FARMATSEVTIKA TA’LIM VA TADQIQOT INSTITUTI
|
|
“Tasdiqlayman”
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti prorektori
prof.Sh.Z.Umarova
2023 yil “____”______
|
MIKROBIOLOGIYA
MODUL DASTURi
Bilim sohasi: 900000 – Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
Ta’lim sohasi: 910000 - Sog‘liqni saqlash
Ta’lim yo‘nalishlari: 60910700 – Farmatsiya (turlari bo‘yicha)
60910800 - Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha)
TOSHKENT-2023
Modul kodi
...FAAB15№2.07
|
O‘quv yili
2023-2024
|
semestr
1
|
ECTS kreditlar
5
|
Modul turi
majburiy
|
Ta’lim tili
O‘zbek /rus
|
Haftadagi dars soatlari
5
|
1.
|
Modulning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulot-lari (soati)
|
Musta-qil
Ta’lim
(soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Mikrobiologiya
|
75
|
75
|
150
|
I. Modulning mazmuni
O‘quv modulinig dolzarbligi va oliy ta’limdagi o‘rni
Talabalarga bilim, ta’lim va tarbiya berish to‘grisida so‘z borganda muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning – “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”. - degan so‘zlarini ta’kidlash o‘rinlidir.
Mikrobiologiya moduli mikroorganizmlarning tarkibi, tuzilishi, xossa va xususiyatlarini organadi, farmatsevtlar uchun infeksion kasalliklarni davolashda olingan dorivor preparatlarni mikroorganizmlarga nisbatan ta`sir mexanizmlari haqida bilimlarini mukammal bo`lishiga asos yaratadi. Modul o`quv rejaning umumkasbiy modullar blokiga taalluqli.
Mikrobiologiya moduli tibbiy fanlar blokiga kirib farmatsiya, sanoat farmatsiyasi 2-kurs talabalariga o‘qitiladi. Ma’ruzalarni texnik ta’minotga asoslangan holda, fanga doir dolzarb muammo, yangiliklar va ayniqsa farmakologiya uchun asos bo‘ladigan bilimlar bilan uyg‘unlikda tashkil etilishi zamon talabi hisoblanadi. Shuningdek, mikrobiologiya modulini boshqa fanlar bilan (biologiya, genetika, immunologiya, biotexnologiya va boshqalar) integratsiyalangan holda olib borilishi, bo‘lajak mutaxassislarda tayanch bilimlarni mukammal hosil bo‘lishi uchun zamin yaratadi.
Modulning maqsadi:
“Mikrobiologiya” modulini o‘qitishdan maqsad - talabalarda mikroorganizmlar va ularning turlari, mikrob xujayralarining tuzilishi, ularning fiziologiyasi, kimyosi, mikroorganizmlar keltirib chiqadigan kasalliklar haqida bilim, ko`nikma va malakani shakllantirish.
Dostları ilə paylaş: |