O`zbеkistоn rеspublikasi оliy vao`rta maхsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti “turizm” yo’nalishi



Yüklə 73,61 Kb.
səhifə1/7
tarix02.01.2023
ölçüsü73,61 Kb.
#78261
  1   2   3   4   5   6   7
ziyoratturizm2

O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VAO`RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI
TURIZM” YO’NALISHI
181-GURUH TALABASI HASANOVA DILNOZANING TURIZMDA XARITALASHTIRISH VA TURISTIK MARSHRUTLAR ISHLAB CHIQISH FANIDAN


KURS ISHI


MAVZU: Ziyorat turizmi marshrutlarini ishlab chiqish.




TAYYORLADI: Hasanova D.
QABUL QILDI: Shamurotov S.







Urganch 2022-yil



R E J A
Kirish
I BOB. Ziyorat turizmi.
1.1. Ziyorat turizmi haqida ma’lumot.
1.2. O’zbekistonning ziyorat turizmi.
II BOB. Ziyorat turizmning ilmiy asoslari.
2.1. Ziyorat turizmi bo’yicha turmashrut yaratish.
2.2. Turmashrut bo’yicha umumiy ma’lumot.
2.3. Turmashrutga kiruvchi obidalar haqida.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

KIRISH.
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi turizm xizmatlari zamonaviy xizmat turlari sifatida talqin qilinib, unga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Soha rivoji uchun zaruriy tashkiliy-huquqiy mexanizmlar vujudga keltirilib, hukumat tomonidan tegishli me’yyoriy hujjatlar qabul qilindi . Bu yo‘nalishdagi ishlar hozir ham davom etayotgani fikrimizning isbotidir. Shu tufayli «Jahon sayohat va turizm kengashi» (WTTC) ning ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi 2013- yilda turizm sohasida eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakatlar qatoriga qo‘shildi1.
O’zbekiston o’zining betakror tarixiy obidalari, boy madaniyati va an’analari, so’lim tabiati va zamonaviy shaharlari bilan ko’p mamlakatlarni o’ziga jalb qilib kelgan. Bugungi kundaham O’zbekistonning turistik salohiyati, respublika turindustriyasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari, o’zbek xalqining boy ma’naviy va madaniy merosi, noyob tarixiy diqqatga sazovor joylari, mamlakatning geografik va tabiiy sharoitlari chet ellik turistlarning hayratga solmoqda O’zbekiston – noyob tabiiy landshyaftga, boy tarixiy–me’moriy merosga, o’ziga xos madaniyat va mehmondo’st xalqqa ega bo’lgan ajoyib mamlakat, bizga beqiyos moddiy va ma’naviy meros qoldirgan Buyuk ipak yo’lining markazi sifatida ma’lum bo’lgan ming yillik tarixga ega mamlakatdir.
“Buyuk Ipak Yo‘li”da joylashgan tarixiy va madaniy markazlar orasida Buxoro alohida ahamiyatga ega. Buxoro ham Samarqand kabi ko‘plab sayyohlar e’tiborini tortgan qadimiy arxitektura yodgorliklariga boy,tarixiy jihatdan ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan shahardir. O‘zining 140dan ortiq arxitektura yodgorliklari bilan ma’lum va mashhur bo‘lgan Buxoro O‘rta Osiyoning boshqa har qanday shahridan ko‘ra ko‘proq qadimiy sharq shahri qiyofasini saqlab qolgan. Buxoro shahri O‘rta Osiyo me’morchiligining ming yillik tarixi va asosiy rivojlanish bosqichlarini o‘zida aks ettirgan chinakam yilnomadir. SHahardagi har bir yodgorlik o‘z sukunatida olis o‘tmish sirlarini saqlab qolgan. Bu ajoyib shaharning yoshi o‘nlab asrlar bilan o‘lchanadi. Ma’lumki, 1995 yil kuzida Parijda YUNESKO konferensiyasining 28-sessiyasida Buxoro shahrining 2500 yilligini dunyo ko‘lamida nishonlash haqida qaror qabul qilindi. SHunday qaror O‘zbekistonning ajoyib tarixga ega bo‘lgan yana bir ko‘hna shahri Xiva shahri to‘g‘risida ham qabul qilindi. Xullas, 1997 yili Xiva shahri ham o‘zining 2500 yillik to‘yini o‘tkazdi.
Olis o‘tmishda Buxoro hududidan o‘sha davr uchun muhim bo‘lgan xalqaro yo‘llar, eng avvalo “Buyuk Ipak Yo‘li” o‘tgan keng rivojlangan savdo almashuvi Buxoro shahri hududlarining rivojlanishiga imkoniyat yaratgan. Buxoroni hakli ravishda sharaf manzili, samimiyat ka’basi va mashhur kishilar to‘planadigan joy deb atashgan. Qadimiy Buxoroning ziynati va nodirligi uning betakror arxitektura yodgorliklaridadir.
Bugungi kunda turizm sohasi mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etishini va uXXI asr jahon xo‘jaligining ustuvor tarmoqlaridan biri ekanligini alohida ta’kidlash lozim .
O‘zbekiston zamonaviy turizm industriyasini rivojlantirish uchun barcha zarur manbalarga ega. Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan Vatanimiz qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga, boy tarixiy, madaniy merosga va ayni paytda ham ichki, ham xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega.

Yüklə 73,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin