Olimlarning hisob-kitoblariga ko'ra, obi hayotning asosiy qismi qishloq xo'jaligi uchun sarflanar ekan. Masalan, yuz kilogramm bug'doy etishtirish uchun o'rta hisobda 211 ming litr, uzum etishtirish uchun 100, paxtaga 412 ming litr suv kerak bo'ladi. Dunyodagi bir milliarddan ortiqroq odam suv taqchil bo'lgan hududlarda istiqomat qilmoqda. Yurtimizda 4,3 million gektar sug'oriladigan maydon mavjud. Ularni o'z vaqtida suv bilan ta'minlash va erlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida suv omborlari, magistral hamda xo'jaliklararo sug'orish tarmoqlaridan foydalanilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2007 yil 29 oktabrda qabul qilingan «Erlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni bu boradagi ishlar ko'lamini yanada kengaytirishda muhim dasturilamal bo'layotir. Mamlakatimizda qatrasi gavharga teng obi hayot resurslaridan tejamli, maqsadli va samarali foydalanish choralari ko'rilmoqda. Ariq va zovurlar tozalanib, suv inshootlari va nasos agregatlari ta'mirlanmoqda. Fermer xo'jaliklarining suv olish “quloq”lari zamonaviy uskunalar bilan jihozlanib, ekinlarni sug'orish jarayonini takomillashtirish maqsadida sohaga yangi texnologiyalar tatbiq etilayotir. – Yurtimiz iqlim sharoitiga ko'ra ekinlar egatlab, tomchilatib va yomg'irlatish usullarida sug'oriladi, – deydi O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi vazirligining suv resurslari balansi va suvni tejaydigan texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi