Moduldagi amaliy mashg‘ulotlar mavzulari, tashkil etish bo‘yicha umumiy ko‘rsatma va tavsiyalar: Amaliy mashg‘ulotda amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatish jarayoni batafsil rejalashtiriladi va bir necha bosqichni o ‘z ichiga oladi:
1. Birinchi bosqich - mashg‘ulotning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda amaliy ko‘nikmalarni o‘rganish asosi aniqlanadi, uning nazariy jihatlari muhokama qilinadi. Amaliy ko‘nikmalarni amalga oshrish uchun kerakli acbob-anjomlar, ularni ishlatish qoidalari bilan talabalar tanishtiriladi. Birinchi bosqichni amalga oshirish uchun barcha asbob- anjomlar mavjud va ishchi holatda bo‘lishi lozim.
2. Ikkinchi bosqich - amaliy ko‘nikmalarni namoyish qilib berish
3. Uchinchi bosqich amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan mustaqil ravishda bajarilib o‘zlashtirilishi.
To‘rtinchi bosqich –mashg`ulot yakunida o‘tilgan mavzuni interaktiv metodlar yordamida mustahkamlab olish.
3.Amaliy mashg‘ulotlariningmavzular ro‘yxati: Mikrobiologiya laboratoriyasining tuzilishi va uning jixozlanishi. Laboratoriyada ishlash qoidasi. Surtma tayyorlash texnikasi. Oddiy bo’yash usullari.
Mikroorganizmlar morfologiyasi, strukturasi, bakteriyalarning kimyoviy tarkibi.Murakkab bo’yash usullari va ahamiyati. Sterilizatsiya va dezinfeksiya.
Mikroorganizmlar fiziologiyasi: nafas olishi, o’sishi va ko’payishi.Oziq muhitlari, ularning tasnifi. Aerob va anaerob bakteriyalarnihg sof kulturasi.
Umumiy virusologiya: tuzilishi, tasnifi, reproduksiyasi. Bakteriofaglar.
Dorivor o’simliklar xom ashyosining mikroflorasi. O’simliklarda kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar. Tayyor dorilarning mikroflorasi va aniqlash usullari. Antibiotiklar. Mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezgirligini aniqlash usullari.
Mikroorganizmlar ekologiyasi. Inson organizmi normal mikroflorasi.
Infeksiya haqida tushuncha. Virulent va patogen mikroorganizmlar.Infeksion kasalliklarni tasnifi va laboratoriya diagnostika usullari.
Immunitet, immunitet turlar. Organizmning immun xolatiga baxo berish.
Mikroorganizmlar genetikasi. Mikroorganizmdagi o`zgaruvchanlik va ulardan tibbiyotda foydalanish. Vaksinalar va zardoblar.
Patogen gram manfiy (meningokok va gonokoklar) va gram musbat kokklar(stafilokokklar, streptokokklar).
Yuqumli ichak kasalliklari. ichak tayoqchasining mikrobiologik xususiyatlari. Ovqatdan zaharlanishni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar: salmonellyoz, botulism.
Havo-tomchi orqali yuquvchi infeksiya (korinebakteriya, mikobakteriya).
Sodda patogen jonivorlar. (Bezgak, leyshmanioz qo’zg’atuvchilari). Zamburug’lar keltirib chiqaradigan infeksiya (dermatomikozlar, kandidozlar).