Mikrobiologiya


-Mavzu. Umumiy virusologiya: tuzilishi, tasnifi , reproduksiyasi. Bakteriofaglar



Yüklə 83,71 Kb.
səhifə4/16
tarix10.07.2023
ölçüsü83,71 Kb.
#136231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Микробиология фан дастури ФТТИ лотин

3-Mavzu. Umumiy virusologiya: tuzilishi, tasnifi , reproduksiyasi. Bakteriofaglar.
Virusologiya - viruslar haqidagi fan, O‘zbekistonda virusologiya rivojlanishi tarixi. Viruslar tuzilishi va turlari, viruslar fiziologiyasi. Viruslar reproduksiyasi, viruslar deproteinizatsiyasi. Viruslarning xujayra bilan o‘zaro ta’sir turlari. Viruslarni o‘stirish. Viruslarni patogenlik determinantlari va virusli infeksiyalar patogenezi, virusli infeksiyalar patogenezining o‘ziga xos xususiyatlari, virusli infeksiyalar turlari. Virus bilan zararlangan xujayralarning asosiy reaksiyalari. Bakteriyalar viruslari (bakteriofaglar), morfologiyasi, bakteriofaglar reproduksiyasi, lizogeniya, bakteriofaglarni amaliyotda qo‘llash.


4-Mavzu. Dorivor o’simliklar xom ashyosining mikroflorasi. O’simliklarda kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar. Tayyor dorilarning mikroflorasi va aniqlash usullari.
O‘simliklarda uchraydigan mikroorganizmlarning asosiy turlari va ular to‘g‘risida ma’lumot.
O‘simliklarda uchraydigan kasalliklar. Ularga qarshi kurash choralari.
Dori-darmonlar va dori vositalarining mikrob bilan zararlanish manbalari, oldini olish choralari.


5-Mavzu. Mikroorganizmlar ekologiyasi. Inson organizmi normal mikroflorasi.
Mikroorganizmlarni atrof muhitda tarqalishi. Suv, tuproq va havo mikroflorasi. O‘simlik tabiatli dori xom-ashyosi mikroflorasi, fitopatogen mikroorganizmlar. Ishlab chiqarish, maishiy va tibbiy ob’ektlar mikroflorasi. Tabiatda moddalar aylanishida mikroorganizmlarning o‘rni. Mikroorganizmlarning kollektiv uyushmasi yoki bioplenka haqida tushuncha.
Asosiy mikrob biotoplari. Og‘iz bo‘shlig‘i biologiyasi, og‘iz bo‘shlig‘i fakultativ-anaerob mikroflorasi tavsifi. Teri mikroflorasi. Oshqozon-ichak trakti me’yoriy mikroflorasi - oshqozon, ingichka va yo‘g‘on ichaklar mikroflorasi. Oshqozon-ichak trakti me’yoriy mikroflorasi fiziologik funksiyalari. Me’yoriy mikrofloraning asosiy vakillari (bifidobakteriya, laktobakteriya, enterobakteriya, streptokokk, stafilokokk, klostridiya, psevdomonada, asporagen anaeroblar). Qin, vaginal muhit mikrob ekologiyasi, me’yoriy vaginal mikroflora.



Yüklə 83,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin