Yangi axborot texnologiyasi vositalari, ko’rgazmali qurollar, videofilmlar.
1.2 Motivatsiya:
Ushbu darsni o’tkazish o’quvchilar uchun Kukrak qafasi, Yelka kamari shikastlarini asosiy davolash usullari, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish prinsiplari bilan tanishish, tekshirish usullari, oriqsizlantirish turlari, immobilizatsiya prinsiplari, rentgen suratlar interpritatsiyasi, singan sohani mahalliy oriqsizlantirish, dastlabki taxminiy tashxisni qo’yish va bemorni ko’chirish usullarini belgilash imkonini beradi. Ko’krakning yopiq sinishlari, qovurg’alar sinishi,to’sh suyagining cheklangan sinishi, pnevmotoraks, gemotoraks, ko’krakni teshib kirgan sinishlar, yelka kamari sinishlari, kurak suyagi va omrov suyagining sinishi kabi jarohatlarni UASH tomonida aniqlash,ularni klinikasi, rentgen tasvirlarini to’gri talqin qilish, davolash usullarini va mustaqil fikrlashga o’ratish maqsadida bu mavzuga to’xtaladi.