O`zbekiston respublikasi prezidentining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi


Prezidentning respublika davlat va boshqaruv oliy organlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlashdagi vakolatlari ham bor



Yüklə 25,06 Kb.
səhifə5/6
tarix14.12.2022
ölçüsü25,06 Kb.
#74765
1   2   3   4   5   6
7. Prezidentning respublika davlat va boshqaruv oliy organlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlashdagi vakolatlari ham bor. Buning uchun u Konstitutsiyada o‘rnatilgan, Oliy Majlisga ta’sir o‘tkazish (XVIII bob), Vazirlar Mahkamasiga ta’sir o‘tkazish (XX bob) dastaklaridan foydalanishi, ba’zi hollarda sudga murojaat qilishi, masalani Konstitutsiyaviy sud ko‘rib chiqishi uchun taqdim etishi mumkin
Prezident O‘zbekiston Respublikasi vazirliklarini, davlat qo‘mitalarini hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, buni Oliy Majlis palatalarining tasdig‘iga kiritadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlash uchun Prezident Konstitutsiyada ko‘rsatilgan boshqa vositalardan ham foydalanish imkoniga ega. Lekin Prezidentning davlat va ijro hokimiyati boshlig‘i sifatidagi obro‘si hal qiluvchi omil hisoblanadi. Chunki u to‘g‘ridan - to‘g‘ri umumiy saylovlarda xalq topshirgan siyosiy mandatga ega.
8. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti qonunlarni imzolaydi.
Prezidentning imzosi bo‘lmasa, qonun kuchga kirmaydi. Bu davlat boshlig‘ining an’anaviy funksiyasi bo‘lib, qonunga majburiy kuch beradi va qonun chiqaruvchilik jarayonini yakunlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ma’qullagan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun Prezidentga o‘n kun ichida yuboriladi. Prezident esa o‘ttiz kun ichida qonunni imzolaydi hamda matbuotda e’lon qilinadi
Qonunni imzolash rasmiy akt emas. Qonunni imzolash uning xalqqa e’lon qilinganligini, ya’ni uni ommaga bildirganligini anglatadi. Bunday rasmiy e’lon qilish - Oliy Majlis qabul qilgan va Prezident imzolagan qonun matnini rasmiy maqom berilgan matbuot organida nashr etishdir. Qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning matbuotda e’lon qilinishida ular qo‘llanilishining majburiy shartidir. Qonun butun O‘zbekiston Respublikasi xududida kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti qonunga o‘z e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo‘yish uchun Oliy Majlisga qaytarishga haqli. Konstitutsiyaviy huquqda bu " Prezident vetosi " nomini olgan bo‘lib, boshqaruvning prezidentlik shaklidagi davlatlarga xosdir.
Veto - davlat boshlig‘ining parlament qabul qilgan, lekin hali kuchga kirmagan qonunga e’tiroz bildirish huquqidir. O‘zbekiston Konstitutsiyasida "Veto" atamasi ishlatilmagan. O‘zbekiston Konstitutsiyasida Prezidentning asoslangan e’tirozini bildirib, qonunni takroran muhokama qilish va ovozga quyish uchun Oliy Majlisga qaytarish huquqi haqida gapiriladi.
Qaytarish uchun asoslar ro‘yxati Konstitutsiyada ko‘rsatilmagan, lekin qonunni qaytarar ekan, Prezident bunday qarorning sababini asoslab beradi. Bunda Prezident umuman qonunga va e’lon qiladi yoki uning biror qoidasiga e’tiroz bildirishi mumkin.
Agar Prezident tomonidan qaytarilgan qonunni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati a’zolarining umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi ma’qullasa, qonun o‘n to‘rt kun ichida Prezident imzolashi va e’lon qilishi kerak bo‘ladi.

Yüklə 25,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin