O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ijtimoiy xodimining lavozim yo‘riqnomasi



Yüklə 55,26 Kb.
səhifə2/4
tarix25.12.2023
ölçüsü55,26 Kb.
#195463
1   2   3   4
4 Ijtimoiy xodim

2) ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat
va yordamlar ko‘rsatishni tashkil qilish sohasida:

ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning iqtisodiy-ijtimoiy holati va ehtiyojlarini joylarga chiqqan holda o‘rganadi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining iqtisodiy-ijtimoiy holati, ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarini doimiy ravishda tahlil va monitoring qilib boradi;
ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatishga oid talablarini o‘rganadi, zarur hollarda “ijtimoiy ish”ni ochadi;
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning xulosasini olish uchun ariza qabul qiladi;
kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlashga ariza qabul qiladi;
ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatadigan aloqador boshqa kasb vakillari, shuningdek, xususiy va davlat muassasalari bilan hamkorlik qilish rejasini tuzadi;
3) kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar o‘z tashabbusi bilan “ijtimoiy ish”ni ochish, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning murojaatiga asosan “ijtimoiy ish”ni ochish hamda individual ijtimoiy xizmatlar rejasini tuzish uchun dastlabki baholash o‘tkazish sohasida:
kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda mas’ul vakolatli organlarni zudlik bilan xabardor qiladi;
kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning ehtiyojlarini baholaydi hamda individual ijtimoiy xizmatlar rejasini tuzish uchun dastlabki baholash o‘tkazadi;
bolaning qarindoshlari (bobo, buvi, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlar) va u yashayotgan oilaning shaxslari orasidan bolani vasiylikka yoki homiylikka olishni istagan shaxslarni aniqlaydi hamda ular to‘g‘risida ma’lumotlarni vasiylik va homiylik organiga yuboradi;
bolaning ota-onasi qaerdaligi haqida bir yil davomida ma’lumotlar bo‘lmasa, ularni “bedarak yo‘qolgan” deb topish choralarini ko‘rish uchun ma’lumotlarni vasiylik va homiylik organiga kiritadi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning murojaatiga asosan “ijtimoiy ish”ni ochadi, ehtiyojlarini baholash hamda individual ijtimoiy xizmatlar rejasini tuzish uchun dastlabki baholash o‘tkazadi;
hayoti va sog‘lig‘iga bevosita xavf mavjud bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vasiylik va homiylik organiga vakil tayinlash uchun yuboradi;
ota-onasining har ikkisi (yoki to‘liq bo‘lmagan oilalar bo‘yicha otasi yoki onasi) uch oydan ortiq muddatga chet elga ketgan bolalarni aniqlaydi hamda ma’lumotlarni vasiylik va homiylik organiga yuboradi;
dastlabki baholash asosida xavf darajasini aniqlaydi, xavf aniqlanmagan holatda maslahat va tushuntirish berish orqali “ijtimoiy ish”ni yopadi;
4) ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga zarur hollarda qisqa muddatli individual ijtimoiy yordam rejasini tuzish sohasida:
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarini baholash orqali ularga individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish rejalarini ishlab chiqadi va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs bilan kelishadi;
individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga muvofiq ijtimoiy xizmatlar va yordamlarning ko‘rsatilishini tashkil qiladi;
zaruratga ko‘ra, individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga tegishli tuzatishlar kiritib boradi;
5) aholiga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmat
va yordamlar to‘g‘risida, shuningdek, aholining mazkur xizmatlarni olishga bo‘lgan huquqlari bo‘yicha tushuntirish berish sohasida:

ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning ijtimoiy xizmatlar
va yordamlardan foydalanish tartibi bo‘yicha tushuntirish beradi;
og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar va oilalar toifalariga kiruvchi shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar to‘g‘risida ma’lumot hamda tushuntirishlar beradi;
18 yoshgacha bo‘lgan homilador onalarga hamda ularning oila a’zolariga farzandidan voz kechishning psixologik, ijtimoiy va huquqiy oqibatlari yuzasidan tushuntirish beradi;
bolalarning sog‘liqni saqlash, ta’lim va huquq xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash uchun ota-onalar, vasiylik va homiylikka, oilaviy bolalar uyiga tarbiyaga olgan shaxslarga bola parvarishi, ota-onalik ko‘nikmalari bo‘yicha ko‘rsatma va tushuntirishlar beradi;
6) ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va boshqalar bilan hamkorlikda muammolarni yechish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rish sohasida:
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchilari, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, soliq inspektori bilan hamkorlikda yagona savolnoma asosida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi muammolarini doimiy aniqlab boradi;
ijtimoiy xizmat va yordamlarni ko‘rsatish uchun zarur hujjat
va axborotlarni tezkorlik bilan olishni ta’minlovchi idoralararo elektron hamkorlikni amalga oshiradi;
og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan aholi toifalarini aniqlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi
hamda rahbariyatga kiritadi;
7) ichki resurslarni, shu jumladan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘ngillilarni (qarindoshlar, qo‘ni-qo‘shnilar, volontyorlar) ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatishga jalb qilish hamda bu borada ularning faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi;
ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda boshqa davlat organlari, jismoniy
va yuridik shaxslar, volontyorlar va ijtimoiy sohaga oid boshqa guruhlarni jalb qiladi;
faoliyatini amalga oshirish jarayonida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchilari, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, soliq inspektori bilan birgalikda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga hamkorlikda muammolarni yechish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rish yuzasidan hamkorlikni amalga oshiradi;
8) oilalardagi haqiqiy holatni o‘rganish, jumladan aholining ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ehtiyojini baholash sohasida:
vasiylikka, homiylikka, oilaga tarbiyaga (patronat) hamda oilaviy bolalar uyiga berilgan bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, uning turmush sharoitlari va tarbiyalanishini nazorat qilish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda kuzatishni (monitoring) amalga oshiradi;
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika markazi va hududiy bo‘linmalarida yordam ko‘rsatilgan hamda himoya orderi berilgan shaxslarni sayyor monitoring qiladi;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish grafigini patronaj hamshira bilan birgalika tuzadi;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar
va nogironligi bo‘lgan shaxslarga hujjatlarini rasmiylashtirish va qayta tiklashda yordam beradi;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar
va nogironligi bo‘lgan shaxslarga qarindoshlari va yaqin insonlari o‘rtasidagi munosabatlarni tiklash (o‘rnatish) va tashkil qiladi;

Yüklə 55,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin