09.10.2023, 23:44
Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida - Xalq so'zi
https://xs.uz/uz/post/qishloq-khozhaligida-er-va-suv-resurslaridan-samarali-fojdalanish-chora-tadbirlari-togrisida
2/8
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Hozirgi kunda qishloq xoʻjaligida
20
million gektardan ortiq,
shu jumladan,
3,2
million gektar sugʻoriladigan ekin yer maydonlaridan
foydalanib, aholining ehtiyoji
uchun oziq-ovqat mahsulotlari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur xom ashyo yetishtirilmoqda.
Sugʻoriladigan maydonlarning unumdorligini oshirish, meliorativ holati va suv taʼminotini yaxshilash maqsadida
davlat dasturlari doirasida
keng koʻlamli irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Natijada 2008 — 2017-yillar mobaynida
1,7
million gektardan ortiq sugʻoriladigan maydonlarning suv taʼminoti
hamda
2,5
million gektar
maydonlarning meliorativ holati yaxshilanishiga erishildi.
Biroq global iqlim oʻzgarishi natijasida soʻnggi yillarda davriy ravishda kuzatilayotgan suv tanqisligi va ichki irrigatsiya
tarmoqlarining asosiy
qismi yaroqsiz holatga kelganligi sugʻoriladigan ekin yerlarining meliorativ holati yomonlashishiga va yillar davomida foydalanishdan
chiqib ketishiga olib kelgan.
Respublikada yillar davomida irrigatsiya va melioratsiya holati yomonlashuvi natijasida foydalanishdan chiqib
ketgan yerlarni bosqichma-
bosqich qayta foydalanishga kiritish, yer osti suv zaxiralaridan
samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda ichki
irrigatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish orqali suv yoʻqotilishini
kamaytirish, shuningdek, bu ishlarda salohiyatli
investorlar ishtirokini
taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi
(keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;