II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) 1 Mavzu. Mikrobiologiyaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi Antoni van Levenguk tomonidan mikroorganizmlarni kashf qilinishi. Mikrobiologiyaning shakllanishida L.Paster, R.Kox, M.Beyrink, S.N.Vinogradskiy, V.L.Omelyanskiy, N.A. Krasilnikov, A.Flemming va boshqalar ishlarining ahamiyati.
Hozirgi zamon mikrobiologiyasi rivojlanishining ustivor yo‘nalishlari. Mikrobiologiyaning O‘zbekiston Respublikasida rivojlanishi.
2. Mavzu. Mikrobiologiya tadqiqotlarining asosiy metodlari Toza kulturalar va ularning olinishi. Mikroorganizmlar preparatlarini tayyorlash texnikasi. Oddiy va differensial bo‘yash. Gram usulida bo‘yash va uning mikroorganizmlar klassifikasiyasidagi ahamiyati. Mikroorganizmlarni mikroskop yordamida o‘rganish metodlari. Zamonaviy mikroskoplar: yorug‘ va qorong‘i maydonli, faza - kontrast, lyuminissent va elektron mikroskoplar. Biologik mikroskoplar imkoniyatlarining kimyoviy tavsifi.Fiksirlangan, bo‘yalgan va tirik preparatlar tayyorlash. Boyitilgan va toza kulturalar haqida ma’lumotlar va ularni mikroorganizmlarni sistematikasi va fiziologo-biokimyoviy xususiyatlarini o‘rganishdagi ahamiyati. Mikroorganizmlarni tabiatda azot, temir, oltingugurt , uglerod va boshqalarni aylanishida ishlatiladigan metodlar.