O`zbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə8/9
tarix24.01.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#80401
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bolalarni savodga õrgatishga tayyorlash ishining maqsad hamda vazifalari. MTMda Bolalarni õqish va yozishga õrgatish metodikasi.

O‘qituvchi: – Qani, «beshik» so‘zini bo‘g‘inlarga ajrataylik-chi.
O‘quvchilar: – Be-shik.
O‘qituvchi: – «Beshik» so‘zida nechta bo‘g‘in bor ekan?
O‘quvchilar: – Ikkita.
O‘qituvchi: – Juda to‘g‘ri.
Yangi o‘rganilgan har bir harf-tovush uchun berilgan rasm asosidagi so‘zlarni shu xilda bo‘g‘inlarga bo‘lib talaffuz etish, barcha harf-tovushlari o‘rganilgan so‘zlar uchun berilgan andozalarni mustaqil to‘ldirish o‘quvchida orfografi k savodxonlikni o‘stirishga yordam beradi.
Hozirgi vaqtda izlanuvchan va tajribali o‘qituvchilar bilish faoliyatini jadallashtirishda ta’lim jarayonini didaktik o‘yinlar bilan uyg‘unlashtirib samarali natijalarga erishmoqdalar. Ma’lumki, o‘qituvchi didaktik o‘yin darslarni o‘tkazish uchun juda ko‘p adabiyotlar bilan tanishishi, o‘quvchilarning bilim darajasi, yoshi, psixologik xususiyatlari, iqtidorini hisobga olishi zarur. Kitobxon.Com 10 Didaktik o‘yinli darslar yangi mavzuni bayon qilish, mustahkamlash, bolalar bilimini sinab ko‘rish va baholash jarayonida qo‘llanilishi mumkin.
O‘qituvchi o‘quvchilarni yakkama-yakka, keyinchalik guruhli o‘yinlarga tayyorlashi, ular muvaffaqiyatli chiqqanidan so‘ng ommaviy o‘yin darslarini o‘tkazishi kerak. Chunki o‘quvchilar didak tik o‘yin darslarda ishtirok etish uchun kerakli bilim, ko‘nikma va malakalarni egallagan bo‘lishlari zarur. Savodga o‘rgatish davrida qo‘llaniladigan ba’zi didaktik o‘yin mashg‘ulotlaridan namunalar keltiramiz: I. Mazkur didaktik o‘yinni alifbegacha davr va alifbe davrida qo‘llash mumkin.
O‘quvchilarga bir so‘z o‘qib eshittiriladi. Masalan: «Ism» so‘zi. Agar o‘quvchilar mazkur so‘zni yoza olsalar, alifbe davrida bu so‘zni sinf xattaxtasiga yozib qo‘yish mumkin. So‘ngra so‘zdagi har bir harfga alohida so‘zlar toptiriladi. «Ism» so‘zidagi I, S, M harfl ari uchun o‘quvchilar: I – ilon, S – sigir, M – maymun so‘zlarini topadilar. O‘qituvchi mazkur so‘zlar ishtirokida gap tuzdiradi.
O‘quvchilar «Hayvonot bog‘ida ilon, maymun bo‘ladi, sigir esa bo‘lmaydi», «Men ilon, maymun, sigir rasmini chizdim» kabi gaplarni tuzishlari mumkin. Ilon, sigir, maymun so‘zlarini bo‘g‘inlarga bo‘lib o‘rgatish, so‘zlar tarkibidagi unlilar haqidagi ma’lumotni mustahkamlash asosida o‘quvchilarning bo‘g‘in va tovush munosabatiga oid tushunchalari rivojlantiriladi. Sinf xattaxtasiga yozib yoki oldindan tayyorlangan plakat holatida kesma harfl ar o‘quvchilarga quyidagi tartibda taqdim etiladi: Maktabgacha ta’lim maskanlarida tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, pedagoglarning kasb malakasi va mahoratini oshirish, tarbiyaviy jarayonga zamonaviy pedagogik va kompyuter texnologiyalarni olib kirish muhim dolzarb masalalardandir. Pedagoglarning kasb malakasi va mahoartini oshirishda o’qishni, yozishni matematik-mantiqiy amallar bajarishni o’rganishning didaktik ta’minotlarini yaratish usullarini bilib olish lozim. Bunday didaktik vositalardan xaftasiga ikki – uch (0,5 soatdan) foydalanish tavsiya etiladi va rasm, tarix, tabiatshunoslik, o’qish va matematika fanlarini o’rganishda o’z aksini topadi. Bunday darslarda bolalar kompyuterda ishlashning eng oddiy ko’nikmalarini egallaydilar.
Chiniqtirish maqsadida turli o’yinlar (masalan, shakllarni tanlash, ranglash, shakllarni tartiblari va boshqalar). O’qishni o’rganish maqsadida turli xil didaktik vositalar (masalan, rasmdagi hayvon, jism, narsalarni nomini topish kabi), turli grafik muharrirlar yordamida «Yer sharini bolalarga beramiz!», bolalar qiziqishi va ijodiy yondashishi bilan «Mening shahrim va mening koinatim», «tinchlik va urush», «Yil fasillari va bayramlar» mavzulariga oid rasmlarni yaratish mumkin. Bunday didaktik vositalardan xaftasiga ikki – uch (0,5 soatdan) foydalanish tavsiya etiladi va rasm, tarix, tabiatshunoslik, o’qish va matematika fanlarini o’rganishda o’z aksini topadi. Bunday darslarda bolalar kompyuterda ishlashning eng oddiy ko’nikmalarini egallaydilar.
Aqilni chiniqtirish, o’qishni o’rganish, mantiqiy amallarni bajarish kabi bilimlar o’z mazmuniga quyidagilarni olishi lozim deb o’ylamiz: aqilni chiniqtirish maqsadida turli o’yinlar (masalan, shakllarni tanlash, ranglash, shakllarni tartiblari va boshqalar).
Umumiy xulosalar va metodik tavsiyalar
Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda boshqarish eng avvalo kishilarning iqtisodiy va moddiy, ijtimoiy faoliyatini ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etishga qaratilmog‘i zarurdir. Buning boisi shuki, jamiyatimizning rivojlanishi ko‘p jihatdan kishilarning yuksak aqliy imkoniyatlariga, yuksak ongi, ma‘naviy dunyosi, umummadaniyatiga bog‘liqdir.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, boshqaruv faoliyati yoki ixtiyoriy faoliyat inson-inson munosabati, shuningdek, insonning tashqi muhit bilan munosabatlari, tarbiyaviy munosabatlar tarzida, ya’ni shaxsning ehtiyojlari talablaridan kelib chiqib ko’zlangan maqsadni amalga oshirishdagi o’zaro aloqalar asnosida tahlil qilinadi va o’rganiladi. Boshqarish jamiyat va uning yashash muhiti bilan xilma-xil aloqadorligini, yaxlitligini ta‘minlaydi. Ijtimoiy-siyosiy hayotni boshqarish oldiga qo’yilgan maqsad ijtimoiy tafovutlarni bartaraf etish, jamiyatning ijtimoiy bir xilligiga erishish, davlat boshqaruvini takomillashtirib ijtimoiy o’z-o’zini idora qilishga aylantirishdir.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti murakkab tarmoq bo’lib, mudiraning undagi roli, faoliyati ko’p qirralidir. Mudira maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishda ma‘lum tizimni o‘z yaxlitligini saqlab qolmasdan balki faoliyatini takomillashtirishi zarur.
Mudira o’z ishida davlatimiz va Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladiva o’z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik, tamoyillilik, o’ziga va qo’l ostidagilarga talabchanlik – mudiraga qo’yiladigan asosiy talablardir. Mudirada ma’naviy-axloqiy, ma’naviy ruhiyva tadbirkorlik xislatlari bo’lishi kerak.
Mudira- ma’naviy, siyosiy, huquqiy, axloqiyyetuklik-saviy, ong ma’rifatchilik, madaniyatlilik, xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, halollik, vijdonlilik, tanqidga chidamli bo’lish, mehnatsevarlik istiqbolni oldindan ko’ra olish kabi xususiyatlar mavjud bo’lishi kerak. Bolаgа bir turdаgi tuzilmаlаrdаn foydаlаnmаgаn holdа sо‘zlаrning tо‘g‘ri tаrtibini qо‘llаshni о‘rgаnishdа yordаm berаdigаn mаshqlаrgа аlohidа e’tiborni qаrаtish zаrur.
Muhimi, bolаdа gаp tаrkibi hаqidа vа hаr xil turdаgi gаplаrdа leksikаdаn tо‘g‘ri foydаlаnish hаqidа oddiy tаsаvvurlаr shаkllаnsin. Buning uchun bolаlаrgа gаpdа sо‘zlаrni biriktirishning turli usullаrini, sо‘zlаr о‘rtаsidаgi аyrim mаzmunli vа grаmmаtik bog‘liqliklаrdаn foydаlаnishni hаmdа gаpni intonаsion jihаtdаn rаsmiylаshtirishni о‘rgаtish zаrur.
Bolalar aniq va tushunarli so’zlaydigan, iboralar, so’zlar va har bir tovushni alohida-alohida aniq talaffuz etayotgan, ya'ni yaxshi diksiyaga ega bo’lgan pedagog yordamida ona tilidagi tovushlarni muvaffaqiyatli ravishda o’zlashtiradilar. Ko’pincha pedagoglarning talaffuzi biroz noaniq va tushunarsiz bo’ladi, ular tovushlar va so’zlarni og’izni yetarli darajada ochmasdan talaffuz qiladilar, ayrim tovushlar yutib yuboriladi, undoshlar tushunarsiz talaffuz etiladi.
Pedagog talaffuzning adabiy me'yorlariga rioya qilishi, o’z nutqida turli shevalar, mahalliy so’zlashuvlar ta'sirini bartaraf etishi, so’zlarda urg’uni to’g’ri qo’yishi lozim.


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin