O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev raisligida 2021-yil 2-noyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida 2021-yil 2-noyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ta’sirchan parlament va jamoatchilik nazoratini olib borish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida 2021-yil 2-noyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshiriladigan ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari tomonidan saylov okruglaridagi faoliyati davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini saylovchilarga keng tushuntirilishini tashkil qilish;
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirishga doir tadbirlarda faol ishtirok etish;
mahalliy Kengashlar deputatlarini keng jalb etgan holda, “Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan vazifalarning ijrosining ta’minlanishi holati yuzasidan ta’sirchan parlament va jamoatchilik nazoratini olib borish tavsiya etilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari O. Tojiyev va Devoni rahbari M. Miralimov “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning ijrosi doirasida amalga oshiriladigan ishlar hamda o‘tkaziladigan tadbirlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
4. “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida mahallalar bo‘sh yer maydonlarini aniqlash va daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarini yuqori saviyada tashkil etish
5. Ushbu buyryqni o`z zimmamda qoldiraman .