O`zbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə5/9
tarix24.01.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#80401
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bolalarni savodga õrgatishga tayyorlash ishining maqsad hamda vazifalari. MTMda Bolalarni õqish va yozishga õrgatish metodikasi.

Bir bo‘lagin ko‘rsatib,
D”ga o‘xshar, dedilar. “D” harfli bo‘g‘in tuzish va uni o‘qish. Tarbiyachi harf terish kartoni, xattaxta tagligiga yoki xattaxtaga di,du,do‘,ad, id,od, o‘d bo‘g‘inlarini tuzib, yozib qo‘ygan bo‘ladi. Uni bolalarga o‘zi o‘qib namuna ko‘rsatadi. Bolalar bilan xo‘r bo‘lib o‘qiydi. So‘ng yakka-yakka o‘qitadi. Bunda “D” tovushiini ichda saqlab, keyin unlini qo‘shib birga o‘qish lozimligi amaliy ko‘rsatiladi.
SHu bo‘g‘inlar qayta bolalarning o‘zlariga tuzdiriladi va o‘qitiladi. Bunda tarbiyachi “Da” deydi va yo‘llanma beradi: avval qaysi tovushni eshityapsan (“D” tovushini), o‘shani ,,Harf jildi "dan olib qo‘y. “Daa”, endi oxirida qaysi tovushni eshityapsan? (“a” tovushini) “D” harfining qaeriga “a” harfini qo‘yasan? (orqasiga) Tuzgan bo‘g‘iniingni o‘qi: “Da”. (Qolgan bolalar o‘z joylarida kesma harflardan foydalanib bo‘g‘in tuzadilar ) SHu tartibda di,du,do‘,ad, id,od, o‘d bo‘g‘inlari tuzdiriladi va o‘qitiladi.
Kesma harflar bilan ishlash. Bolalarga kesma harflardan bo‘g‘in tuzdiriladi va o‘qitiladi. Tuzilgan bo‘g‘inlardan yoki bo‘g‘inli kartochkalardan bir nechta so‘z tuzdirilib, o‘qitiladi, ulardan birining bo‘g‘in-tovush tahlili o‘tkaziladi: don, do‘l, do-ri, da-la, O-dil, du-tor.
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
- Bugun qaysi tovush bilan tanishdik?
- “D” qanday tovush ekan?
-Bu tovushni nima qilamiz?
- Biz tovushlarni nima uchun o‘rganamiz?"
- “D” tovushi qaysi harf bilan yoziladi?
- “D” harfining shakli qanaqa ekan?
- “D” harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli)
- Bosh D harfi qaysi so‘zlarda yozilar ekan? Bo‘g‘inli kartochkalar bilan qanday so‘zlarni tuzdik?
Analitik-sintetik tovush metodi psixolingvistik nuqtai nazaridan: Birinchidan, savod o’rgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga asoslanadi; Ikkinchidan, savod o’rgatishga tovush asos qilib olinadi, unda tovushni ajratishga, analiz va sintez qilishga, tovushlar artikulyasiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi; uchinchidan, o’qish birligi sifatida bo’g’in olinadi, bo’g’in ustida ishlashga katta ahamiyat beriladi.
Metodning shakllanishi va tashkil topish jarayonida bo’lgan tamoyillari:
Ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan: savod o’rgatish jarayonida o’quvchilarga differensial va individual yondashish;
O’qitishning istiqbolli nuqtai nazaridan: grammatika, so’z yasalishi, imlo,leksikologiyaga oid bilimlarni nazariyasiz amaliy asosda muntazam berib borish;
Psixolingvistik nuqtai nazardan: tovush va harfni o’qitishning qulay usulini izlash, tovush va harflarning mosligini, osonligini, ikkinchidan, ta’limning tarbiyaviy va o’stiruvchi xarakteri hisobga olinadi.
Ta’lim jarayonida o’quvchilarga tarbiya ham berib boriladi. Tarbiyalash didaktikaning muhim prinsiplaridandir.
Maktabda axloqiy tarbiya beriladi, ilmiy dunyoqarash elementlari shakllantiriladi. Bolalar darsda ommaviy siyosiy tushunchalarni egallaydilar. “Alifbe” sahifalarida do’stlik, baynalmilal munosabat, bolalar mehnati, tabiat, kattalar mehnati, bolalar o’yinlari, oila, maktab hayoti kabi rasmlar berilgan. Turli mavzularda matn berilgan. Bular bolalarda o’zaro do’stlik, mehnatsevarlik, mehnatni qarlash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, tabiatni sevish va asrash, hayvonot dunyosiga qiziqish, ularni muhofaza qilish, maktab va o’qishni sevish – umuman, estetik tarbiyani shakllantiradi. Bular bolalarni xalqning qaynoq hayotiga, uning baxtiga, orzulariga, muvaffaqiyatlariga ruhlantiradi. Demak, bolalarga axloqiy, g’oyaviy-siyosiy, mehnat va estetik tarbiya berish ham savod o’rgatish vazifasiga kiradi.
Savod o’rgatishni to’g’ri tashkil etish uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligi maxsus o’rganish talab etiladi. Maxsus o’rganish avgustda, hatto undan oldin – bahordan boshlanadi. 1-sinfga keladigan o’quvchining oilasiga yoki bolalar bog’chasiga boriladi, suhbat o’tkaziladi, bolalarning umumiy bilim saviyasi aniqlanadi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin