O`zbеkistоn rеspublikasi оliy vao`rta maхsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti “turizm” yo’nalishi


Turmashrutga kiruvchi obidalar haqida



Yüklə 73,61 Kb.
səhifə6/7
tarix02.01.2023
ölçüsü73,61 Kb.
#78261
1   2   3   4   5   6   7
ziyoratturizm2

2.3. Turmashrutga kiruvchi obidalar haqida.
Dunyoning qadimiy shaharlaridan biri, xalqaro sayyohlik markazlardan biri sanalgan Xiva bejiz ochiq osmon ostidagi muzey sifatida e’tirof etilmagan. Shahar hududida miloddan avvalgi VI – V asrlardan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrlarga taalluqli 122 dan ortiq arxeologik yodgorliklar va me’moriy obidalar saqlanib qolgan va ular davlat muhofazasiga olingan. Ayniqsa, Xiva shahrining Ichan-Qal’a qismi Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan birdan bir butun boshli shahar-yodgorlik bo‘lib, uning o‘tmishidagi taqdiri, me’moriy obidalari dunyoning eng qadimgi madaniy voha - Xorazmning tarixiy, madaniy taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘likdir. Betakror Xiva shahri sharq xalqlarini qadimiy madaniyati beshigi bo‘lgan Xorazmning ko‘p asrlik me’moriy qurilish an’analarini meros qilib olgan xorazm me’morlari san’ati va mehnatining ijodiy yakunidir. Xiva shahri 1990-yil 12-dekabrda YuNESKOning Kanadada bo‘lib o‘tgan 14-sessiyasining maxsus qarori bilan Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib “Butun jahon merosi” sifatida ro‘yxatga olingan. 1997-yilda mamlakatimizning ikki azim va buyuk shahri Buxoro va Xivaning 2500 yillik yubileylari YuNESKO rahnamoligida dunyo miqyosida keng nishonlanishi, bu shaharlarning butun dunyoda e’tirof etilganidan dalolat beradi. O‘zbekistonning eng ko‘hna muzeylaridan biri bo'lgan Xiva “Ichan-Qal’a” tarixiy me’moriy davlat muzey-qo‘riqxonasi 26 ga maydonda joylashgan bo‘lib, “Ichan-Qal’a”ning ko‘hna devorlari bilan o‘ralgan. Muzey – qo‘riqxona hududida 54 ta mangulikka daxldor tarixiy me’moriy obidalar, 360 xonadonda 2600 nafar aholi istiqomat qiladi. Xiva Ichan-Qal’a tarixiy me’moriy Davlat muzey qo‘riqxona ekspozitsiyalari Ichan-Qal’a hududidagi tarixiy me’moriy obidalarda joylashgan. 1920-yil 27-aprelda Xiva Davlat muzey sifatida tashkil topgan. Bu dargoh 1924-yildan 1967-yilgacha Xorazm inqilobi tarixi muzeyi, 1967-yildan Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib Xiva haqiqiy tarixiy me’moriy muzey–qo‘riqxona sifatida faoliyat ko‘rsata boshlagan. Muzey–qo‘riqxonaning 69 ta zalida joylashgan 14 ta mustaqil ekspozitsiya Xorazm va Xiva tarixining ma’lum bir davrlarini aks ettirib, uning jahon madaniyatiga qo‘shgan hissasini ochib beradi. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tomonidan 1984-1993 yillarda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar davrida shaharning yoshi aniqlangan. Xiva shahrida o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar natijasi shuni ko‘rsatadiki, “Ichan qal’a” hududi eramizdan avvalgi V asrda paydo bo‘lgan. Shaharning eng pastki qatlamida topilgan ashyolar (sopol buyumlar va qalin paxsa devorlar) shundan dalolat beradi. Shahar devorlari ostidan topilgan madaniy qatlam, sopol buyumlar va katta hajmdagi xom g‘ishtlar shaharni 2500 yoshda ekanini tasdiqlaydi. Ichan qal’a Xivaning ichki qal’a qismidir. U Dishan qal’adan kungurador devor bilan qisman ajratilgan. Dishan qal’adan baland qo‘rg‘ontepaga o‘xshab ko‘rinadi. Ichan qal’aga Bog‘cha, Polvon, Tosh va Ota deb nomlangan darvozalaridan kirilgan. Ichan qal’aning yaratilish tarixi uch davrga bo‘linadi: mo‘g‘ullar istilosidan keyingi tiklanish (Sayd Alovuddin maqbarasi va boshqalar), XVI-XVII asrlardagi tiklanish (Anushaxon hammomi, 1657-yil; peshayvonli Oq masjid, 1675-yil) ; Xo‘jamberdibek madrasasi, 1688-yil; xonning qabulxonasi, 1686-1688-yillar), XVIII-XX asrlardagi tiklanish. Uchinchi davrda mahalliy me’morchilik an’analari asosida masjid, madrasa, tim va toqlar qurilgan, Ota va Polvon darvozalari orasida katta yo‘l o‘tkazilgan, masjid qayta qurilgan, minoralar qad rostlagan. Qutlug‘ Murod Inoq madrasasiga qaratib tim va toqlar qurilgan. Muhammad Rahimxon (1806-1825-yillar), Ollohqulixon (1825-1842-yillar), Muhammad Aminxon (1845-1855-yillar) hukmronligi yillarida bu yerda qurilish avj olib ketgan. Muhtasham saroy, madrasa, maqbaralar barpo etilgan. Toshhovli saroyi qurilgan. Pahlavon Mahmud maqbarasi qad ko‘targan. Kalta Minor yuzaga kelgan va hokazo. Ichan qal’a qurilishida Markaziy Osiyoda qadimdan qo‘llanib kelingan uslub – inshootlarni yuzma-yuz qurish uslubi (qo‘sh)dan foydalanilgan. Binolarning alohida ansambil holida qurilishi ham Xiva me’morchiligining o‘ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi. Masalan, Juma masjid yonida ikkita kichik madrasa, Muhammad Amin Inoq va Muhammad Amin Atpanoboy minorasi hamda Matniyoz Devonbegi madrasasi qurilishi ancha yirik ansamblni tashkil etgan. Polvon darvoza oldida bir necha masjid va madrasalar, hammom, toqi, karvonsaroy va xon saroyini barpo etilishi o‘ziga xos ansamblni tashkil etgan. Qutlug‘ Murod Inoq bilan Ollohqulixon madrasasi, Tosh hovli bilan Oq masjid o‘rtasidagi maydoncha shu ansamblning kompozitsion markaziga aylangan. Xiva yodgorliklari yog‘och o‘ymakorligi, sangtaroshlik, ganchkorlik, sirkor sopol va boshqa rang-barang naqqoshlik bezaklari bilan bezatilgan. Shaharning vertikal dominanti – koshinlari quyoshda yaltirab turuvchi Islom hoji minorasidir. Minora bilan uning yaqinidagi Pahlavon Mahmud maqbarasining gumbazi bilan birgalikda tevaraklaridagi pastroq inshootlarni yaxlitlikka keltirib turadi. Maqbara ro‘parasida supa tarzli Sherg‘ozixon madrasasi qurilgan. Ichki shaharning asosiy ko‘chalari Xivaning rabotida – tashqi shaharda, Dishan qal’ada davom etib, to‘rt tarafidagi boshqa shahar va qishloqlarga olib boradi. Dishan qal’ada jami o‘nta darvoza bo‘lib, ulardan shimol tomondagi Urganchga olib boradigan ochiq qiyofali Qo‘sh darvoza o‘ziga alohida e’tiborni tortadi.6
Uch Avliyo – maqbarasi XVI asr Buxoro ustalarining ishini eslatadi. Maqbara bir gumbazli bo‘lib, qadimiyligi uchun poydevori yer yuzasidan ikki metrgacha pastda qolib ketgan. Ta’mirlanish natijasida atrofi tuproqdan tozalanib, devor bilan chegaralangan. Maqbaraning asosiy kirish eshigi janub tomondan bo‘lib, eshik nihoyatda chiroyli o‘yma naqshlar bilan bezatilgan. Naqshlar o‘simliksimon gullar va geometrik shakllardan iborat bo‘lib, eshikning ikki tavaqasida bir hadis va ta’rix yozilgan: 
“Maqbaraning katta xonasida oltita qabr joylashgan. To‘rdagi uchta qadimiy qabr uch avliyoning qabri bo‘lishi kerak. O‘ngda esa yana ikkita va chapda bitta keyinroq qurilgan qabrlar bor.”
Agar eshikdagi yozuvlardan xulosa qiladigan bo‘lsak bu qabrlardan bittasi Mir Husayinga tegishli bo‘lishi kerak. Kirish eshigining ustida oq marmar toshga forsiy tilda nasta’liq yozuvida Shayx Latif masjidini nevarasi Nazar Xo‘ja ta’mir qilgani haqida yozilgan. Uch avliyo maqbarasining oldidagi ayvon – masjid Rahimqulixon o‘g‘li Iso to‘ra tomonidan qurilgan. 
Said Alovuddin maqbarasi –Ichan – Qal’a arxitektura yodgorliklari ichida qadimiylaridan biri bo‘lib, XIV asr yodgorligidir. U qal’aning g‘arbiy darvozasiga yaqin joylashgan Muhammad Niyoz devonbegi madrasasining sharqiy tomonida bo‘lib, peshtoqli, kvadrat shakldagi ikki xona – ziyoratxona (xonaqoh) va go‘rxonadan iborat. Maqbaraning ziyoratxonasi baland va katta gumbaz bilan yopilgan, qabrxona esa kichik gumbaz bilan bostirilgan. Qabrxona bilan ziyoratxonani yog‘och panjara ajratib turadi. Ichki devorlar ganch bilan suvalgan. XIV asr tarixchilaridan Imom Yofiy va Ahmad Roziy xorazmlik mashhur shayxlar ro‘yxatiga Sayyid Alovuddinni ham kiritib, uni shayx Najmiddin Kubrodan keyin yirik shayx bo‘lgan deydilar. Bu so‘zlarni Abdurahmon Jomiyning “Nafahot al-uns” (Do‘stlarning nafasi) kitobidan ham o‘qisa bo‘ladi. Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asarida jumladan quyidagilarni o‘qiymiz,-“Shayx Alovuddin Xorazmiy buzurg imom Yofiy bilan yaqin sirdosh bo‘lgan ekan. Imom Yofiyga aytgan ekanlarki, beixtiyor haj safariga borar ekan. Unga bu buyruq ekan”. Xudoyberdi Qo‘shmuhammad o‘g‘li “Dili g‘aroyib”da shunday yozadi,-“Xiva qal’asining ichinda Sayyid Alovuddin Xivaqiyning qabri bor va 300 ulug‘ mashoyix yotgandurlar. Va tashqarisinda hazrat shayx Abul Vafoyi Xorazmiy (XV asr) va uning atrofida yana ming nafar shayx osudadirlar”. Maqbara devoridagi yozuvlarga qaraganda “Barcha ilmlarning kalitdori” nomini ham olgan shayx Sayyid Alovuddinning maqbarasi uning shogirdi va muridi naqshbandiylar mazhabining taniqli namoyandasi so‘fi Amir Kulol tomonidan qurilgan ekan. Maqbarada ikkita qabr bo‘lib, bittasida Sayyid Alovuddin mangulikka bosh qo‘ygan, ikkinchisi esa bo‘sh turibdi. Aslida qabr bitta, faqat uning ustidagi sag‘anacha ikkita bo‘lgani uchun ikki qabr tasavvurini beradi. Qabr juda chiroyli yashil, ko‘k va oq rangli koshinlar bilan qoplangan. Bu koshinlardagi barcha naqsh gullari bo‘rtmaliligi bilan odatdan tashqari bir go‘zallik kashf etadi. XIII-XIV asrlarda Xorazm koshinpazlik san’ati o‘zining sifati va badiiy jihozlanishi bilan yuksaklikka chiqqan edi. Sayyid Alovuddin qabridagi chiroyli koshinlar Xivada yagona bo‘lib, uning tengdoshi va o‘xshashi Ko‘hna Urganchdagi Shayx Najmiddin Kubro maqbarasida, Samarqanddagi Amir Temurning singlisi Turkan aka maqbarasi peshtoqida va Shohi Zindadagi Qusam ibn Abbos qabrida uchraydi. Qabr ustidagi ikkita sag‘anachaning bosh va oyoq uchlarida oppoq yozuvlar ko‘rinib turibdi. Bu yozuvlarning to‘rttalasida ham bir xil mazmundagi so‘zlar bitilgan, yozuv arab tilida va suls xatida bo‘lib, shunday o‘qiladi:
“Shayxlarning shayxi, buyuk sayyidimiz Alouddin, Vafoti bilan aziz Allohning marhamatiga etishdi.Bizni tark etib ketishi baxtli sha’bon oyining, Boshlanishidan o‘n kun o‘tgach sodir bo‘lgan edi.” Maqbara xonaqohining janubiy va g‘arbiy devorlarida ham yozuvlar bo‘lib, ular oq devorga qora rang bilan yozilgan. Bu yozuvlar ham tarix bo‘lib, maqbaraning ta’mirlangan vaqtidan xabar beradi.
Ismoil Samoniy -Buxoro shahar madaniyat va istiroqat bogʻi hududida joylashgan koʻhna meʼmoriy yodgorlik, Somoniylar davlatining asoschisi Ismoil Somoniy va uning avlodlari maqbarasi (taxm. 864—868). Maqbara Oʻrta Osiyo meʼmorligi va sanʼati tarixidagi dastlabki maqbaralardan boʻlib, uning tuzilishida qadimiy sugd meʼmorligining anʼanalari saqlanib qolgan buyuk meʼmoriy asardir.Ismoil Somoniy maqbarasi loyihasidan tortib, hajmiy tuzilishigacha geometrik tartib va qoida asosida yaratilganligi aniqlangan.Maqbara 4 tomoni bir xil chordara shaklida, jimjima gʻishtin bezaklari chiviqli toʻsiq yoki qamish, buyra toʻqimasini eslatadi. Devor qalinligi -1,8 m, tarhi -tashqarisi 10,80x10,70 m, ichkarisi 7,20x7,20 m. Usti gumbaz bilan qoplangan. To’rtburchagi ustunsimon shaklda ishlangan, gumbaz atrofiga 4 qubba oʻrnatilgan. Devor tepasida kungirasimon darcha (40 ta).Har bir darcha hoshiyalangan. Ravoq tepasidagi qanos gʻishtin tangachalar marjoni bilan chegaralangan. Ikki chetiga mayda gishtdan chorsi tumor yasalgan. Bino ichkarisi tashqaridagi bezak bilan uzviy bogʻliq boʻlib, uslub jihatdan bir xil. Ichki devor gumbaz osti bagʻalidagi ustma-ust ravoqchalar ustunchalarga tayangan. Ravoqchalar 8 qirrali gumbaz asosini tashkil qiladi. Qirralar burchagiga gumbazga tirgaklik qiluvchi ustunchalar ishlangan.Arxeologik qazilma vaqti (1927)da xona sahnida 2 yogʻoch sagʻana borligi aniqlangan.
Buxoro shahridagi Chashma Ayub maqbarasi (va shu nomdagi Buloq) “Ayub bulog’i” deb tarjima qilinadi. Arab tilidan “Hiyob” “Ayub” degan ma’noni beradi. Bu joy uchta din uchun muqaddas hisoblanadi. Afsonalarga ko’ra, payg’ambar Hiyob bu erga Buxoro shahri bunyod etilishidan oldin ham kelgan. O’sha paytda mahalliy aholi chanqog’idan o’layotgan edi. Ular qurg’oqchilikdan qutulish uchun Xudoga ibodat qilishardi. Payg’ambar Hiyob ya’ni Ayub azob chekayotgan odamlarning iltimoslariga javob berib, tayog’i bilan erni urdi – zarba joyida toza va salqin suv bilan quduq paydo bo’ldi. Ushbu sehrli hodisa natijasida, asrlar davomida mahalliy aholi quduqqa yangi mo’jizalarni atashgan. Quduqdagi suv shifobaxsh xususiyatlarga ega va istaklarni ro’yobga chiqarishi mumkin deb ishoniladi.
Ayub nomi bilan bog’liq bo’lgan u yoki bu tarzda, ammo noma’lum hodisalar bu yerda shaharning shakllanishida va Buxoro yahudiylari diasporasining paydo bo’lishida muhim rol o’ynadi. Hatto islomgacha bo’lgan davrda ham Chashma Ayub maqbarasi Buxoro shahrining muqaddas markazi bo’lgan va uning yonida Naukand qabristoni tashkil etilgan. Maqbara XII asrda Qoraxoniylar sulolasi davrida qurilgan. Ikki asr o’tgach, Amir Temur avvalgilar tomonidan boshlangan ishni davom ettirishga qaror qildi va qurilishni o’zgartirish va takomillashtirish uchun eng yaxshi ustalarni yo’lladi. Arxitektura yodgorligining mahobatli ko’rinishini yaratish ustida ishlagan me’morlar Xorazm Shahrisabzdan bo’lgan va ularning individual va o’ziga xos uslubini binoning ko’pgina xususiyatlaridan ko’rish mumkin. 14-asrdan 19-asrgacha bo’lgan besh asr davomida maqbara bir necha bor tiklandi va qayta qurildi. Uning hududida bir nechta qabrlar mavjud. Xo’ja Hofiz Gyunjori qabri ularning eng qadimiysi hisoblanadi. Mashhur olim va ilohiyotshunos bu erda 1022-yilda dafn etilgan. Bugun Buxoro shahridagi Chashma Ayub maqbarasi nafaqat qadimiy qabr toshlari, balki suv muzeyi sifatida ham qiziqarlidir. Muzey eksponatlari mintaqada suv ta’minoti shakllanishi va o’rnatilishi jarayonini batafsil o’rganishga imkon beradi. Bu erda 18-19 asrlarga oid keramik suv quvurlari, teri, shisha va boshqa materiallardan tayyorlangan, faqat suv uchun mo’ljallangan turli xil idishlar, suv omborlari modellari va boshqa narsalarni topishingiz mumkin. Muzeyda siz 10 asr davomida suv ta’minoti tarixini kuzatishingiz mumkin. Bundan tashqari, Suv muzeyi Orol fojiasi tarixini aniq namoyish etmoqda: tarqalayotgan cho’l xaritalari va qayg’uli fotosuratlar bilan. Chashma-Ayub hududida o’tkazilgan noyob gilam ko’rgazmasi sayyohlarda katta qiziqish uyg’otmoqda.
Xo’ja Bahouddin Naqshband – islom olamining eng mashhur avliyolaridan biri, naqshbandiya tariqatining asoschisi. U milodiy 1318-yilning mart oyida Buxoro viloyatining Kogon tumanidagi Qasri Hinduvon qishlog‘ida tug‘ilgan. Xalq orasida Bahouddin, Bahouddinjon, Xoja Bahouddin, Bahouddin Balogardon, Balogardon, Xo‘jayi Buzruk, Shohi Naqshband nomlari bilan ham mashhur. Xoja Bahouddin Naqshbandning asl ismi Muhammaddir. Manbalarda u kishining otasi ham bobosi ham Muhammad ismida bo‘lgani qayd etiladi. Bahouddin Naqshbandning nasabi ota tarafdan Hazrat Aliga, ona tarafdan hazrat Abu Bakr Siddiqqa borib taqaladi. Xojalar avlodidan bo‘lgani uchun uning nomi oldiga xoja so‘zini ishlatish rasm bo‘lgan. Yoshligida otasi bilan birga kimxobga naqsh solish hunari bilan mashg‘ul bo‘lgani uchun Naqshband laqabi bilan mashhur bo‘lgan. O‘sha davrda matolarga naqsh ishlagan, naqsh solingan ko‘ylaklar yoki naqshli gilamlar to‘qigan kasb egalari naqshband deyilgan. Bahouddin so‘zi “Dinning nuri” degan ma’noni anglatadi. Bu Xoja Naqshbandga keyinchalik berilgan faxrli unvon. Bahouddin Naqshband umri davomida bir necha pirning tarbiyasini olgan. Birinchi piri – Xoja Muhammad Boboyi Samosiy edi. Keksa shayx bu yosh muridini tarbiyalashni o‘rinbosarlaridan bo‘lmish Amir Sayyid Kulolga topshiradi. U tariqat bobida bilganlarini o‘rgatib bo‘lganidan keyin shogirdiga ijozat beradi. Bahouddin ilm istab, yassaviya tariqati shayxlarining mashhur vakillaridan bo‘lmish Qusam shayx oldiga, Naxshab, ya’ni hozirgi Qarshiga boradi. Uch oy undan ta’lim oladi. Bahouddinning bu pirga ixlosi baland bo‘lgan, ayni chog‘da Qusam shayx ham uni o‘z o‘g‘lidek bilib, muridiga cheksiz hurmati tufayli umrining oxirigacha Buxoroda yashab, shu yerda vafot etadi. Manbalarning dalolat berishicha, u Xo’ja Abdulxoliq G‘ijduvoniy (1103–1179)dan ruhiy tarbiya olgan. Bahouddin Naqshbandning umri asosan Buxoro va uning atrofidagi qishloqlarda o‘tgan. G‘aribona hayot kechirgan, faqat o‘z mehnati bilan kun ko‘rgan. Xizmatkor yoki qul saqlamagan. O‘z ta’limotini yaratishda Yusuf Hamadoniy va Abdulxoliq G‘ijduvoniy nazariyalariga asoslangan. Ta’limoti asosida: “Dil - ba yor-u, dast - ba kor” (“Ko‘ngil Allohda bo‘lsin-u, qo‘l ish bilan band bo‘laversin”), – degan shior yotadi. Tasavvufdagi har qanday tariqat kabi, xojagon-naqshbandiya tariqati ham o‘z g‘oyalari, tartib-qoidalari, odoblari va qat’iyatlarini shakllantirishda juda qadim rishtalardan suv ichgan. Ammo tariqatning butun mohiyatini uning bosh shiori bo‘lmish: “Dil – ba yor-u, dast – ba kor” hikmati hamda yana o‘n bir qoida belgilab beradi. Bu qoidalar “rashhalar”, ya’ni “tomchilar” deb yuritilgan. Rashhalar Yusuf Hamadoniy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband taraflaridan asoslangan.Naqishbandiya oltin silsilasi: Naqshbandiya manbalarda “silsilat az-zahab”, ya’ni “oltin silsila” tarzida tilga olinadi. Bu quyidagi tarzda shakllangan: Sarvari olam Muhammad (sollallohu alyhi vasallam) (570–632). Hazrat Abu Bakr Siddiq (roziyallohu anhu) (573–634). Hazrat Salmon Forsiy (roziyallohu anhu) (578–657). Hazrat Qosim ibn Muhammad (rahmatullohi alayh) (vaf. 605 y.). Hazrat Imom Ja’fari Sodiq (rahmatullohi alayh) (702–765). Sulton al-orifin Boyazid Bistomiy (quddisa sirruhu) (vaf. 875 y.). Shayx Abul Hasan Xaraqoniy (quddisa sirruhu) (963–1033). Shayx Abu Ali Formadiy (quddisa sirruhu) (962–1055). Hazrat Xoja Yusuf Hamadoniy (quddisa sirruhu) (1049–1141). Hazrat Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy – Xojai jahon (1103–1179). Hazrat Xoja Orif Revgariy – Mohitobon (quddisa sirruhu) (vaf. 1317 y.). Hazrat Xoja Mahmud Anjirfag‘naviy (quddisa sirruhu) (vaf. 1317 y.). Hazrat Xoja Ali Rometaniy (quddisa sirruhu) (vaf. 1326 y.). Hazrat Xoja Muhammad Boboyi Samosiy (quddisa sirruhu) (vaf. 1354 y.). Hazrat Xoja Sayyid Amir Kulol (quddisa sirruhu) (vaf. 1370 y.). Hazrat Xo’ja Bahouddin Naqshband Buxoriy (quddisa sirruhu) (1318–1389) Yusuf Hamadoniy tayin etgan shiorlar: “Hush dar dam. Nazar bar qadam. Safar dar vatan. Xilvat dar anjuman”. Abdulxoliq G‘ijduvoniy tayin etgan shiorlar: “Yotkard. Bozgasht. Nigohdosht. Yoddosht”. Bahouddin Naqshband tayin etgan shiorlar: “Vuqufi zamoniy. Vuqufi adadiy. “Vuqufi qalbiy. Qabr ziyoratiga borgan odam avvalo niyatini to‘g‘rilashi hamda bu amali bilan Allohning roziligini ko‘zlashi lozim. Zero, har bir amal niyatga bog‘liqdir. Qabristonga imkon qadar tahoratli holda sukunat bilan kirgan afzal. Qabr ahliga sig‘inish, ulardan ehtiyojlarini so‘rash joiz bo‘lmay, bu shirk amal hisoblanadi. Aksincha, buning o‘rniga ularning haqqiga duo qilish lozim. Qabr ahliga nazr qilish, jonliq so‘yish, sham yoqish, latta bog‘lash kabi ishlar og‘ir gunoh bo‘lib, kishining imoniga putur yetkazadi. Qabristonga kirishda quyidagi duoni o‘qish va undagi ma’nolarni to‘la his etish afzal: “Assalomu alaykum, mo‘min musulmonlar diyori ahli! Biz ham, inshaalloh, sizlarga qo‘shilamiz. Sizlar bizninng o‘tmishdoshimizsiz, biz esa sizlarning o‘rinbosaringizmiz. Allohdan bizga ham, sizga ham ofiyat so‘raymiz”. Ziyoratchi o‘zi ziyort qilmoqchi bo‘lgan qabrga oyoq tarafidan kelib, qabrning o‘ng tarafiga turadi va unga yuzlanib, qiblaga orqa qilgan holda qabr egasiga salom beradi. Ziyoratchi qabr ahli haqqiga Qur’on tilovat qiladi. Qabr oldida Qur’on o‘qiganda tilovatni ovoz chiqarib o‘qigan afzal, chunki qabr ahli undan bahra oladi. Ziyorat vaqtida qabr toshlarini o‘pish, ularni silab yuz-ko‘zga surtish, qabr atrofini aylanib tavof qilish, u yerda sham yoqish, ziyoratgoh hududidagi daraxt yoki yog‘ochlarga latta parchalarini bog‘lash joiz emas. Qabr ustiga pul sochish mumkin emas, balki har qancha xayriya, sadaqa va ehsoni bo‘lsa maxsus ehson qutilariga tashlash talab etiladi. Ziyoratgoh hududi ozodalagini saqlash kerak. Yosh bolalarning boshqa ziyoratchilarga xalal berishlarining oldini olish lozim. Ziyoratdan so‘ng yana oxista chiqib ketiladi.
Chor Bakr majmuasi - Buxoro shahridan 6 km g‘arbda joylashgan bo‘lib, bu hududning qadimiy nomi Sumitandir. “G‘iyosul-lug‘at” kitobida yozilishicha Sumitan so‘zining ma’nosi “jundan mato to‘quvchilar yashadigan joy” degan ma’noni anglatadi. X asrda Sumitan qishlog‘iga Buxorodan Xodsharun nomli darvoza orqali o‘tib borilgan. Xodsharun darvozasi XV-XVI asrlarda Talipoch ya’ni “Xon tepaligi” deb nomlangan. To‘rtta buyuk avliyo- Hazrat Abu Bakr Sa’d Yamaniy (vaf. 970), Hazrat Abu Bakr Homid (vaf 937), Hazrat Abu Bakr Muhammad ibn Fazl (vaf.991),Hazrat Abu Bakr Tarxon (vaf.945) sharofatlaridan bu mavze Chor Bakr, ya’ni to‘rtta Bakr deb atalgan. Tarixiy rivoyatlarga qaraganda, Chor Bakrlarning shajaralari Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga borib taqaladi. Tarixchi Muhammad Narshaxiy o‘zining “Buxoro tarixi” nomli kitobida keltirgan ma’lumotga ko‘ra, 889-yilda Ali ibn al-Husayn Xurosondan o‘tib, Amudaryo bo‘ylab Buxoroga keladi. Amir Ismoil Somoniy u kishini juda yaxshi kutib oladi. Ali ibn al-Husayn bilan birga o‘sha mashhur Chor Bakrlar – Abu Bakr Sa’d Yamaniy, Abu Bakr Homid, Abu Bakr Fazl ibn Ja’far, Abu Bakr Tarxonlar ham bu quyoshli yurtga tashrif buyurib, bir umr shu yerda qolib ketadilar. Ja’far va Ali avlodidan bo‘lmish Chor Bakrlar Buxoro shohi atrofida jipslashib, ilmu irfonning targ‘ibotiga katta hissa qo‘shadilar. Tarixiy manbalarda aytilishicha, Buxoro Amiri Ismoil Somoniy Chor Bakr avliyolariga behisob yerlarni vaqf qilib bergan. Ular esa vaqf yerlaridan keladigan daromadlarni el-ulusga tarqatgan, yurtni obodonlashtirish uchun sarflagan. Boshpanasizlarga boshpana qurib bergan, tolibi ilmlarga ilm o‘rgatgan, adashgan kimsalarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatgan, bemorlarga, yetim-esirlarga xolis xizmat qilgan, bir so‘z bilan aytganda Olloh rizosini topish maqsadida, xalqqa beminnat xizmat qilganlar. Ming yillar davomida Chor Bakr avlodlari Buxoroda katta nufuzga ega bo‘lib, bu yerlarning ilmu ma’rifati, ma’naviy hayotida ishtirok etganlar. Buxoro hukmdorlari ular bilan doim hisoblashgan. Qiyinchilik paytlarida maslahat olganlar. Yurtning tinchligi va osoyishtaligi uchun kurashda ularning yordamlariga suyanganlar. Sumitandagi Chor Bakr majmuasi bir-biriga tutashib ketgan oilaviy xazira va dahmalardan iborat bo‘lib, ularning old tomoni peshtoqlar va hujralar husn berib turuvchi yaxlit devor bilan o‘ralgan. Chor Bakr nomi bilan mashhur bu majmua O‘rta Osiyo me’morchiligining eng ajoyib namunalaridan hisoblanib, unda XVI-XVII asr me’morchiligining Buxoro maktabi usullari yaqqol o‘z ifodasini topgan. Xazira va dahmalar ancha puxta ishlangan bo‘lib, koshinkor devorlar bilan qurshalgan devorlarning har joy-har joyida ichkariga olib kiruvchi mehrobnusxa eshik mavjud, miyonsaroy (dahliz)ning har ikki tomonida hujralar joylashgan.
Imom Al – Buxoriy yodgorlik majmuasi – Musulmon dunyosining mashhur xadischilaridan biri Imom Al-Buxoriy 810 yilning 21 iyulida Buxoroda tavallud topgan, Samarqanddan 25 km da joylashgan Xartang qishlog`ida (hozirgi Samarqandning Chelak tumanida) olamdan o`tgan, va 870 yilda u yerda ko`milgan. Lekin bu joy asrlar mobaynida tashlandiq bo`lgan. Majmua O`zbekiston mustaqillikka erishganidan so`ng qayta tiklangan. 1997 yilning 29 aprelida O`zbekiston Respublikasi xukumatining “Xidjra– oy solnomasi bo`yicha Imom Al-Buxoriy tug`ilgan kunining 1225 yilligini nishonlash to`g`risida” gi qarori qabul qilindi. Ushbu yilning noyabrida YUNESKOning Bosh konferentsiyasi 1998 yil olim Ismoil al-Buxoriyning tug`ilgan kunini 1225 yilligini – xotira kunini nishonlashda qatnashish to`g`risida qaror qabul qiladi. Shu maqsadda O`rta Osiyo qadimgi me`morchiligi an`analarida amalga oshirilgan, Imom al-Buxoriy maqbarasi yonida xotira majmuasi qurildi. Yodgorlikka umumiy ajratilgan maydon 10 gektardan iborat. Majmua Samarqand – Imom al-Buxoriy (25 km) avtotrassaga tutashadi. Majmuani ko`tarish va obodonlashtirish ishlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirildi. Majmuani qad ko`tarishida Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Andijon, Qo`qon va Shahrisabz halq ustalari va xunarmandlari qatnashdilar. Milliy arxitektura an`analari asosida mavzoley, masjit, ma`muriy bino ba x.k. lar qurildi. Majmuaning ma`muriy binosi oldi tomoni janubga qaratilgan. Majmuaga kirish arkali qurilmaning uchta katta o`yma darbozalari orqali amalga oshiriladi. Darboza-xona orqali asosiy kirish joyi milliy uslubdagi katta arkali ayvon bilan ko`tarilgan. Kirish portalining oldi qismida arab va o`zbek tillarida majmuani qurilishi tarixi so`zlari yozilgan. Katta darboza-xona kirishi o`ng tomonida, ma`muriy va boshqa xonalar joylashgan. Majmuaning markaziy o`qida Imom al-Buxoriy mavzoleyi joylashgan. Kub shaklidagi ushbu inshoatga o`n yeti metrlik gumbaz kiydirilgan. Devorlar ravshan-yashil, ko`k, oq glazurlangan plitkalar, mramor, oniks va granit bilan bezalgan. Yuqori qavatdagi qabr (sagan) ustida ravshan-ko`k oniks bilan pardozlanganni ostida o`ngda mramor bilan qoplangan al-Buxoriy qabri joylashgan. Ichki devorning chap tarafida 786 kv.m maydonda masjit joylashgan. Peshayvonlar umumiy maydoni 214 kv.m. Masjitda bir paytda 1500 dindorlar ibodat qilishi mumkin. Mixrab tokchasida, Saudiya Arabistoni qiroli Faxd ibn Abdulaziz tomonidan O`zbekiston Prezidenti Islom Karimovga sovg`a qilingan Kaaba qoplamasi kisva osilib turibdi. Hovlichaning chap qanotida qo`shimcha yordamchi xonalar bilan (miyansaroy) zal joylashgan. Boshqa gumbazlar kabi, miyansaroy gumbazi bir xil kattalikda va hajmda. Ushbu binoda kutubxona, ilmiy xodimlarni xonalari va boshqa xonalar joylashgan. Uning umumiy maydoni 946 kv.m ni tashkil etadi. Kutubxonada Qur`onning noyob qo`lyozmalari nusxalari, turli nashrlar, hamda Imom al-Buxoriy asarlari nusxalari saqlanadi. Imom al-Buxoriy majmuasi yonida, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2008 yil 23 maydagi qaroriga asosan tashkil etilgan Imom al-Buxoriy Halqaro markazi binosi joylashgan. Imom al-Buxoriy majmuasi bizning mamlakatimizda oxirgi asrlarda tashkil etilgan shunday tipdagi eng katta va noyob inshoatlardan biridir. Prezident Islom Karimov aytganidek, bu majmua nafaqat ibodatning muqaddas joyi, balki O`zbekistonning shunday joyiki, u bizning vatanimizni shuhratini ko`taradi va o`sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega, har bir insonni hayot va mangulik to`g`risida o`ylashiga majbur qiladi.
Amir Temur maqbarasi, Go‘ri Amir (14-asr oxiri — 1405 y.) — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik. Xalq orasida Go‘ri Amir yoki Go‘ri Mir (Mir Sayyid Baraka) deb nomlanib kelinadi. Maqbaraga temuriylar sulolasiga mansub kishilar (Amir Temur, uning piri Mir Sayyid Baraka, o‘g‘illari Umar-shayx, Mironshoh va Shohrux, nabiralari Muhammad Sulton, Ulugʻbek va boshqalar) dafn etilgan. Boburning taʼkidlashicha, dastlab Temurning nabirasi Muhammad Sulton Mirzo Samarqand qalʼasi jan.da Toshqo‘rg‘on — chaqarda Madrasa qurdirgan. Muhammad Sulton halok bo‘lgach (1403), Amir Temur uning xotirasiga maqbara qurish haqida farmon berdi. Maqbara Madrasa hovlisining to‘riga bunyod etilgan.Bizgacha, asosan, peshtoqli darvozasi bor hovli va maqbara binosi saqlangan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida maqbara hovlisining ikki yonidan Muhammad Sulton qurdirgan Madrasa va xonaqoh qoddiqlari topilgan. Madrasa va xonaqoh chorsi hovlining sharqiy va g‘arbiy tomonlarini egalla-gan. Hovlining jan.da gumbazli maqbara joylashgan. Maqbaraga jan. dan, Ulug‘bek qurdirgan dalon (1424) orqali kiriladi. Maqbaraning chortoq tarhli ziyorat-xonasi baland toqi — ravoqli, tepa-si yozuv hoshiyalari va ichki gumbaz bilan qoplangan. Tashki gumbazi 64 qobirg‘ali, baland poygumbaz (diametri — 15 m, bal. 12,5 m)ga o‘rnatilgan. Ziyoratxona o‘rtasidagi marmar panjara bilan o‘ralgan murabba xazira sahniga qator qabrtoshlar qo‘yilgan. Yuqorisi (to‘ri)da Amir Temurning harbiy yurish-larida unga hamroh bo‘lgan va uning yuk-sak hurmatini qozongan Mir Sayyid Baraka sag‘anasi joylashgan. Sayyid Baraka qabrining oyoq tomoniga Amir Temurning o‘zi dafn qilingan. Uning uch tomonida Muhammad Sulton, Mironshoh, Umarshayx qabrlari bor. Keyinchalik bu yerga Temurning nabiralari va evara-larining qabr toshlari qatʼiy tartib-da joylashtirilgan. Temur sag‘anasiga qo‘yilgan ko‘k nefrit qabrtoshini Ulug‘bek Mo‘g‘ulistonga qilgan yurishi vaqtida olib kelgan. Toshdagi lavhada Temurni ulug‘laydigan so‘zlar, uning shajarasi hamda marsiyalar o‘ymakori yozuvlarda bitilgan. Hamma sag‘analar Ulug‘bek tomonidan yaxlit o‘yma mar-mar panjara bilan o‘ralgan. Ziyoratxona-ning sharqiy qismidagi ravoqdan zina orqali ostki qavatidagi go‘rxonaga tu-shiladi. Go‘rxona sakkiz qirrali. Undagi sag‘analar yuqrri qavatda qanday joylash-gan bo‘lsa, bu yerda ham shu tartibda joy-lashgan. Ziyoratxonadagi qabrtoshlarning 431har biri yuksak sanʼat asaridir. Ziyorat-xona serhasham bezaklarga boy. Bo‘rtma bezak kundallar zaminiga lojuvard rang gullar ishlangan. Izorasi yashil toshdan girih shaklida terilgan. To‘rtta chuqur ravoqlardagi darchalarga o‘sha vaqtda rangli oyna o‘rnatilgan. Oltin va kumush qandillardagi shamlar yonganda ziyoratgoh ichkarisi ulug‘vor va afsonaviy tus ol-gan. Tashqarisi sirkor g‘ishtchalar bilan bezatilgan. Gumbaz va uning poyidagi bezaklar, turli arabiy yozuvlar alohida ko‘zga tashlanadi. Maqbara darchalarida yog‘ochdan ishlangan nafis panjaralar, eshiklarida esa murakkab qo‘sh zaminli o‘ymakor bezaklar bo‘lgan. Maqbaraning g‘arbiy tomoniga baland peshtoq yon-dashgan. Taxminlarga ko‘ra bu peshtoq qoldiklari 17-a.ga mansub. Maqbaraning mutanosiblik nisba-ti, naqshlari, turli bezaklari katta mahorat bilan bajarilgan. Tashqi peshtoq darvozasining tepasida meʼmor — usta "Muhammad binni Mahmud al-banno Is-faxoniy" nomi saqlangan. Keyinchalik maqbara bir necha bor taʼmirlandi, gum-bazi qayta tiklanib, xonaqoh va Madra-sa qoldiqlari kavlab topildi, ichki va tashqi bezaklar taʼmir etildi. 1941 yilda musulmon odatiga zid ravishda Amir Te-mur va Ulug‘bek qabrlari ochib tekshiri-lib, ular ruhlari bezovta etildi. Markaziy Osiyo meʼmorchiligining noyob asari sifatida eʼtirof etilgan AmirTemur maqbarasining qurilishi 1403-yilda boshlanib, 1424-yilda tugatilgan. Maqbara Amir Temurning taxt vorisi, deb eʼlon qilingan nabirasi Muhammad Sulton uchun qurdirilgan. Muhammad Sulton 1403-yilda Kichik Osiyoga qilgan safari vaqtida, 29 yoshida bevaqt vafot etadi. Shahzoda Samarqandga keltirilib, dastlab masjidning xonaqosida dafn qilinadi. Maqbara arxitekturasiMaqbara sakkiz burchakli gumbaz asosida barpo etilgan. Hozirgi zamon mutaxassislarini ham birmuncha oʻychanlik bilan fikrlashga undaydi. Binoning moʻtadil haroratini saqlash, Sharqona qurilish uslublari orqali el ardogʻida boʻlgan shaxslarni oʻziga xos hurmat bilan ulugʻlash, ularning buyukligini bejirim bezaklar orqali ifodalash kabi xususiyatlari har qanday kishini lol qoldiradi. Sohibqiron Amir Temur ham ushbu maqbaradan (1405-yil) abadiy qoʻnim topgan. 1409-yilda Amir Temurning kenja oʻgʻli, Xuroson hukmdori Shohrux Mirzo otasining maʼnaviy piri Mirsaid Barakaning jasadini (turbati) Andxoydan olib keltirib, shu maqbaraga, Sohibqironning bosh tomoniga dafn ettiradi. Bu bilan otasi — Amir Temurning vasiyatini bajaradi. 1424-yilda Mirzo Ulugʻbek tomonidan maqbara sahniga qabrtoshlar qoʻyilib, atrofi nafis marmar toshdan qilingan panjara bilan oʻraldi va koʻk gumbazli galeriya qurilib, ziyoratxonaga Sharq tomon dan kirilishi taʼminlandi. Maqbaraning ichki tomoni tilla suvi yugurtirilgan boʻrtma qogʻoz naqshi bilan bezatilgan. Bezaklarda ishlatilgan kompozitsiyada Qurʼoni Karim oyatlari islomiy, handasaviy naqshlar hamda arabiy xattotlik sanʼatining kaligrafik naqshlari bilan bitilgan.Maqbaraga, shuningdek, Mironshoh Mirzo va Shohrux Mirzo ham dafn etilib, temuriylar xilxonasiga aylangan.1449-yilda Mirzo Ulugʻbek ham shu maqbaraga, bobosining poyiga dafn etilgan.Mustaqillikdan soʻngMustaqillik yillarida, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi va Mirzo Ulugʻbek tavalludi ning 600 yilligi munosabati bilan maqbarada katta hajmda taʼmirlash ishlari olib borildi. XIX asr ning oxirida qulab tushgan minora va gumbazning zar qubbasi qayta tiklandi.
Oq saroy, Shahrisabzning asosiy diqqatga sazovor joyi va marvarididir. Sizga, Temur davridning ushbu ulug‘vor me’moriy yodgorligining qurilish tarixi haqida 10 ta faktni taqdim etamiz. Saroy qurilishi, 1380-yilda boshlanib 1386-yilda tugallangan, ammo uning bezash ishlari 1404 yilgacha davom etgan. Ushbu muhtasham saroy, Amir Temurning onasi Takinaxotun xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan. Yodgorlikning faqat bir qismigina bizning davrimizgacha yetib kelgan.Saroy qurilishida Xorazm, Eron va boshqa mamlakatlarning taniqli hunarmandlari qatnashgan. Masalan, gumbazli arkini bezashda tosh kesuvchi usta- Muhammad Yusuf Tabriziyning nomi ikki marta takrorlanadi. 20 yil davomida qurilgan va hozirda xarob ahvolda bo‘lgan noyob me’morchilik durdonasi bugungi kunda ham o‘zining hashamati va ulug‘vorligi bilan shahar mehmonlarini hayratga solmoqda.Bino dastlab 73 metr balandlikda bo‘lgan. Saroy tomining tepasida joylashgan kichik hovuzdagi suv qo‘rg‘oshin quvurchalar bo‘ylab taxtalik ostonadan o‘tib, sharshara hosil qilib yerga tushar edi. Saroyda, suvni tozalash, havo almashinuvi, yorug‘lik va soya joylarning yoritilish masalalari hal qilinishini o‘z ichiga olgan badiiy-me’moriy yechim ishlab chiqilgan edi.Oqsaroy poydevorining qurilishida oltin qumdan foydalanilgan. Poydevor, yer sathidan chuqurlikda joylashgan bo‘lib binoning mustahkamligi va namlikka qarshiligiga mo‘ljallangan murakkab usullarini o‘z ichiga oluvchi bir qancha qavatlardan iborat edi.Oqsaroy devorlarining rang sxemasi, tarixiy, falsafiy va diniy mavzularni o‘zida mujassam etgan, kufiy yozuvlari, ziynatli bezaklar, “girih” uslubida talqin qilingan islomiy naqshlar, binoga ulug‘vor va sehrli ma’no bergan. Yetti xil rangdagi tabiiy naqshlar bilan bezatilgan poydevorda “Amir - Ollohning yerdagi soyasi” degan ma’nodagi yozuvlar mavjud. Old gumbazning old tomonida cho‘zilgan olti burchak shaklida “Adolat - davlatning asosi va hukmdorlar shiori” degan arabcha yozuv olti marta takrorlangan. Oqsaroyning cho‘zilgan old qanotida, arabcha kufiy uslubida “Agar bizning buyukligimizga shubha qilsangiz, biz qurgan qasrlarga qarang”, “Aql-idrok o‘zining harakatlariga, johillik esa o‘zining orzulari va umidlariga asoslanadi” degan hikmatli so‘zlar yozilgan.Bobur yozganidek, saroyning o‘rtasida hovuz bor edi, uning qarshisida - mehmonlarni qabul qilish uchun gumbazli zal, yonida-maslahatchilar uchun kichkina xona, hovlida hashamatli ayvonlar, saroy ichida esa haram va amirning qarorgohi joylashgan edi.
Saroy qabulxonasining kirish arkida sher va quyosh, shuningdek uchta halqa shaklidagi Temur davlatining ramzi tasvirlangan. Ichkarida va yon tomonlarda, gumbazlar, burchakdagi minoralarda esa, g‘ishtdan yasalgan qalqon shaklidagi jimjimador naqshlar bor. Bu naqshlar, silliqlangan g‘isht va tsirkoriyadan yasalib feruza rangga bo‘yalgan. Ular birgalikda, qadimgi sufiylar yozuvlarining och ko‘k rangli kompozitsiyasini yaratadi.
Oy nurida saroy fasadi va gumbazlari ranglari o'zgarib turishi sababli, Oqsaroy o‘zining shunday afsonaviy nomini olgan.1707-yilda Buxoro xoni Ubaydullaxon saroyda yashagan va bu o‘sha paytda oldingi portal hali vayron bo‘lmagan deb o‘ylashga asos bo‘ladi.1973-75- yillarda, Oqsaroyda arxeologik tadqiqotlar, 1994-96-yillarda esa - konservatsiya ishlari olib borildi, 2002-yilda YuNESKO homiyligida Shahrisabz shahrining 2700 yilligini nishonlash munosabati bilan saroy qisman qayta tiklandi.
Cho’pon ota maqbarasi – Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (15- asr). Bino to’rtburchak tarhli, to’rt tomonida eshik o’rni bor. Bino tashqarisi bezaksiz, faqat gumbazi Feruza rangli koshinlar bilan qoplangan. Bino ichi va poygumbaz ganch suvoq qilingan. Cho’ponota maqbarasi yopmasi tashqi va ichki gumbazli tuzilishga ega: xonaning gumbazi ravoklarga qo’yilgan; tashqi gumbaz baland poygumbazga o’rnatilgan. Bu uslubdagi qurilma Cho’ponota maqbarasida ilk bor qo’llanilgan bo’lib, keyingi inshootlarda yanada mukammallashtirilgan.
Dorus-Saodat ansambli ham uchta qismidan iborat: Jahongir mirzoning go’ri, Hazrati Imom masjidi va Temurnig maqbarasi. 1376 yilda sohibqironning sevimli o’g’li Jahongir mirzo o’lganidan keyin Amir Temur shunday qayg’uga cho’mdiki, «sohibqironning qalbi hamdardlik uchun 30 yil yopiq edi». «Adolatli shahzoda, jasur jangchi, yer yuzida atirguldek ir ko’rinib yo’qolgan» shahzodaning jasadi ajdodlariing vataniga keltirildi, bu yerda uning uchun maqbara qurildi. Keyinroq maqbara oilaviy katta maqbara ichiga kiritilgan edi. Xona ohaktosh bilan qoplangan bo’lib, arkali o’yma tokchalar bo’ylab Qur’ondan olinagn foniy dunyoning bekorligi va boqiy dunyoning g’olibligi to’g’risidagi oyatlar o’yib ishlangan. Masjid va Jahongirning maqbarasiga yaqin joyda faqat Temur uchun mo’ljallangan go’r saqlanib qolgan maqbara bo’lgan, lekin uning o’zi, ma’lumki, Samarqandda dafn etilgan.Lekin Shahrisabz faqatgina buyuk amirning «taxt zamini» bo’lmagan. Temurning tug’ilishidan ancha ilgari u o’z tarixiga ega edi. Avvalo bu jahonnig eng qadimgi shaharlaridan biri. Olimlarning fikricha, Shahrisabz 2700 yoshda, bu esa «Boqiy shahar» Rimning yoshidir. YuNESKO qaroriga ko’ra aynan shu sana 2002 yilda butun madaniy dunyoda nishonlangan. Eramizdan avvalgi IV asrda iskandar Zulqarnayn lashkarlari dam olish uchun Kesh vohasida to’xtagan, Baqtriyaning satrapi bo’lgan Bess Doro III in o’ldirib, o’zini «osiyo podshohi» deb e’lon Kilgan, lekin uning o’zi aynan shu yerda asirga olingan. VII asrda shaharni arablar qamal qilgan, bir asr keyin esa Kesh shahri Muqanna rahbarligi ostida arablarga qarshi kuchli qo’zg’olonning markazi bo’ldi. Tinch davrda shahar hech qanday to’sqinliksiz o’sib rivojlanar edi, bunga uning gavjum Buyuk Ipak yo’lidagi nihoyatda qulay joylashuvi sabab bo’lgan.O’rta asrlar shoiri Mahmud ibn Vali shunday yozgan: «Kesh — Movarounnahr shaharlaridan… uni jahonning eng go’zal joylaridan biri, juda yaxshi va yoqimli iqlim bo’lgan joy deb hisoblashadi. Uning dalalari va bog’-rog’lari juda jozibali va zavqli». Hurmatli muallif so’zlariga rozi bo’lmay iloji yo’q. Haqiqatan ham Shahrisabz o’zining «Yashil shahar» ismiga juda mosdir.
“Ko‘k-gumbaz” jomemasjidi - ShayboniylarsulolasidanbiriAbdulloxonIIQashqadaryoyeridamusulmonlaruchunmuborakmaskanbarpoetdi. Bu maskan odamlar qalbiga ezgulik va yaxshilik urug‘larini sochib turadi. Bu zamin otalarimiz va bobolarimizni eslatib, ularning qilgan xayrli va savobli ishlaridan darak beradi. Unda yashayotgan xalq tinchlikni yaxshi ko‘radi va g‘oyat mehnatsevardir.Qarshi qo‘rg‘onining markazida qurilgan Abdullaxon madrasasi uzoq vaqtlar shaharning ko‘rki bo‘lib ana shu muqaddas tabarruk dargohni qurishni loyiq ko‘rdi. Bu masjid namozgoh (Ko‘k–gumbaz) hijriy yil hisobi bilan 999 yildan buyon mavjud. Uning gumbazi moviy koshinlar bilan qoplangani uchun xalq orasida "Ko‘k–gumbaz" nomini oldi. Namozgohning qisman saqlanib qolgan peshtoqidagi sirlangan koshinlarga bitilgan yozuvda bu inshoot Abdullaxon II–ning farmoni bilan 1590–1591 yillarda qurilgani qayd etilgan. Abdullaxon II davrida Qarshi yana eski shahar markazida qurilgan Bikibiy madrasasi binosi, pishiq g‘ishtdan besh gumbazli imorat shaklida oldi ayvonli qilib qurilgan. "Ko‘k–gumbaz" namozgohi besh vaqt namoz va juma namozi o‘qiladigan masjidlardan farq qiladi. Bu joyda Ramazon va Qurbon hayiti namozlari o‘qilgan. Shuning uchun bunday masjidlarni “Namozgoh” yoki “Musallo” deb atalgan. Odatda namozgohlar shaharlarda, ba’zan aholisi zich joylashgan yirik qishloqlarda qurilgan, bayram ibodatlarida bu joylarga katta miqdorda xalq yig‘ilgan. Shu boisdan ular shahar ichida emas, balki shahar atrofida keng maydonda barpo etilgan.Yana shuni ta’kidlash kerakki, O‘rta Osiyoda XII–XVI asrlardan bizgacha saqlangan namozgohlar soni juda oz. Shuning uchun Qarshidagi namozgoh O‘rta Osiyo me’morchiligida bizgacha yetib kelgan noyob yodgorlik sifatida ham qadrlidir. O‘tgan asrning oltmishinchi yillariga qadar «Ko‘k–gumbaz» masjidi o‘sha davrdagi siyosiy tuzum tomonidan yopib qo‘yilgan edi. Albatta, Allohning dargohini ziyorat qilishni man qilish mumkin, lekin odamlar qalbidan xudoga ishonishni qanday chiqarib tashlash mumkin, axir ular yaratgandan kuch–quvvat, ma’naviy oziq olib, inqilob va urush davridagi og‘ir kunlarni, urushdan keyingi mashaqqatlarni mardonavor yengdilar, ruhan baquvvatliklarini namoyish etdilar.1953 yildan boshlab «Ko‘k–gumbaz» juma namozlarini o‘qish uchun jome masjid sifatida yana faoliyat ko‘rsata boshladi. Bundan tashqari, Qarshi shahrida 1924 yilgacha O‘rta masjidda, 1928 yilgacha «Charmgar» masjidida, 1930 yilgacha «Odina» masjidida va «Qizil» masjidlarda ham juma va besh vaqt namozlar o‘qib kelingan.Bu masjidda 1860, 1889 va 1921 yillarda ta’mirlash va qayta qurish ishlari olib borilgan. Bu ishlar keyin ham davom ettirildi. Xususan, 1967 yilda masjid gumbazi shahrisabzlik usta Hamdam tomonidan tiklandi. 1982 yilda samarqandlik usta–naqqosh Nusratillo Asadov tomonidan ko‘k sirli koshin bilan Qur’onning "Mulk" surasidan oyatlar nozik did bilan yozildi va gumbaz tepasiga oltin rangli qubba o‘rnatildi.1996 yilda Sohibqiron Amir Temur bobomizning 660 yilligi munosabati bilan o‘tmish yodgorliklaridan bir qanchasini tiklash va qayta ta’mirlash ishlari o‘tkazildi. Shu jumladan, «Ko‘k–gumbaz» masjidida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.2006 yilda "Kuk–gumbaz" me’moriy majmuasi Yurtboshimiz farmoni va tashabbuslari bilan qayta ta’mirlandi va hozirgi ko‘rinishdagi asl qiyofasiga ega bo‘ldi.
Zangi ota hazratlari Markaziy Osiyo mintaqasida ІX–XІІ asrlarda yuz bergan birinchi ilmiy-madaniy yuksalish, ya’ni ilk Sharq Uyg‘onish davrining namoyandasi, o‘z zamonida hikmat va ma’naviyat, din va tasavvuf rivojiga katta hissa qo‘shgan mutasavvif va avliyo bobolarimizdandir. Necha yuz yillardan buyon Zangi ota shaxsiga bo‘lgan qiziqish susaymagan, aksincha, ortib bormoqda. Rivoyatlarga ko‘ra, Oyxoja ibn Tojxojaning yoshlik yillari ІX–XІІ asrlarda Markaziy Osiyodagi eng yirik shaharlardan biri – Binketda (hozirgi Toshkentda) kechgan. Hozirgi Zangi ota qishlog‘iga aynan shu zot asos solgan. U kishi 1258 yilgacha, ya’ni vafotiga qadar qariyb qirq yil davomida Anbar ona bilan birga shu qishloqda yashagan. Juda ko‘plab odamlarga – oddiy dehqonlardan tortib turli darajadagi hukmdorlarga ham diniy-ma’naviy ustozlik qilgan. Vafotidan so‘ng u zotning mozori nainki mahalliy, balki olis mintaqalardan keladigan kishilar uchun ham ziyoratgohga aylangan. Shu tariqa Zangi ota mozori ustida ziyoratgoh ko‘rinishidagi dastlabki kamtarona yodgorlik paydo bo‘lgan va keyinchalik nafaqat ziyoratgoh, balki u joylashgan qishloq ham Zangi ota nomi bilan atalgan. Zangi ota majmuasi Toshkent shahridan 16 chaqirim g‘arbda, Samarqandga o‘tadigan qadimiy karvon yo‘lida, Chirchiq daryosining o‘ng sohilida, Zangiota qishlog‘ining markazida qad rostlagan. Zangi ota maqbarasining bunyod etilishi bilan bog‘liq ibratli rivoyatlar ham, tarixiy voqyealar ham birdek chuqur ramziy ma’noga ega. Rivoyat qilishlaricha, Amir Temur Yassi qo‘rg‘onida Ahmad Yassaviy hazratlariga maqbara qurish harakatini boshlaganida nima uchundir ish hadeganda yurishavermagan. Bu holning sababini bilolmay, hayron bo‘lib yurganida bir kechasi tushiga nuroniy bir zot kirib, Yassaviyga maqbara qurishdan oldin Zangi otaning qabrini obod qilishi kerakligini aytadi. Shunda Amir Temur Zangi ota ruhini shod etish uchun maqbara tiklashga kirishadi. Bu muhtasham yodgorlik majmuining qurilishini 1420 yili Mirzo Ulug‘bek tugallagan. Zangi ota ziyoratgohi Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari uchun tabarruk maskan hisoblanadi. Bu tarixiy-me’moriy majmuaga har kuni besh ming nafar atrofida ziyoratchi va sayyoh kelayotgani buni yaqqol tasdiqlaydi. Ziyoratchilar turli mamlakatlardan ekani ham diqqatga molikdir. Zangi ota maqbarasi dastlab ikki xonali sodda imorat – ziyoratxona va go‘rxonadan iborat bo‘lib, peshtoq va bezaklari bo‘lmagan. Xonalarning devori ravoqli chorsi asosdan burchaklardagi ravoqli bag‘al gumbaz bilan bog‘langan. Hosil bo‘lgan sakkiz qirrali asos ustiga o‘rnatilgan gumbazlarning kattaligi har xil. Xonalarga darcha va tobdonlar orqali yorug‘lik tushgan. Go‘rxonadagi oq marmardan ishlangan qabrtosh, ayniqsa, diqqatni tortadi. Toshga g‘oyatda mohirlik bilan nafis o‘yma naqsh va arabiy xatlar bitilgan. Qabr shakli va naqshlardagi uslub uning qadimiyligidan dalolat beradi. Yon tomondagi yuza qismida arab tilida quyidagi mazmundagi she’r o‘yilgan: “Biz sog‘lik va sayohatdan zavqlanamiz. Ammo vaqti kelib bir-birimizdan ayrilamiz. Chunki vaqt seviklilarni ayiruvchidir”. Marmar bitiktoshning bir yon qirrasiga kufiy va suls xatida Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ning: “Qabr amallar sandig‘idir”, degan hadislari bitilgan. Vaqtlar o‘tib maqbara oldiga peshtoq va ikkita ko‘ndalang xona qurilib, bezak berilgan. Peshtoq va xonalar tashqi devori, ziyoratxona va maqbara poygumbazi sayqallangan g‘ishtchalar, o‘ymakor rang-barang koshinlar bilan bezatilgan. Zangi ota maqbarasining yana bir noyob va o‘ziga xos jihatiga to‘xtalish joiz. O‘sha davr me’morchiligida peshtoqni imoratning yon qanotlaridan oldinga surib qurish odat tusiga kirganini mintaqamizdagi deyarli barcha me’moriy yodgorliklar misolida ko‘rish mumkin. Zangi ota maqbarasining peshtoqi esa ikki yonidagi xona devorlari bilan bir chiziqda qurilgan, ya’ni shu devorlarning dami bo‘lib tushgan. Bundan tashqari, imoratning sirtidagi izoralar peshtoq ayvonidagi supalar bilan bir balandlikda qilib ishlangan. Maqbara peshtoqini uning yonidagi xona devorlari bilan qo‘shib qurish natijasida binoning mustahkamligini oshirishga erishilgan. Izora va supalarning bir xil balandlikda bo‘lishi imorat qiyofasiga alohida ko‘rk bag‘ishlagan. Maqbaraga old tomondan – ma’lum bir masofadan turib qaralganda, ushbu imorat yaxlit bir supa ustiga o‘rnatilgandek tasavvur uyg‘otadi. Anbar ona maqbarasi Zangi ota majmuasi tarkibida bo‘lib, Zangi ota maqbarasining janubi-g‘arbida joylashgan. U peshtoq, ziyoratxona va go‘rxonadan iborat. Ziyoratxona va go‘rxonaning usti qo‘shqavat gumbazli, qubbali toshdan, kichik doira shaklida yasalgan. Maqbaraga oq marmardan qabrtosh qo‘yilgan. Uning tevarak-sirtiga arabiy xatlar va nafis naqshlar o‘yilgan. Maqbara dastlab ikki xonali bo‘lgan, keyinchalik uning oldiga peshtoq qurilib, koshinlar bilan bezatilgan. Peshtoq tayanchi uncha baland emas. Bu uslub Toshkent maqbaralariga xos. Zangi ota maqbarasi qatori ushbu yodgorlik ham Amir Temur zamonasi me’morchilik an’anasining yorqin namunasi hisoblanadi.
HazratiImommajmuasi - Majmuaningtarixi 903 yilda, buyukalloma, muqaddassiymovaQur'onbo'yichamutaxassisHazratiImom (AbuBakrMuhammadKaffalShoshi), shuningdekustaKaffolsifatidatanilgan, oddiyhunarmandoilasidatug'ilganidanboshlangan. Hazrati Imom dunyo kezib, Islomga e'tiqodni targ'ib qilgan, u mashhur islomchilar Muhammad at-Termiziy va Imom al-Buxoriyning izdoshi bo‘lgan. Hazrati Imomning 975/76 yilda vafotidan so'ng dafn etilgan joyi butun dunyoda muqaddas deb e'tirof etilgan. Faqat 600 yil o'tib, XVI asrda Kaffal Shoshiy maqbarasiga asos solingan.Shu bilan birga, maqbara yonida 1950 yildan 2007 yilgacha O'zbekiston musulmonlarining oliy ta'lim tashkiloti bo'lgan "Barakxon" madrasasi barpo etildi. Madrasa "Baroqxon" laqabli Navro'z Ahmadxon ko'rsatmasi bilan barpo etilgan.Taxminan 16-asrning o'rtalarida majmua yana bir "Muyi Muborak" madrasasi bilan boyitildi. Bu erda noyob qo'lyozmalar, kitoblar va Usmon Qur'oni (VII asr) - 353 pergament varaqlardan iborat, dunyodagi eng qadimgi qo'lyozmalardan biri saqlanadi. Usmon Qur'oni uchinchi xalifa Usmonning qoni bilan bo'yalgan qo'lyozma hisoblanadi. Shu tufayli har yili ko'plab mamlakatlardan minglab ziyoratchilar Toshkentga tashrif buyuradilar. Majmua yana bir bino - "Tilla-Shayx" (Oltin Shayx) masjidi bilan boyitilgan bo‘lib, bino XVIII asrda qurilgan. Uning qurilishiga Toshkentning boy odamlaridan biri sarmoya kiritgan. Toshkent mustaqil davlat bo'lgan davrda uning hukmdori shayxontaur xokimning o'g'li - Yunusxodja bo‘lgan. O'z navbatida, Yunusxodja mamlakatiga ko'p hissa qo'shgan, qishloq xo'jaligini kengaytirgan va ishlab chiqarishni yo'lga qo'ygan. Natijada Toshkentning iqtisodiyoti va turmush darajasi sezilarli jihatda oshgan va erkinlikka erishilgan. Bu Qo'qon xoni - Olimxonda tashvish uyg'otadi, natijada Toshkent hukmdori vafotidan keyin u Toshkentni bosib olishga muvaffaq bo'lgan. Uydan uzoqda, minglab qo'shin bilan Olimxon Namozgoh masjidini qurish to'g'risida farmon chiqargan. Me'mor Xo'ja Isxak Namozgoh masjidini 1867 yilda qurdirgan. 2007 yilda esa katta Hazrati Imom masjidi barpo etildi. Interyer va dizayn sharqona tarzda ishlab chiqilgan. Binoning qurilishi shu tarzda qilinganki, kunning istalgan vaqtida quyosh doimiy ravishda masjid ichiga tushib turadi. Arxitektura tuzilishi o'zining ko'lami bilan ajralib turadi va shu tufayli 10 ming ziyoratchi unda bir vaqtning o'zida namoz o'qishi mumkin. Bugungi kunda me'moriy ansambl - bu umumiy maydoni 2 gektar bo'lgan ulkan majmua bo'lib, u erda ekzotik flora va faunaga ham kata ahamiyat qaratilgan. Shunday qilib, Hazrati Imom majmuasi Kaffol ash-Shoshi maqbarasi, Muyi Muborak madrasasi, Tilla-Shayx va Namozgox masjidlari va Barak-xon madrasasidan iborat.
Xulosa.
Xulosa qilib shuni ta'kidlash joizki, O'zbekistonda ziyorat turizmni rivojlantirishni ommaviy tus olishi uchun faqatgina yuqorida ko'rsatilgan chora-tadbirlar yetarli emas, albatta. Buning uchun diniy ta'lim, tarbiya, targ'ibot, tashkiliy- huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda bir yoqadan bosh chiqarib, yo'limizda uchragan barcha kamchiliklarni bartaraf etib, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, Soliq Davlat qo'mitasi, Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy va o'rta maxsus o'quv yurti vazirligi, "O'zbekturizm" Milliy Kompaniyasi, "Ekosan" Halqaro tashkiloti qoshidagi "Ekotur" markazi va boshqa ekoturizmning rivojlantirish bilan bog'liq bo'lgan qo'mitalar, vazirliklar hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda umumiy ilmiy-iqtisodiy asoslangan O'zbekistonda ekoturizmning 2007- 2015 yillar davomida olib boriladigan bosqichma-bosqich rivojlanish strategiya dasturini ishlab chiqib, izchil hayotga tatbiq etish kerak.
Vatanimizda ekoturizmning taraqqiyot salohiyati nihoyatda katta va uni jadal sur'atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mayjud. Faqat bu salohiyat va imkoniyatlardan jahonda ekoturizmi taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda, oqilona foydalanish hamda ilmiy asosda xatolarsiz amalga oshirish lozim.
Hozirgi kunda, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi yuqorida zikr etilgan ekoturizmni rivojlantirish chora va tadbirlarini, O'zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish Konsepsiyasida ko'rsatilgan vazifalarni amaliyotda tadbiq etish ishlarini boshlab yubordi. Jumladan, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tasarrufiga kiruvchi Sayxun xo'jaligida jahon talablariga javob bera oladigan ekoturistlar uchun mehmonxona kapital ta'mirdan chiqdi, hamda Markaziy Osiyoda qirilib ketish arafasida turgan kamyob hayvonlarni saqlash va ko'paytirish maqsadida parvarishxona qurib bitqazildi, Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi atrofida jahon andozalariga javob bera oladigan ekoturistlar uchun kichik mehmonxona qurib bitirildi. Surxondaryo viloyatida joylashgan "Oq tepa" bog'iga, Buxoro viloyatidagi — « Jayron » ekomarkaziga, Jizzax viloyatidagi — Aydar-Arnasoy ko'llar tizimiga, « Zomin » monitoring markaziga ekologik toza qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari o'rnatildi. « Jayron » ekomarkazi, Hisor daavlat qo'riqxonasi, Sarmishsoy petroglif yodgorliklari haqida o'zbek, rus va ingliz tillarida bukletlar chop etildi.
O'zbekistonda ekoturizmning rivojlanishi, nafaqat ma'naviy ilm- fan, madaniyat, ma'rifat, tabiatni muhofaza qilish, ekoturistlarni Ona tabiatimizga jalb etish, noyob o'simliklar va hayvonot dunyosini saqlash va ko'paytirish muammolarini hal qilishga, balki shu bilan birga iqtisodiy masalalarni - mahalliy halqning ijtimoiy sharoitini yaxshilash, ularni yangi ish joylari bilan ta'minlash, hamda Vatanimizning valyuta zahirasining boyishiga katta hissa qo'shadi.
Sizning diqqatingizga havola etilgan O'zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish Konsepsiyasida ko'rsatilgan omillar va chora va tadbirlar o'z vaqtida to'la - to'kis amalga oshirilsa, ishonamizki hech shubhasiz yaqin kelajakda O'zbekiston ham dunyoda ekoturizmi taraqqiy etgan mamlakatlar qatorida munosib o'rinni egallaydi.
Bu himmatli ishda kech qolmaslik, hamda sustkashlikka yul qo'ymaslik o'ta muhim masaladir.


Yüklə 73,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin