O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyot sohasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan vazifalar va ularning amaliyotga joriy etilishi Reja
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyot sohasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan vazifalar va ularning amaliyotga joriy etilishi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyot sohasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan vazifalar va ularning amaliyotga joriy etilishi Reja: Kirish
I-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasini bayon etishga ruxsat
Jahon tajribasini puxta oʻrganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur
Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur
II-bob. Yana bir muhim vazifa – suvni tejaydigan sugʻorishtexnologiyalarini keng qoʻllashdan iborat. 2.1. Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoya oʻzaro uzviy bogʻliq tushunchalar
2.2. Zamonaviy, oqilona boshqaruv tizimini joriy etish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish 2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasini bayon etishga ruxsat bergaysiz.
Bugun biz shiddat bilan oʻzgarib borayotgan zamonda yashamoqdamiz. Dunyo miqyosida manfaatlar kurashi, raqobat tobora avj olib, xalqaro vaziyat keskinlashib bormoqda.
Biz kelgusi yil uchun amaliy rejalar tuzar ekanmiz, xalqaro maydondagi ana shunday murakkab vaziyatni hisobga olgan holda, taraqqiyotimizning ustuvor yoʻnalishlarini aniq-ravshan belgilab olishimiz zarur.
Aziz doʻstlar!
Biz har bir yilga ezgu niyat bilan nom beramiz va oʻz oldimizga ulkan marralarni qoʻyamiz.
Buyuk Imom Buxoriy hazratlarining “Al-Jomeʼ as-Sahih” asari“Barcha ezgu amallar niyatga bogʻliq, har bir kishiga faqat niyat qilgan narsasi beriladi” degan hadis bilan boshlanishida albatta juda chuqur maʼno bor.
Biz 2018 yilga “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili” deb nom berib, Davlat dasturi doirasida 21 trillion soʻm va 1 milliard dollarga teng 76 mingta loyihani amalga oshirganimiz oʻtgan yili yaxshi niyat bilan boshlagan ishlarimizning natijasini koʻrsatib turibdi.
Sanoat, qishloq xoʻjaligi, kapital qurilish, transport-kommunikatsiya, servis va xizmat koʻrsatish sohalarida salmoqli yutuqlar qoʻlga kiritildi.
Ayniqsa, har qachongidan ham ogʻir boʻlgan bu yilgi mavsumda mirishkor dehqon va fermerlarimiz fidokorona mehnat qilganlarini alohida taʼkidlashni istardim.
Aholi farovonligini oshirish maqsadida joriy yilda ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori oʻtgan yillarga nisbatan sezilarli ravishda oshirildi. Xususan, pedagog xodimlarning ish haqi soʻnggi 10 yilda birinchi marta 50 foizgacha koʻpaytirildi.
Koʻrilgan chora-tadbirlar tufayli aholining real umumiy daromadlari 2017 yilga nisbatan 12 foizga oshdi.
“Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi dasturlar doirasida 2 trillion soʻmga yaqin mablagʻ ajratilib, joylarda 2 ming 600 dan ortiq biznes loyihalari amalga oshirildi.
Bu yildan boshlab, soliqlarning prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan hududlarda 5,5 trillion soʻm qoʻshimcha mablagʻ qoldirildi.
Bu, oʻtgan yilga nisbatan 6 barobar, 2016 yilga nisbatan esa – shunga eʼtibor berishingizni soʻrayman – 32 barobar koʻpdir.
Hurmatli yurtdoshlar!
Yakuniga yetib borayotgan yil barchamiz uchun muqaddas Vatan timsoli boʻlgan qishloqlarimiz, mahallalarimizni obod qilish boʻyicha ulkan ishlar boshlangan yil boʻldi.
Xususan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. Joriy yilda bu boradagi qurilish va obodonlashtirish ishlariga 3 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.
Natijada 416 ta qishloq yangicha qiyofaga ega boʻldi.
Oʻtayotgan yilda hayotimizning boshqa sohalarida, jumladan, ilm-fan, taʼlim-tarbiya, madaniyat va sanʼat, sport sohalarini rivojlantirish yoʻlida ham muhim qadamlar qoʻyildi. Ayniqsa, yurtimiz yoshlari Indoneziyada boʻlib oʻtgan Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida, Argentinada oʻtkazilgan oʻsmirlar Olimpiadasida yuqori oʻrinlarni olgani barchamizni quvontirdi.
Hurmatli parlament aʼzolari!
Xalqaro munosabatlarda ochiq va amaliy, faol tashqi siyosat olib borilayotgani tufayli ishonchli hamkor sifatida mamlakatimizning xalqaro obroʻsi tobora ortib bormoqda.
Barcha qoʻshnilarimiz bilan doʻstona va oʻzaro ishonch ruhidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash bizning asosiy vazifalarimizdan biriga aylandi.
2018 yilda 18 ta davlatlararo rasmiy tashriflar amalga oshirildi va 52 milliard dollarlik 1 ming 80 ta loyiha boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom va Osiyo taraqqiyot banklari, boshqa xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikdagi investitsiyalar hajmi 8,5 milliard dollarni tashkil etdi.
Bugungi kunda yurtimizda, chet el investitsiyalari hisobidan qiymati 23 milliard dollarlik 456 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka tahdidlar tobora kuchayib borayotganini hisobga olib, biz yangi Mudofaa doktrinasini qabul qildik.
Qurolli Kuchlar tarkibidagi barcha qoʻshin turlarining tuzilma va vazifalari qayta koʻrib chiqildi.
Armiya va xalq birligini taʼminlash maqsadida barcha hududlarda harbiy-maʼmuriy sektorlar tashkil etildi.
Albatta, yil mobaynida amalga oshirgan ishlarimiz roʻyxatini uzoq davom ettirish mumkin. Lekin bunday misollarni keltirish, qayd etishdan maqsad – koʻkrakka urib maqtanish emas. Biz bundan mutlaqo yiroqmiz. Bizning maqsadimiz – oʻtgan bir yillik taraqqiyot yoʻlimizni xolisona va tanqidiy baholashdan iborat.
Fursatdan foydalanib, islohotlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelayotgan, barcha qiyinchilik va sinovlarni mardona yengib, oʻzining fidokorona mehnati bilan jonajon Vatanimiz ravnaqiga ulkan hissa qoʻshayotgan olijanob xalqimizga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman.
Muhtaram anjuman ishtirokchilari!
Yana sanoqli kunlardan keyin yurtimizga yangi – 2019 yil kirib keladi. Yangi yil arafasida anʼanamizga koʻra 2019 yilga qanday nom berish toʻgʻrisida bugun sizlar bilan maslahatlashib, bir qarorga kelsak, ayni muddao boʻladi.
Albatta, biz bu haqda koʻp oʻyladik. Joylarda xalq bilan muloqotlar davomida va murojaatlarda bildirilgan fikrlar, taklif-mulohazalarni atroflicha koʻrib chiqdik.
Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan boʻlsa, oʻz iqtisodiyotining barqaror oʻsishiga erishgan.
Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, oʻzbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi.
Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilgʻor tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi.
Shu oʻrinda bir savol tugʻiladi: investitsiya deymiz, islohotlar deymiz, modernizatsiya, deymiz.
Lekin bu oʻzgarishlardan koʻzlangan asosiy maqsad nima oʻzi?
Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qatʼi nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi boʻlib yashashi – bizning bosh maqsadimizdir.
Bu yoʻnalishda oldimizda ulkan vazifalar turibdi. Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi birinchi navbatda ijtimoiy sohadagi islohotlarimiz samarasi bilan chambarchas bogʻliq.
Yoshlarimizga munosib taʼlim berish, ularning ilm-fanga boʻlgan intilishlarini roʻyobga chiqarishimiz kerak. Shu maqsadda maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishimiz, oʻrta va oliy oʻquv yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va oʻquv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilashimiz kerak.
Xalqimiz salomatligini mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, biz uchun hayotiy muhim masaladir. Takror aytaman, tinchlik va sogʻliqni taʼminlasak, qolgan hamma narsaga erishamiz.
Nogironligi boʻlgan shaxslar, boquvchisini yoʻqotganlar, yolgʻiz keksalar, umuman, koʻmakka muhtoj qatlamlarni qoʻllab-quvvatlash, albatta, ustuvor vazifamiz boʻlib qoladi.
Kelgusi yilda tadbirkorlik, biznes uchun yanada qulay muhit yaratish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish, aholi daromadlarini koʻpaytirish, pensiya taʼminotini yaxshilash boʻyicha ham koʻp ishlar qilishimiz lozim.
Shularning barchasini hisobga olib, 2018 yilda boshlagan ishlarimizni mantiqiy davom ettirish va yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida, men kirib kelayotgan yangi – 2019 yilga“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”, deb nom berishni taklif etaman.
Aziz doʻstlar!
Yilga bunday nom berganimiz barchamizga juda katta vazifalar va masʼuliyat yuklaydi. Investitsiyalarni qanday qilib koʻpaytiramiz, ijtimoiy muammolarni qanday hal qilamiz, degan savollar oldimizda koʻndalang boʻlib turibdi.
“Oynai jahon” orqali bizni kuzatib turgan xalqimiz ana shu savollarga bizdan javob kutishga toʻla haqli.
Bu vazifalarni hal qilishga bugundan boshlab kirishmasak, bor kuch va imkoniyatlarimizni shu yoʻlda safarbar etmasak, koʻzlagan maqsadga, marraga erishish qiyin boʻladi.
Har bir rahbar – u vazir yoki markaziy idora boshligʻi boʻladimi, deputat yoki senator boʻladimi, kompaniya yoki xoʻjalik birlashmasi raisi, viloyat yoki tuman hokimi boʻladimi – barcha-barchamiz bu ishni eng birinchi vazifamiz, deb bilishimiz zarur.
Biz faqat investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hisobidan iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishga erishamiz.
Iqtisodiyotdagi ijobiy natijalar esa ijtimoiy sohada toʻplanib qolgan muammolarni tizimli hal etish imkonini yaratadi.
Buni hammamiz chuqur tushunib olishimiz va ishimizni shu asosda tashkil etishimiz shart.
Qadrli yurtdoshlar!
Iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo, keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar mujassam ekanini qayd etish lozim:
– ochiq iqtisodiyot, sogʻlom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish;
– iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish oʻrinlarini koʻpaytirish;
– iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy oʻsishni taʼminlash;
– “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish;
– valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish;
– iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni roʻyobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash.
Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish talab etiladi.