Mikrobiologiya


-Mavzu. Infeksiya haqida ta`limot. Virulent va patogen mikroorganizmlar.Infeksion kasalliklarni tasnifi va laboratoriya diagnostikasi



Yüklə 83,71 Kb.
səhifə5/16
tarix10.07.2023
ölçüsü83,71 Kb.
#136231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Микробиология фан дастури ФТТИ лотин

6-Mavzu. Infeksiya haqida ta`limot. Virulent va patogen mikroorganizmlar.Infeksion kasalliklarni tasnifi va laboratoriya diagnostikasi.
Infeksion jarayon va yuqumli kasallik. Vujudga kelish shartlari, bosqichlari, infeksion jarayon dinamikasi. Infeksion jarayon shakllari, bo‘g‘inlari, infeksiya kirish darvozalari va tarqalish yo‘llari.
Mikroorganizmlarning patogenligi va virulentligi. Patogen, shartli-patogen, saprofit mikroorganizmlar xossalari. Mikroorganizmlar patogenlik omillari, invazivlik, toksigenlik, kolonizatsiya qobiliyati. Konvension (karantin), o‘ta havfli va opportunistik infeksiyalar qo‘zg‘atuvchilarining o‘ziga xos xususiyatlari.


7-Mavzu. Immunitet, immunitet turlar.Organizmning infeksiyaga qarshi ximoya mexanizmi.
Immunitet haqida tushuncha. Immunitetning asosiy turlari va shakllari.
Organizmning nospesifik va spesifik rezistentlik omillari. Antigenlar va ularning xususiyatlari.


8-Mavzu. Mikroorganizmlar genetikasi. Mikroorganizmdagi o`zgaruvchanlik va ulardan tibbiyotda foydalanish. Vaksinalar va zardoblar.
Irsiylik va o‘zgaruvchanlik. Genotipik va fenotipik o‘zgaruvchanlik. Plazmidalar. O‘zgaruvchanlikning amaliy ahamiyati. Bakteriyalar genomi tuzilishi va replikatsiyasi. DNK va chiziqli genomlar replikatsiyasi. Bakteriyalarda mutatsiya. Biotexnologiyada foydalaniluvchi mikroorganizmlar va jarayonlar. Genetik injeneriya va uning biotexnologiyada qo‘llaniluvchi yo‘nalishlari.
Yuqumli kasalliklar dinamikasida genetik uslublarni qo‘llash: molekulyar gibridizatsiya, polimeraz zanjirli reaksiya (PZR). Vaksinalar va zardoblar, ularning olinishi va foydalanishi.


9-Mavzu. Patogen gram manfiy (meningokok va gonokoklar) va gram musbat kokklar (stafilokokklar, streptokokklar).

Micrococcoceae oilasi. Staphylococcus urug‘i, umumiy tavsifi, mikrobiologik laborator diagnostikasi, gospital stafilokokkli infeksiya. Streptococcaceae oilasi. Streptococcus urug‘i, umumiy tavsifi, mikrobiologik laborator diagnostikasi, Enterococcus urug‘i, umumiy tavsifi. Aerococcus, Leuconostoc, Pediococcus va Lactococcus urug‘i.


Neisseria urug‘i. Meningokokklar, umumiy tavsifi, epidemik meningit rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari. Gonokokklar, umumiy tavsifi, gonoreya aralash infeksiya sifatida, ekstragenital gonoreya.



Yüklə 83,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin