Qurilishning titul ro’yxatini kim tasdiqlaydi? Buyurtmachi tomonidan pudratchi bilan kelishgan holda
O’zbekiston Respublikasida aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalining minimal miqdorini ko’rsating. 400 000 AQSh dollari
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to’g’risida"gi Farmoni qachon qabul qilingan? 2 dekabr 2008 yil
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax maxsus industrial zonasini barpo etish to’g’risida”gi Farmoni qachon qabul qilingan? 18 mart 2013 yil
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Angren maxsus industrial zonasini barpo etish to’g’risida”gi Farmoni qachon qabul qilingan? 13 aprel 2012 yil
Inqirozga qarshi choralar dasturida ko'proq e'tibor nimaga qaratilgan? kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga
Kapital qo'yilmalarning texnologik tuzilishi nimani anglatadi? asosiy fondlarning aktiv elementlari va passiv elementlariga sarflangan xarajatlar nisbatini
Kapital qo'yilmalarning tarmoq tuzilishi nimani anglatadi? jamiyat bo'yicha kapital qo'yilmalarning tarmoqlar bo'yicha sarflangan qiymatini
Kapital qo'yilmalarning takror ishlab chiqarish tuzilishi nimani anglatadi? mavjud obyektlarni qayta tiklash va texnik jihatdan qayta qurollantirish, yangi obyektlarni barpo etish va harakatdagi korxonalarni kengaytirish bo'yicha qilingan xarajatlarning nisbatini
Dastlab qaysi turdagi erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilingan? savdoga yo'naltirilgan zonalar
Erkin iqtisodiy zonalar tashkil etishda qanday yondoshuvlar mavjud? hududiy va funktsional
Qurilish loyihalarini qanday turlarga ajratish mumkin? Namunaviy va individual ishlab chiqiladigan loyihalar
Tender qaysi shakllarda o’tkazilishi mumkin? Ochiq va yopiq
“Investitsiyalash” va “kreditlash” tushunchalari farqlanadimi?
Investitsiyalash kreditlashga qaraganda ancha keng tushuncha