O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘ZTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
RO‘YXATGA OLINDI:
№ BD-5140100-5.04
“___” _______2019 yil
SAMARQAND DAVLAT
UNIVERSITETI REKTORI:
R.I.Xalmuradov ________
«___» ________ 2019 yil
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
Fanining
O‘QUV DASTURI
BILIM SOHASI:
100000 – GUMANITAR SOHA
TA’LIM SOHASI:
110000 - PEDAGOGIKA
TA’LIM YO‘NALISHI:
511170 - BOSHLANG’ICH
TA’LIM
SAMARQAND - 2019
KIRISH
Ushbu dastur “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani tarixi, rivoji va istiqboli
hamda Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, ishlab
chiqarish va hududiy xavfsizlik muammolarining inson hayoti xavfsizligiga
ta’siri va ulardan muhofazalanish chora-tadbirlari masalalarini qamrab
olgan. Zero, hozirgi davrda xavfsiz ha
yotni ta’minlash masalalari eng
dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Chunki texnosferalarda ishlab
chiqarish jarayonining buzilishi, ishchi-xizmatchilar uchun ish joylarida
sanitariya va gigiena qoidalariga rioya etilmasligi, muhit rivojla nishidagi
noxush
vaziyatlarning murakkablashuvi, davlatlar o‘rtasida insoniyat
hayotiga xavfxatar soluvchi holatlarning ro‘y berishi, insoniyat tomonidan
qo‘llanilayotgan turli zaharli va zararli moddalar hamda vositalar ko‘plab
xavf-xatarlarni
yuzaga
keltirib,
insonlarning
hayotiy
faoliyatiga,
salomatligiga,
atrof-muhit
tozaligiga
va
iqtisodiyotning
barqaror
rivojlanishiga tahdid solmoqda. Shu sababli ham mamlakatimizning eng
dolzarb va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalari qatoridan aholi hayotining
xavfsizligini
ta’minlash masalalari muhim o‘rin egalla gan. Aynan shu
muammolarning echimini “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani o‘rganadi.
Dasturni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
1996 yil 4 martda
gi “O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar
vazirligini tashkil etish to‘g‘ risida”gi farmoni, O‘zbekiston Respublikasi
qonunlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, shuningdek,
O‘zbekiston
Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi ning 2008 yil 3 sentyabrdagi
140-
son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Aholini Favqulodda vaziyatlarda
harakatlanishga tayyorlashga oid yo‘riqnoma”si, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008 yil 28 oktyabrdagi “Aholini
Favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga tayyorlashga
oid yo‘riqnomani
o‘quv jarayoniga tatbiq etish to‘g‘risida”gi 318- son buyrug‘i asos qilib olindi.
Fanning maqsad va vazifalari
Fan o‘qitilishining maqsadi – bo‘lajak mutaxassislarga hayotiy
faoliyatlarida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini,
xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo‘qotish qoidalarini, xavfsiz ish
sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen, ekologik va boshqa tusdagi
favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish, ularni nazariy va amaliy
jihatdan himoyalanishga hamda jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam
ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatishdan iborat.
O‘quv fanini o‘rganishning asosiy vazifalari: hayotiy faoliyatda yuzaga
keladigan xavflarni identifikatsiyalash va ularni o‘rganish, ishlab chiqarish
jarayon larida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, texnosferada kasb
kasalliklarini kamaytiradigan va baxtsiz hodisalarni oldini
oladigan chora-
tadbirlarni o‘rganish. Shuningdek, aholini tabiiy ofatlardan, avariya va
halokatlardan
muhofazalanish
qoidalariga
o‘rgatish,
shikastlanish
o‘choqlaridagi zararlangan fuqarolarni qutqa rish va tiklov ishlarini o‘tkazish,
yong‘inga qarshi xavfsizlik choralarini ko‘rish, jarohat olganlarga birlamchi
tibbiy
yordam
ko‘rsatish
va
boshqa
muhim
vazifalarni
bajara oladigan bil
im, ko‘nikma va kasbiy malakaga ega insonni
tarbiyalashga qaratilgan.
Fan bo‘yicha talabalarning tasavvur, bilim, ko‘nikma va
malakalariga qo‘yiladigan talablar
“Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga
oshiriladi gan masalalar doirasida bakalavr:
-
bilimlarning bir butun tizimi bilan o‘zaro bog‘liqlikda ushbu fanning asosiy
muammolari to‘g‘risida;
-
bo‘lajak kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyati to‘g‘risida;
- xavf-xatarlarni identifikatsiyalash;
-
xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari, uslublari va vositalarini tahlil qilish;
- mehnat qilish va dam olishning ratsional sharoitlarini inson fiziologiyasiga
ta’siri;
-ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasi
-
inson organizmiga xavfli va zararli omillarning ta’sir darajalari to‘g‘risida
tasavvurga ega bo‘lishi.
- hayot-faoliyat xavfsizligini ta
’minlash sohasida qabul qilingan qonun
hujjatlari va boshqa me
’yoriy-huquqiy hujjatlarning asosiy talablarini;
- faoliyat xavfsizligi sharoitlarini yaratishda rahbar shaxslarning vazifalari va
javobgarliklarini;
- ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklarini tahlil qilish
uslublarini;
- xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining yuzaga kelishining oldini olish
usullarini;
-ishlab chiqarishda mikroiqlimning gigienik me
’yorlarini tashkil etishni
bilishi kerak.
- ishlab chiqarish tarmoqlarida xavfsiz ish sharoitini tashkil etishni;
-elektr qurilmalari, uskunalar, mashina va mexanizmlarni ishlatganda,
texnik xizmat ko
‘rsatganda va ta’mirlashda ko‘riladigan asosiy texnika
xavfsizligi talablari;
- zararsiz ish sharoitini ta
’minlovchi umumiy va shaxsiy himoya qilish
vositalari;
-
yong‘in chiqish sabablari, ularning oldini olish va o‘chirishning tashkiliy va
texnik vositalari;
- favqulodda vaziyatlar turlari, ularning kelib chiqish sabablari, oqibatlarini
tahlil qilish uslublari;
- favqulodda vaziyatlarda insonlar va moddiy boyliklarni saqlash va
qutqarish tamoyillari, uslublari va vositalari to‘g‘risida
Dostları ilə paylaş: |