17
1.3. Azot va uning kimyoviy xossalari
Azot(Nitgenium). 1772 yil Rezerford tomonidan ochilgan, uni 1774 yil
A. Lavuaze ―Azot‖ deb atagan.Ko‘p tarqalgan kimyoviy element.
Azot molekulasining tuzilishi.Azot molekulasi uning ikkita atomining
qutbsiz kovalent bog‗lanishidan hosil bo‗ladi.
Molekular formulasi: N
2
Tuzilishformulasi:
.
Elektron formulasi: :N N:
Azot atomining tuzilishi.
Tabiatda uchrashi: Azot tabiatda erkin holda ham, birikmalar tarzida ham
uchraydi.Erkin holda havoning asosiy qismini tashkil etadi. Havoda hajm jihatdan
78%, og‗irlik jihatdan 75,5% azot bo‗ladi.
Azotning tabiatda aylanishi
Birikmalar holida esa NaNO
3
ko‗rinishda Chilida uchraydi. Shuning uchun ham
NaNO
3
ni Chili selitrasi deyiladi. Azot tuproqda ham turli nitratlar holida
uchraydi. Tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi, hayot uchun eng muhim bo‗lgan
moddalar, ya‘ni oqsillar ham azotning tabiiy birikmalaridir.
18
Olinishi.Laboratoriya sharoitida toza azot qizdirilgan mis (II)-oksidi ustidan
ammiak gazini o‗tkazib olinadi:
3CuO + 2NH
3
= 3Cu + 3H
2
O + N
2
Sanoatda azot olish uchun asosiy xomashyo havo hisoblanadi.
Havo suyuq holatga o‗tkaziladi.Buning uchun havo qattiq sovitiladi.Suyuq havo
sekin - asta bug‗latiladi. Bunda birinchi bo‗lib havo tarkibidagi azot uchib chiqadi.
Buning sababi azotning qaynash harorati — 196° C, kislorodniki esa — 183° C.
Suyuq havo tarkibidan azot chiqib bo‗lgandan so‗ng, kislorod qoladi. Demak, bu
texnologik jarayonda azot hamda kislorod olinadi.
Dostları ilə paylaş: