekologik 
favqulodda vaziyatlarning ta’riflanishi. Er silkinishi va surilishi, tuproq, qor 
ko‘chkilari, suv toshqini, kuchli shamollar, qur g‘oqchilik va sel hodisasi 
ofatlari, ularning kelib chiqish sabablari, xususiyatlari, keltiradigan talafotlari 
va har bir katastrofik o‘choqda olib boriladigan chora-tadbir lar. Texnogen 
tusdagi ofatlar, turlari, xususiyatlari, oqibatlari va ularda muhofaza 
tadbirlari.
Terrorizm va aholi muhofazasi. 
O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 31 avgustdagi “Terrorizmga 
qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati. Terrorizm 
tushunchasi, uning salbiy illatlari va amalga oshirish uslublari. 
Terrorizmning iqtisodiyot tarmoqlari va aholi uchun xavfli xususiyatlari. 
Xalqaro terrorizm va unga qarshi olib boriladi gan harakatlar. 
Seminar mashg‘ulotlarining taxminiy ro‘yxati 
Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari. 
Respublikada halokatlar tibbiy xizmatining tashkil etilishi va uning 
asosiy vazifalari. Jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam 
ko‘rsatishning 
tartib va qoida lari. Yurak-
o‘pka reanimatsiyasi (qayta jonlantirish)ni 
o‘tkazish qoidasi, yuqori nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini tiklash usullari. 
Qon ketishi, turlari, vaqtincha to‘xtatish usullari. Suyaklarning sinishi va 
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish. Uzoq vaqt ezilish sindromida 
jarohatlanganlarga ko‘rsatiladigan birlamchi tibbiy yor dam. Kuyish va 


sovuq 
o
lganda,cho‘kishda, elektr tokidan shikastlanganda tibbiy 
yordam ko‘rsatish. Tabiiy ofat, avariya va katastrofalarda jabrlanganlarni 
tibbiy saralash (triaj) qoidalari. Jabrlanganlarni transportirovka qilishda 
yordam 
ko‘rsa 
tish. 
Fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish uslublari va 
vositalari, ularning xususiyatlari. Favqulodda holatlarda qutqaruv 
va boshqa shoshilinch ishlarini tashkil etish. 
Fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish uslublari va 
vositalari, ularning xususiyatlari. Qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarini 
tashkiliy 
asoslari, 
shikastlangan o‘choqlarda ularni olib borish usullari. Tabiiy ofatlar, avariya 
va halokat oqibatlarini bartaraf etishda qutqaruv va boshqa shoshilinch 
ishlarni tashkil etish va o‘tkazish.
Yong‘in xavfsizligi. 
O‘zbekiston Respublikasining 2009 yil 30 
sentyabrdagi “Yon g‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-
mohiyati. Yo
ng‘in ofati, uning kelib chiqish sabablari, omillari, turlari, yonish 
fazalari va ularning xususiyatlari. Iqtisodiyot tarmoqlari binolari, inshootlari 
va qurilish materiallarining yong‘inga qarshi bardoshlilik darajalari. 
Yo
ng‘inga qarshi kurashish xizmati. Yong‘inga qar shi texnik vositalar. 
Yo
ng‘inni 
o‘chirish 
usullari 
va 
vositalari, 
turlari, 
xususiyatlari 
v
a ularga qo‘yiladigan talablar. Yong‘in ofatida inshootlardagi fuqarolarni 
evakua 
tsiya qilish tartibi, yong‘inga qarshi to‘siqlar, xususiyatlari, yong‘in 
darakchilari va aloqa tizimi. Portlash hodisasi, uning xususiyatlari, unga 
qarshi chora-tadbirlar. Po
rtlashning salbiy ta’sirlari. 
Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar 
Namunaviy o‘quv rejada fan bo‘yicha laboratoriya ishlari ko‘zda tutilmagan. 
Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar 
Namunaviy o‘quv rejada fan bo‘yicha kurs ishi rejalashtirilmagan. 
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni 
HFX fani bo‘yicha talaba mustaqil ishini tashkil etishda talabaning 
akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi 
shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: 
• fanning ayrim mavzularini o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil 
o‘zlashtirish, o‘quv manbalari bilan ishlash; 
• fandan amaliyva seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rib kelish; 
• ma’lum mavzu bo‘yicha referat tayyorlash; 
• prezentatsiyalar tayyorlash; 
• ko‘rgazmali vositalar tayyorlash; 
• maqola, tezislar tayyorlash; 
• bitiruv malakaviy ishi uchun materiallar to‘plash; 
• amaliy mazmundagi nostandart masalalarni echish va ijodiy ishlash. 


Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari 
1. 
HFX muammolarini o‘rganishga katta hissa qo‘shgan jahon va 
vatanimiz olimlari. Ularning asosiy ilmiy-amaliy ishlari. 
2. Xavf-xatar turlari. 
3. Xavfsizlikni ta
’minlash tamoyillari va uslublarini tahlil qilish. 
4. Aqliy mehnat gigienasi 
5. Jismoniy 
mehnat faoliyatining inson organizmiga ta’siri. 
6. Favqulodda vaziyatlarda shikastlanishlar va kasb kasalliklari. 
7. 
Inson antropometrik ko‘rsatkichlarining faoliyat xavfsizligiga ta’siri. 
8. 
Faoliyat xavfsizligini ta’minlashda psixologik omillarning ahamiyati. 
9. 
O‘zbekiston Respublikasida hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash 
bo‘yicha qabul qilingan qonun va me’yoriy hujjatlar tizimi. 
10. 
Hayot faoliyati xavfsizligi fani bo‘yicha glossariy tuzish. 
11. 
Insonning fiziologik va psixologik tavsiflarining xavfsizlikni 
ta’minlashdagi ahamiyati. 
12. 
Odam 
anatomiyasining 
(antropometrik 
parametrlarining) 
xavfsizlikni ta’min lashdagi ahamiyati. 
13. 
Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashga oid xalqaro tajriba va 
izlanishlar taxlili. 
14. 
Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashga oid chet davlatlarda 
qabul qilingan qonunlar va me’yoriy hujjatlar taxlili. 
15. 
Qon ketishi va uni vaqtincha to‘xtatish usullari 
16. 
Suyak sinishi va ularda birinchi yordam ko‘rsatish 
17. 
Yurak-
o‘pka reanimatsiyasini o‘tkazish qoidalari 
18. 
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati. 
19. 
Respub
lika bo‘yicha yong‘inlar sodir bo‘lishi va ularda 
ko‘riladigan zararlar to‘g‘risida statistik ma’lumotlar taxlili. 
20. 
Yo
ng‘indan himoyalanishning zamonaviy texnik vositalari. 
21. 
Xalqaro terrorizm va terroristik tashkilotlar. 
22. 
O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin bo‘lgan texnogen xavflar ularda 
muhofaza tadbirlari. 
23. 
O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy xavflar va ularda 
muhofaza tadbirlari. 
24. 
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar va ular bilan 
zaharlanganda 
birinchi yordam ko‘rsatishning mohiyati 
25. 
O‘tkir zaharlanishlar va ularga qarshi kurash chora-tadbirlari 
26. 
Yu
qori nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini tiklash (Geymlix usuli) 


27. 
“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli 
favqulodda vaziyat 
lardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun 
bandlarini 
o‘rganish. 
28. 
“Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi qonun bandlarini o‘rganish. 
29. 
“Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonun bandlarini 
o‘rganish. 
30. 
“Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi 
to‘g‘risida” gi qonun bandlarini o‘rganish. 
31. 
“Chiqindilar to‘g‘risida” gi qonun bandlarini o‘rganish. 
32. 
Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qabul 
qilingan davlat standartlari tizimini o‘rganish. 
33. 
“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida” gi qonun 
bandlarini o‘rganish. 
34. 
“Sanitariya nazorati to‘g‘risida”gi qonun bandlarini o‘rganish. 
35. 
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonun bandlarini 
o‘rganish. 
Dasturning informatsion -uslubiy ta’minoti 
Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy ilg‘or interfaol 
usullaridan, 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari, 
prezentatsiya(taqdimot), multimedia va elektron-didaktik texnologiyalardan 
foydalaniladi. Seminar mashg‘ulotlarida aqliy xujum, klaster, blitsso‘rov, 
guruh bilan ishlash, insert, taqdimot, keys stadi kabi usullardan keng 
foydalaniladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
Asosiy adabiyotlar: 
1. 
Yormatov G‘.Y. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. –T.: 
“Aloqachi”, 2009 
2. Yo
rmatov G‘. Y. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. O‘quv 
qo‘llanma. -T.: 2005. 
3. 
O‘. Yo‘ldoshev va boshqalar. Mehnatni muxofaza qilish. -T.: Mehnat, 
2005. 
4. Nigmatov I., Tojieyv M. X. "Favqulodda vaziyatlar va fuqaro 
muhofazasi" Darslik.-T.: Iqtisod-moliya. 2011. 
5. Tojiev M. X., Nigmatov I., Ilxomov M. X
. «Favqulodda vaziyatlar va 
fuqaro muhofazasi
» O’quv qo’llanma. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2005. 
Qo‘shimcha adabiyotlar: 


1. 
G‘oyipov H.E. Hayot faoliyati xavfsizligi. –T.: “Yangi asr avlodi”, 2007 
yil. 
2. 
Qudratov A. va b.. "Hayotiy faoliyat xavfsizligi". Ma’ruza 
kursi.“Aloqachi” -T.: 2005. 
3. Bezopasnost jiznedeyatelnosti. /Pod.red. Mixaylova L.A. Kiev 

Xarkov 
– Minsk, 2007. 
4. Mikryukov V.Y. Bezopasnost jiznedeyatelnosti. Uch.posobie. Rostov-
Don.2006 
5. Norxo
‘jaev A.Q., Yunusov M.Y. Favqulodda vaziyatlar va muhofaza 
tadbirlari. 
–T.: „Universitet”, 2001. 
6. Tojiev M.X., Nigmatov I va b. "Favqulodda vaziyatlar va fuqaro 
muhofazasi". 
O‘quv qo‘llanma. –T.: MCHJ., Ta’lim manbai, 2002.
7. Belov S.V. i dr. "
Bezopasnost’ jiznedeyatel’nosti", "Vshaya shkola", -
M.: 1999. 
Internet saytlari: 
1. www.mintrud.uz., 
2. www.minzdrav.uz., 
3. www.mchs.gov.uz., 
4. www.uznature.uz., 
5. www.standart.uz., 
6. www.ohranatruda.ru. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin